2§. Ship pog‘onali qazib olish tizimi


Download 1.57 Mb.
bet3/3
Sana03.02.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1149045
1   2   3
Afzalliklari va kamchilliklari.Tirgak mustahkamlagichlar bilan rudani ship pog‘onalab qazib olish tizimi quyidagi afzalliklar va kamchilliklarga ega.
1. Tirgak mustahkamlagichli ship pog‘onalab qazib olish tizimi yetarlicha xavfsiz hisoblanadi, kon ishchisi qazib olish joyi shipining va yonining holatini kuzatishi oson va o‘z vaqtida salbiy holatlar bartaraf qilinadi, pog‘ona shipi to‘xtovsiz yangilanishi hisobiga ularning turg‘unligi oshadi. Qazib olish bo‘shlig‘ining ochilgan yon tomoni ish joyining pastida bo‘lgani uchun yondosh jinslarning qulagan bo‘lagidan ishchilar jaroxat olmaydi.
Xavfli xolatni keltirib chiqaradigan sabablardan biri qazib olish bo‘shlig‘idagi taxta to‘shamadan ishchilarning yiqilib tushish ehtimoli. Chunki ayrim holatlarda portlatishdan keyin tirgaklar shikastlanishi mumkin. Bundan tashqari shikastlangan tirgaklarni almashtirish yoki qayta tiklash ishlari xavfli sharoitlarda olib boriladi.
2. Portlatishdan keyin tirgaklarni o‘rnatish va qayta tiklash ko‘p mexnatni talab qiladi, ayrim holatlarda rudani ruda tushirgichga qo‘l bilan tushirishga to‘g‘ri keladi (97-rasm). Bu esa qazib olish joyi ishchisining unumdorligini pasaytiradi. Yog‘och mustahamlagich sarfining yuqoriligi tufayli ruda tannarhi ortishi kuzatiladi. Odatda qazib olish bo‘shlig‘iining 1 m3 ga o‘rtacha 0,06–0,12 m3 yog‘och mustahkamlagich to‘g‘ri keladi.
3. Ruda yo‘qotilish miqdori nisbatan kam. Ushbu qazib olish tizimi qo‘llanilishi oddiy va sharoitga moslashuvchan bo‘lganligi uchun tarmoqlanuvchi-tomirsimon ruda tanalarini (bunday ruda tanalarining elementlari keskin o‘zgaruvchan bo‘ladi) qazib olishda keng qo‘llaniladi.
Sal qiya ruda tanalarini qazib olishda ship pog‘onali qazib olish tizimi juda kam qo‘llaniladi. Shuning uchun bu tizim variantlarida skreper va boshqa mexanik ko‘rinishdagi yetkazish usullaridan foydalanilmaydi.
Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling