2. Shayboniyxon – asarning bosh qahramoni. “Shayboniynoma” dostonining janr xususiyatlari: vazni, qofiyalanish shakli, dostondagi badiiy san’atlar


Download 18.82 Kb.
Sana13.10.2020
Hajmi18.82 Kb.
#133460
Bog'liq
Ergashev Botir.docx.3-seminar.ozbek adabiyoti.


3-Seminar mashgʻuloti savol va topshiriqlari.Mavzu:Muhammad Solih va uning “Shayboniynoma” asari

Reja:

1. Muhammad Solih va Bobur hamda temuriylaroʻrtasidagi munosabatiga fikr bildiring.

2. Shayboniyxon – asarning bosh qahramoni.

3. “Shayboniynoma” dostonining janr xususiyatlari: vazni, qofiyalanish shakli, dostondagi badiiy san’atlar.

4. Asarning milliy adabiyot va tarixshiligimizdagi oʻrni.

1.Muhammad Solih va Bobur hamda temuriylar oʻrtasidagi munosabatiga fikr bildiring.

Ulug' mutafakkir Alisher Navoiyning tazkirasida Muhammad Solihning «Shayboniynoma» dostoniga munosabat bildirilmaydi. «Majolis un-nafois»dagi qaydlar Muhammad Solih ijodining dastlabki bosqichiga taalluqlidir. «Shayboniynoma» esa shoir ijodining ikkinchi bosqichi, uning Shayboniyxon xizmatiga kiiganidan keyingi davriga tegishli bo'lib, doston ijod etilgan vaqtda Alisher Navoiy bu foniy dunyo bilan vidolashgan edi. Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma»da Muhammad Solihning g'azaliyotini qoniqish bilan e’tirof etgan holda, Shayboniyxonga bag'ishlangan turkiy masnaviysini «bisyor sust va furudtur» - deya baholash bilan kifoyalanib qolmaydi. «Boburnoma» muallifi «ani o'qug'on kishi Muhammad Solih she’ridin be’tiqod bo‘lur», - deya ta’kidlaydi. Boburning eng ashaddiy dushmaniga atab yozilgan ushbu asarni maqtab yozishi-bu uning baqadar oqko’ngil inson ekanligidan dalolat beradi.



2. Shayboniyxon – asarning bosh qahramoni.

«Shayboniynoma» - Muhammad Shayboniyga bag'ishlangan doston bo'lib, uning temuriylarga qarshi yurishlari asarda o'z ifodasini topgan. Doston 76 bob, 8902 misradan iborat. Dostonning 16 bobi an’anaviy muqaddimadan tarkib topgan. Unda Alloh hamdi, munojot, Muhammad payg'ambaiga bag'ishlangan na’t, so'z ta’rifi, Shayboniyxon aqlining, ilmining, faqri va sulukining, hilmining, Qur’on o'qurining, tab’ining, qilichining, jibasining, kkitob nazmining sababi va Mullo Abdurahimning ta’rifi kabilar o'rin olgan. Asarning asosiy voqealari 17-bobdan boshlanadi. Bu boblarda 1499-1500-yillarda Shayboniyxonning Turkistondan Samarqandga qo'shin tortib kelishi, Samarqandni bosib olish uchun dastlabki urinishlarining barbod bo'lishi va chekinishi, Buxoro viloyatining hokimi Boqi Tarxon va uning qo'shinini Dabusiya qo'ig'onida qamal qilib Buxoroni bosib olishi voqealaridan boshlab, 1506-yilda Xorazmni bosib olib g'alaba bilan Buxoroga qaytishigacha bo'lgan voqeylik tarixiylik tamoyili asosida badiiy ifoda etiladi.



3.“Shayboniynoma” dostonining janr xususiyatlari: vazni, qofiyalanish shakli, dostondagi badiiy san’atlar.

Muhammad Solih o’zining “Shayboniynoma” asari bilan o’sha davrdagi hayotni real ifodalab bergan. Bu asarda u real shaxslarning obrazini, tarixiy joylarni, janglar va shaharlarni tasvirlagan. U asar tarixiy mavzuga bag’ishlangan va masnaviy shaklida yozilgan dastlabki asarlardandir. Bu esa adabiyotimiz tarixida tamoman yangilik edi. Shoir Shaybonixonning Samarqand, Buxoro, Qarshi, Xorazm viloyatlarni bosib olishdagi vaziyatini uning och qolgan aholini nihoyatda qiynashini aks ettira turib xon va sultonlarni qilgan jonbozliklarini yashirmay yozgan. Bir tomonlari ushbu asar realistik jangnoma poema hisoblanadi. 

Toshkent hokimi Sulton Mahmud Xonikaxon mag‘lub etilganda, uning eng kichik qizi Shayboniyxonga tortiq etiladi. Muhammad Solih dostonning mana shu lavhalarida o'sha norasida pok qizchaning mubolag'aviy tasvirini keltiradi:

Dedilar: «Borchasidin zeboroq,

Husn ichra borchasidin ra’noroq.

Yosh bila dog‘i kichikroq boridin,

Baxt ila bori biyikroq boridin.

Bor emish xong‘a munosib mohi,

Ul sanamlar arosida shohi.

Sarv oning qomatidin sharmanda,

Zuffiga anbari sor banda.

Munfail ko'zlaridin ohuyi chin,

Ichi qon bog‘ladin g'amdin miskin.

Chin mo'g'ulchin ul erur olamda,

Yo‘qtur ul tavr bani odamda.

Na Xito mulkida andoq topilur,

Na Xo‘tan shahrida ul nav kelur.

Lo‘’bati chin degonning o‘zidur,

Surati chin degonning o'zidur»

Shoirning tasvir jarayonida mubolag'a badiiy san’atiga ko'proq murojaat etganligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Ayni choqda o'sha qizchaning husn va «baxt»da yaktoligi «kichikroq» va «biyikroq» so'zlarini qarshilantirish bilan muayyanlashtirilgan. Keyingi baytlarda shoir muddaosini amalga oshirishda husni ta’lilga murojaat etiladi. Sanamlar orasida shoh bo'lgan bu qizning qomatidan sarvning qomati uyaladi. Uning shahlo ko'zlari oldida Chin ohusining ko'zlari xijolat chekadi. Ko'rinadiki, shoir yuksak badiiy salohiyat sohibi sifatida qahramonlar siymosini kitobxon ko'z o'ngida yorqin gavdalantirishga harakat qiladi.

4. Asarning milliy adabiyot va tarixshiligimizdagi oʻrni.

«Shayboniynoma» o'zining sodda va ravon uslubda yozilganligi, o'ziga xos badiiyati bilan XVI asr o'zbek mumtoz adabiyotida yaratilgan adabiy asarlardan ajralib turadi. U o'z davri o'zbek adabiy tilining muhim yodgorligi bo'lishi bilan ham ahamiyatlidir. Asar ijodkori dunyoqarashining murakkabligi, tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar tasvirida tarafkashlik, biryoqlamalik unsurlarining ko'pligidan qat’iy nazar, uning juda ko'plab lavhalari tarixiy haqiqatni tiklashga imkon yaratadi. Dostonning ayni jihatlari uning adabiy-tarixiy qimmatini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, «Shayboniynoma» - tarixiy-jangnomaning mumtoz adabiyotimizdagi ilk namunasi bo'lishi bilan ham katta ma’naviy-badiiy ahamiyatga molikdir.



Ergashev Botir 101-guruh talabasi.
Download 18.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling