Bob. Paxta ishi – sovet rejimining O‘zbekistondagi so‘nggi qatag‘on siyosat
Download 382.75 Kb.
|
Oʻzbekistonda paxta ishi va uning oqibatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Qabohat yoxud… «O‘zbeklar ishi»
- «Gdlyan – Ivanov korrupsiyadan riyokorlikka»
- «Abdujalilov, bu ish bizga to‘g‘ri kelmaydi. Xrenovichdan uzoqlashish yo‘lini top. Buning oxiri voy»
- «U kunlar qaytmasin»
- «Arslon sakradi!»
Ko‘chirma:
«Ayni paytda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetidan gruppa besh yildan beri nima bilan shug‘ullanyapti, u o‘z ishini tugallaydigan payt kelmadimi, axir xalqni «terror» qilish yetar, degan sadolar chiqa boshladi. Telman Xorenovich respublikadagi vaziyatni, ma’naviy mikromuhitni jinoyatchilikning yaproqlarini emas, uning ildizlarini yulib tashlagandagina o‘nglab olish mumkin deb isbotlay-isbotlay charchadi». 1988 yil savrning 9-kuni (davlatchiligimiz va milliy adabiyotimiz tarixidagi qutlug‘ sana – O.T.) O‘zbekiston SSR Oliy Soveti sessiyasi ish boshlaydi. Anjuman bilan bog‘liq materiallar «Sovet O‘zbekistoni» gazetasining 1988 yilgi 84-85-sonlarida chop etilgan. Sessiyada so‘zga chiqqan O‘zFA vitse-prezidenti E.Yusupov hamma salbiy hodisalarni milliy va mahalliy xususiyatlarga bog‘lash mutlaqo xato tushuncha ekanini aytib, quyidagi ma’lumotni keltiradi: «70 – 80-yillarda O‘zbekistonda poraxo‘rlik avj olib ketganligini faqat mahalliy, milliy xususiyatlar, feodal, patriarxal o‘tmish qoldiqlarining mavjudligidan deb tushuntirish, menimcha, to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Faktlar va partiya veteranlarining xotiralari shundan dalolat beradiki, urushdan ilgari O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda o‘tmish sarqitlari hali kishilar turmushida va omma ongida hozirgiga qaraganda yanada chuqurroq bo‘lgan bir davrda poraxo‘rlik to‘g‘risida kamdan-kam kishilar tasavvur qilar edilar». E.Yusupovning bu chiqishi o‘sha davrga nisbatan jasorat, yana ham aniqrog‘i, O‘zbekiston va o‘zbek xalqi sha’niga kunda-kunora takrorlanib turgan razolatga qaratilgan zarba edi. Holbuki, u davrda qattol siyosat qilichi havoda o‘ynab turar, Markaz ko‘rsatmasiga jinday ola qaragan odam «haq»ini olmasdan qolmas edi. Afsuski, bu kabi chiqish «desantchi»lar va ularning rahnamolariga chivin chaqqanchalik ham ta’sir ko‘rsatmaydi. Toshkentdagi sessiyadan yigirma kun o‘tib, Moskvada SSSR prokuraturasi jinoyatchilikka qarshi kurash mavzusida uchrashuv o‘tkazadi. Riyokorlik namoyishi bo‘lgan mazkur tadbir yakunida O‘zbekistonda poraxo‘rlardan keyingi ikki oy ichidagina tortib olingan 8 million so‘m qog‘oz pul, tilla tanga, qimmatbaho tosh va bezaklar ko‘rgazmaga qo‘yiladi. Kamiga, «jinoyatchi» xalq vakillaridan boyliklarni tortib olishga bag‘ishlangan hujjatli film ham namoyish qilinadi. « – Aminmanki, bizga juda qattiq qarshilik ko‘rsatilmaganida bundan ham ko‘proq boyliklarni tortib olishimiz mumkin bo‘lur edi»9, – deydi kekirdagini cho‘zgan SSSR Bosh prokurori huzuridagi alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchi Telman Gdlyan. Bu jinoiy guruh kirdikorlari va ulardan aziyat chekkanlar haqida mustaqillik yillarida huquqshunos Viktor Ilyuxinning «Qabohat yoxud… «O‘zbeklar ishi» degan uydirma xususida» hujjatli essesi, yozuvchi Isfandiyorning «Inqiroz yoxud generallar o‘yini» romani, huquqshunos, jabrdiyda Toshtemir Qahramonov «Iblis iskanjasida 1643 kun» nomli hujjatli romani, Abbosxon Usmonov muharrirlik qilgan «Qabohat saltanati» risolasi va boshqa o‘nlab maqola va suhbatlar e’lon qilingan. Biz bu o‘rinda nomlari sanab o‘tilgan asarlar va ularda aytilgan fikrlarni takrorlamoqchi emasmiz. Ammo to‘plamlarga kirmagan yoki keyinchalik e’lon qilingan ayrim maqola va materiallarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Chunki bu mavzuni butunlay chetlab o‘tish mumkin emas: davrning siyosiy-ma’naviy manzarasi kemtik bo‘lib qoladi. Internetdagi Proza.ru saytida asli tojikistonlik, yuridik fanlari nomzodi Abdujabbor Abdujalilovning «Gdlyan – Ivanov korrupsiyadan riyokorlikka» («Gdlyan – Ivanov farisei ot korrupsii») sarlavhali maqolasini o‘qib qoldim. Muallifning aytishicha, Gdlyan – Ivanov guruhida tergovchi sifatida O‘zbekistonda bir muddat faoliyat olib borgan. Maqolaning yozilishiga Nikolay Ivanov sabab bo‘libdi. Qanday qilib deysizmi? «Kecha beshinchi kanalda davlat Dumasining sobiq deputati Nikolay Ivanovning korrupsiya muammosi haqidagi uzundan-uzoq intervyusini ko‘rdim. Ivanovning serzavq, tanqidiy nutqi shu qadar ta’sirli ediki, eshitib turib, uni taniyolmay qoldim. O‘tgan ishlarni kavlash tarafdori emasman, ammo Nikolay Ivanovning o‘tmish hayotidagi ayrim lavhalarni, shu bilan bir qatorda, uning sobiq ustozi va hozirda do‘sti – Telman Gdlyan haqida o‘quvchilarga so‘zlab berishga ahd qildim. Gdlyan va Ivanov – bu hayotimning bir sahifasi. Men odamlarning kunlardan birida «E, Abdujalilovmi? Uyam anavilardan biri-da…» degan ta’nasini eshitishni istamayman». (Tarjima bizniki – O.T.) A.Abdujalilov Telman Gdlyanning «O‘zbek ishi»iga rahbarlikni SSSR Bosh prokuraturasi tergov bo‘limining boshlig‘i, hamyurti German Karakozov orqali qo‘lga kiritganini yozadi. Ma’lum bo‘lishicha, Karakozov Gdlyanni doimo qo‘llab-qo‘ltiqlab yurgan, Ivanov esa, Murmansk viloyati prokuraturasining bor-yo‘g‘i oddiy xodimi bo‘lib, tergov guruhiga azbaroyi Gdlyanga tanishligi tufayli qo‘shilib qolgan ekan. «1983 yilning dekabrida Gdlyan guruhida ishlash uchun yuborildim. Toshkentga kelganimda kun kech bo‘lgandi. Tergov guruhi O‘zbekiston SSR DXQ (KGB) binosida joylashgan ekan. O‘shanda bu guruh 12 kishidan iborat edi. Gdlyan Ivanovni «jasur o‘rinbosarim» deb tanishtirdi. Esimda, ko‘rib hayron qolganman. O‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchi ish yuzasidan SSSR prokuraturasidan boshqa hech kimga bo‘ysunmas edi. Prokuraturaning oddiy xodimi bo‘lgan Ivanov esa «jasur o‘rinbosar» sifatida menga ham topshiriqlar berardi. Ivanov o‘sha kuni kechqurun xonasidagi seyfdan bir shisha aroq olib ochdi. Uchovlon ichdik. Gdlyan (uning laqabi «Xrenovich» edi) qiladigan ishlarimni tushuntirdi va bir nechta qamoqqa olinganlar ishini menga topshirdi. O‘shanda bildimki, Nikolay Veniaminovich Ivanov (laqabi «Soqol», «Supurgi», «Yugurdak») guruhda hech qanday ish qilmaydi. U ham «rahbariyat ko‘rsatmalarini berish» bilan shug‘ullanadi. Tergov faoliyatida bunday hollar odatiy bo‘lgani uchun ko‘pam e’tibor qilmadim. Men «O‘zbek ishi» bo‘yicha barcha ikir-chikirlarni tavsiflash niyatim yo‘q. Bu hech kimga qiziq emas. Faqat bir narsani aytib o‘tishni shart deb bilaman. Men guruhga kelib qo‘shilishim bilan, Gruziya prokuraturasining o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Moshiashvili faoliyatini tugatib, ortga qaytdi. Men u bilan birga Leningradda malaka oshirish kursida o‘qiganman. Aeroportda yolg‘iz qolganimizda u qulog‘imga sekin shivirladi: «Abdujalilov, bu ish bizga to‘g‘ri kelmaydi. Xrenovichdan uzoqlashish yo‘lini top. Buning oxiri voy». Gdlyanning «Bularning hammasining orqasi notoza. Duch kelganini oborib tiqib qo‘yaver. Xato qilmaysan», degan gapi mashhur iboraga aylanib ketgandi. Har qanday jinoiy ishni tergov qilishning o‘z qonun-qoidasi bor. Ammo bu yerda hech qanday qonun-qoida yo‘q edi. O‘zbekiston prokurori Bo‘rixo‘jayev imzo chekkan qamoqqa olish to‘g‘risidagi sanksiyada hatto aybdorlarning ism-familiyasi ham ko‘rsatilmasdi. Guruh a’zosi, Gdlyanning yurtdoshi Albert Kartashyan bo‘lsa, gumondorlardan o‘ziga kerakli istalgan ma’lumotni ola bilishidan faxrlanib yurardi. U vaqtlarda tintuv vaqtida oziq-ovqat mahsulotlarini olib qo‘yish mumkin emas, do‘konlar ham musodara qilingan mahsulotlarni qabul qilmas edi. Lekin, hech qanday nazorat yo‘qligi tufayli, tintuv chog‘ida qo‘lga kiritilgan o‘nlab quti aroq va konyak tergov guruhi a’zolarining har kungi kechki ziyofat dasturxonida «yo‘q qilib»10 tashlanardi. Tergov guruhi ish uslubiga bir misol: aybdorlardan birining ishi bo‘yicha tintuv dalolatnomasida amir davrida zarb qilingan, ikki bankaga joylangan 812 dona tilla tanga olingani qayd etilgan edi. Bu ish bo‘yicha tintuv va musodarani Gdlyan va Ivanov o‘tkazgan. Ammo keyinchalik qo‘lga olingan shaxs bilan suhbat o‘tkazganimda, u menga: «Abdujabbor, bilaman, sen ularga o‘xshamaysan. Lekin aytib qo‘yay, tilla tangalar 1000 dona edi. Har bir bankaga 500 tadan solingan. Ular dalolatnomada kamaytirib ko‘rsatdi. Menga endi farqi yo‘q. Lekin bilib qo‘y. Ular o‘marishyapti. Belkurak bilan o‘marishyapti», – dedi».11 A.Abdujalilovning maqolasi g‘aflatda qolgan el boshiga do‘nib kelgan g‘ayur to‘da – Gdlyan – Ivanov guruhining asl qiyofasini ko‘rsatuvchi muhim bir hujjat hisoblanadi. Halima Xudoyberdiyeva «O‘zAS»ning 1989 yil 14 aprel sonida chop etilgan «Ko‘ngil ko‘zi» maqolasida iztirob bilan «Matbuotda respublikada paxta masalasi bo‘yicha qamalgan yuzlab odamlarning begunohligi… aniqlanganligi va qamoqdan bo‘shatilganligini eshitganimda yuragim orqaga tortib ketdi. Suyunaymi, kuyunaymi?! Bu ruhiy azob, yo‘qotishlarning xunini kim to‘laydi? Demak yana gazetalar yozganiday «xato qildik». Bu xatoni kimlar qildi, maqsadlari nima edi ularning? Yo‘l qo‘ygan xatolari uchun qanday jazo choralari ko‘rilyapti? Mana shu savollar javobsiz qolaverar ekan, biz navbatdagi xatolarga yo‘l qo‘yaveramiz» deb yozdi. Haftalikning 1989 yil 9 iyun sonida «Sovetskaya Rossiya» gazetasida bosilgan «Dalolat» maqolasini Yoqubjon Xo‘jamberdiyev tarjimasida e’lon qilingan. Maqolada T.Gdlyan boshliq tergov guruhining qonunga zid xatti-harakatlari va ish uslublari bilan kelishishni istamagan tergov xodimlarining guvohliklari berilgan. O‘zkompartiyaning IV plenumida respublikaning sobiq rahbari I.Usmonxo‘jayev (Alloh rahmat qilsin!) «1986 yilda rahbar xodimlardan salkam 750 kishi, shu jumladan 8 obkom sekretari, shahar, rayon partiya komitetlarining 100 sekretari, shahar va rayon ijroiya komitetlarining qirq raisi, ministliklar va idoralarning 18 rahbari almashtirildi», deydi. Bu – bir yillik «natija». Besh yillik umumiy manzara esa juda ham ayanchli edi. «Yosh leninchi» gazetasining 1991 yil 11 iyun sonida firqa, urush va mehnat faxriysi Nuriddin Muhitdinovning (Alloh rahmat qilsin!) «U kunlar qaytmasin» degan o‘ylari bosilgan. Sobiq birinchi kotib keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Markazqo‘mning XVI plenumidan so‘ng, ya’ni 1984 yildan 1989 yilgacha O‘zbekistonda 57,5 ming yoki firqa organlari nomenklaturasiga kiruvchi xodimlarning 74 foizi o‘zgartirilgan. Kompartiyadan 19 ming nafar kommunist o‘chirilgan, 300 kishi saylab qo‘yiladigan partiya organlari tarkibidan chiqarilgan. Oliy hamda mahalliy Kengashlardan 250 nafar deputat chaqirib olingan. «Birgina «Paxta ishi» (boshqa ishlar ham bor edi) bo‘yicha 22 mingga yaqin kishi hibsga olingan. Paxta tozalash sanoati vaziri Usmonov otildi. Buxoro viloyat firqa qo‘mitasining sobiq birinchi kotibi Karimov oliy jazoga hukm qilindi, ammo keyinchalik uzoq qamoq jazosi bilan almashtirildi. Qashqadaryo viloyat firqa qo‘mitasining sobiq birinchi kotibi G‘oipov, Ichki ishlar vaziri Ergashev, uning o‘rinbosari Davidov, jumhuriyat, viloyat, nohiya darajasidagi yana bir necha rahbar xodim o‘z-o‘zini o‘ldirdi. Jinoiy javobgarlikka tortilganlar orasida 442 nafar jamoa xo‘jaligi raisi, davlat xo‘jaligi direktori, 94 nafar paxta zavodi direktori, 37 nafar firqa va sho‘ro xodimi bor edi. Hammasi bo‘lib 70 ming kishi hibsga olingan». Muhammad Yusuf «Gdlyan» she’rida bu guruh kirdikorini 38-yildagi Beriya boshchiligidagi qatag‘onchilarga mengzagan edi: «Alpomish Chambilda, Go‘ro‘g‘li go‘rda, Haqiqat beshikda uxlardi qotib. Bir jom oltin so‘rab, Qilich o‘ynatib, Kirib keldi qashshoq o‘zbek yeriga – Telman Xorenovich… Beriya!..» O‘zbekiston xalq yozuvchisi Komil Ikromov (Akmal Ikromovning farzandi) Markazning O‘zbekistonda yurgizgan adolatsiz siyosatini kech bo‘lsa-da anglab, tanqidiy munosabat bildirgan ziyolilardan edi. To‘g‘ri, adib respublikaning marhum rahbari faoliyatini, unga yaqin bo‘lgan mulozimlar ishini keskin tanqid qilib, ba’zi shaxslarni go‘yoki adib-arbob nohaq chetga surib qo‘ygani haqida ham talay maqolalar bitgan. Jumladan, «Literaturnaya gazeta»ning 1987 yil 10 iyun sonida bosilgan «Vaqt-soati yetdi…» maqolasi bunga dalil bo‘la oladi. «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi 1990 yil iyunining 22-kungi sonida K.Ikromovning bir turkum maktub va maqolasini Mahmud Sa’diy tarjimasida e’lon qiladi. Quyida «Gdlyan bilan Ivanovning tergov guruhi to‘g‘risida» deb nomlangan maqoladan parcha keltiramiz: «O‘zbek bo‘lib tug‘ilganim va respublika bilan uzoq yillik aloqalarim tufayli achchiq alamga to‘lib aytamanki, hozirgi paytda mamlakatda adolatning turli-tuman shakllarda oyoq osti qilinishi va oddiy odamlar mangu axloqiy qadriyatlarining toptalishi uchun O‘zbekistondan qulayroq boshqa biror joy topilmasa kerak. O‘rta Osiyodagi rivojlangan feodalizm birovlarni shu qadar tuproqqa qorib tashlab, boshqa birovlarga shu qadar katta, cheksiz-chegarasiz erk-ixtiyor berib qo‘ydiki, natijada, yuqoridan bo‘lgan har qanday tazyiq-tahdid Ollohning irodasi tarzida qabul qilina boshladi, bu holat odatga aylandi. Shu yillari militsiya hokimiyati har qanday xonu amirlar hokimiyatidan ham o‘tib tushdi, u tobora yuqori joylar bilan chatishib ketdi. Har qanday oddiy odam huquqni himoya qilishi lozim bo‘lgan organlarda hamma ish soxta guvohliklar asosida olib borilishi, shuning uchun eng yaxshi yo‘l qilmagan gunohni bo‘yinga olish ekanini bilardi. Ana shunday vaziyatda Gdlyan guruhi yuqoridan quyigacha, kimning ustidan bo‘lmasin, xohlagancha fosh qiluvchi materiallar to‘play oldi. Albatta, qo‘shimchasi bilan. Misollar keltirib o‘tirmayman, ularni mensiz ham guvohlar va jabrlanganlar keltiradilar. Men boshqa narsa haqida gapirmoqchiman. Gdlyan bilan Ivanov faoliyati atrofida eng obro‘li ommaviy axborot vositalari muttasil ravishda, izchillik bilan shishirib, jazavaga berilib ko‘targan shov-shuvlar to‘g‘risida gapirmoqchiman… Tergovchilarning qonunsiz harakatlaridan va matbuotning andishasizligidan toptalgan milliy tuyg‘ular haqida eslatishga har qanday urinish jinoyatchilarni himoya etish tarzida qabul qilindi. Mahalliy siyosatchilar, bir tomondan, «kadrlar masalasi» begonalar qo‘li bilan hal qilinayotganidan quvondilar, boshqa tomondan esa, Moskvada ularni «noto‘g‘ri tushunishlari mumkinligi»dan qo‘rqardilar. Bu qonunsizliklar xalqning taqdirida qanday oqibatlar keltirib chiqarishi, ular qayta qurishning real dushmanlari tomonidan qanday foydalanilishi, kishilar ongida qanday qing‘ayishlar sodir etishi to‘g‘risida tashvish chekuvchi kimsa topilmadi. Avval esga olganimdek, hozirgi ishlardan bir yil muqaddam, «Izvestiya»ga bir maqola taklif qilgandim, unda Karakozov va Gdlyan tanqid ostiga olingandi. Undan ham ilgariroq jurnalistlarning bir katta kengashida bu haqda bir soatga yaqin gapirgan edim. Ta’siri esa – nul…» O‘zbekistonning obro‘sizlantirilgani, o‘zbek xalqining tuhmat toshi ostida qolgani o‘sha davrda Markaziy matbuot sanalgan gazetalarda ham e’tirof etilgan. «Literaturnaya gazeta» 1988 yilda «Arslon sakradi!» turkumida bir qancha maqola va suhbat uyushtiradi. Gazetaning 20 iyul sonida tahririyat sharhlovchisi Yuriy Щyekochixin va militsiya podpolkovnigi Aleksandr Gurov musohabasi o‘rin olgan. «Yu.Щyekochixin: – Aleksandr Ivanovich, mafiya haqida gap ketsa, negadir barcha jozibali misollar janubiy hududlardan olinadi? Download 382.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling