2§. Ship pog‘onali qazib olish tizimi


Download 1.57 Mb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1149045
  1   2   3

2§. Ship pog‘onali qazib olish tizimi

Ship pog‘onali qazib olish tizimi qalinligi 2–3 m gacha, keskin qiya yotgan qatlamli va tomirsimon ruda tanalarini qazib olishda keng qo‘llaniladi. Agar ruda tanasining qalinligi 0,6–0,8 m dan kichik bo‘lsa rudani yondosh puch tog‘ jinslariga qo‘shib yoppasiga ajratib olishga to‘g‘ri keladi. Bunday holatlarda qazib olish joyida ajratilgan ruda saralangandan keyin puch tog‘ jinslari to‘lg‘azma matriali sifatida qoldiriladi.


Bu tizim asosan rudani o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida yetkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, ruda tanasining yotish burchagi 400 gacha bo‘lganda, yetkazish usulini boshqa usuliga almashtirish muximdir.
Ruda va rudani atrof tog‘ jinslari turg‘un bo‘lgan holatdagina ship pog‘onali qazib olish tizimi oddiy tirgak mustahkamlagichlar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Aks holda mustahamlagich miqdori ortadi va uning tuzilishi murakkablashadi, natijada ship pog‘onali tizim boshqa sinfdagi qazilgan bo‘shliqni mustahkamlab qazib olish tizimiga aylanadi.Bu ikki sinfga mansub bo‘lgan tizimlar oralig‘idagi chegara shartli ravishda belgilanadi. Oddiy tirgak mustahkamlagichlar qo‘llaniladigan tizimlar ship pog‘onali qazib olish tizimlari hisoblansa, murakkab, kuchaytirilgan mustahkamlagichlar o‘rnatiladigan tizimlar qazib olingan bo‘shliqni mustahkamlab qazib olish tizimlariga tegishli bo‘ladi.
Rudaning qiymati, ruda tanasida puch tog‘ jinslari yoki geologik buzilishlar mavjud bo‘lishi,jipslashishga moyilligi kabi holatlar ushbu qazib olish tizimining qo‘llanilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Ship pog‘onali qazib olish tizimining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki qazib olish joyi pog‘ona shaklida bo‘lib, ishchilar tirgak mustahkamlagichlarga o‘rnatilgan taxta to‘shama ustida burg‘ilash, zaryadlash ishlarini olib boradi (94-rasm). Blokda qazib olish ishlarining umumiy siljish yo‘nalishi – pastdan yuqoriga, har bir pog‘onada esa ruda tanasining cho‘ziqligi bo‘ylab rivojlanib boradi.

94-rasm. Ship pog‘onali qazib olish tizimida blokning umumiy ko‘rinishi.


Tepasidagi pog‘onalarga nisbatan 2–4 m ga ilgarilab boruvchi pastdagi pog‘onalar “qisqa pog‘onalar” (95a-rasm), ilgarilab borish masofasi 10–12 m bo‘lsa “uzun pog‘onalar” (95b-rasm) deyiladi. Kamdan-kam holatda qo‘llaniladigan, balandligi 10-15 m va kengligi 1–2 m ni tashil qiladigan pog‘onalar “yuqori pog‘onalar” (95v-rasm) deyiladi.


d

g
95-rasm. Ship pog‘onali qazib olish tizimida shpurlarning joylashishi
va pog‘ona shakli.

Pog‘onalarning o‘lchami, shakli va qazib olish yo‘nalishini tanlash birinchi navbatda rudani massivdan ajratib olish va yetkazish usuliga bog‘liq holda amalga oshiriladi. Bundan tashqari atrof tog‘ jinslarining mustahkamligi, ruda tanasining chagaralanishi va yotish burchagi hisobga olinadi.


Ship pog‘onali qazib olish tizimlarini ikkita alohida varinatlarga ajratish mumkin:
1. O‘z og‘irlik kuchi ta’sirida rudani yetkazish bilan: bevosita qazib olish bo‘shlig‘i bo‘ylab; qazib olish bo‘shlig‘ida barpo qilingan rudatushirgich bo‘ylab.
2. Rudani qisman magazinlash bilan.
96-rasmda ship pog‘onali qazib olish tizimining qazib olish bo‘shlig‘i bo‘ylab rudani o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida yetkazish varianti, 97-rasmda esa rudatushirgich bo‘ylab yetkazish varianti tasvirlangan.
Tashish shtrek 1 ruda tanasi bo‘ylab o‘tiladi va uning uchun shtrek usti seligi 2 (97-rasm) yoki tirgak mustahkamlagichlar 3 (97-rasm) bilan saqlab turiladi.

97-rasm. Ship pog‘onali qazib olish tizimining qazib olish bo‘shlig‘i bo‘ylab rudani o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida yetkazish varianti.


Qavat balandligi rudani atrof tog‘ jinslari turg‘unligiga, ruda tanasining qalinligiga va yotish burchagiga bog‘liq holda o‘rtacha 30–50 m o‘lchamda qabul qilinadi. Yondosh tog‘ jinslari turg‘un, ruda tanasining qalinligi katta bo‘lmagan va yotish burchagi keskin qiya bo‘lganda qavat balandligini katta o‘lchamda qabul qilish mumkin. Qavat balandligining ortib borishi mustahkamlovchi materiallarini tashish sharoitini, ishchilarning harakatlanishini, yuqorilovchi lahimlarni o‘tkazishni va qazib olishdan hosil bo‘lgan bo‘shliqni saqlab turish ishlarini ancha murakkablashtiradi.


Shtrekni selik yoki tirgak mustahkamlagichlar bilan saqlab turish usulini tanlashda ruda tanasining qalinligi, ruda va atrof tog‘ jinslarining mustahkamligi, rudaning qiymati va mustahkamlagich matriallarining tannarxi hisobga olinadi.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling