Rakovina Mebellarni tamirlash va kayta ishlash


Download 1.97 Mb.
bet1/3
Sana10.02.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1183954
  1   2   3
Bog'liq
28-Mavzu


Mavzu: Mebellarni tamirlash va kayta ishlash.
Reja:

  1. Mebellarni tamirlash va kayta ishlash.

  2. O‘rnatma shkaflar

  3. Rakovina



Mebellarni tamirlash va kayta ishlash.
Dahlizlarga o‘rnatiladigan universal yig‘ma shkaf. Bunday shkafning tarkibiga quyidagi bo‘limlar kirishi mumkin: usti kiyim-kechaklar uchun veshalkali o‘rin, oyoq kiyimlar uchun tumba, usti kiyimlar va bosh kiyim uchun bo‘lim, toza ich kiyimlar uchun javon, yuviladigan kirlar uchun joy, xo‘jalik asbob-uskunalari uchun joy.
Tokcha (nisha) ichida bolalar va o‘smirlarning kiyim-kechaklarini osish uchun qoziq yoki ilmoqlar o‘rnatiladi. Ular orasidagi masofa kamida 120 mm, qoziqlar va ilgaklar balandligi kattalar kiyim-kechagi uchun 1900 mm, bolalar kiyim-kechaklari uchun esa 1400—1500 mm ni tashkil etadi.
Oyoq kiyimlar saqlanadigan tumba ichida ham tokcha bo‘ladi. Oyoq kiyimlar saqlanadigan shkaf bo‘limining balandligi kamida 150 mm, baland oyoq kiyimlar (yetik) uchun bo‘lim balandligi kamida 450 ml bo‘lishi kerak. Tumba chuqurligi esa kamida 320 mm bo‘ladi.
Usti kiyimlar va bosh kiyimlar uchun mo‘ljallangan bo‘limda ilgicfaiar uchun shtanga, bosh kiyimlar uchun tokcha, zont uchun skoba o‘rnatilgan. Tokchaning eni kamida 240 mm, bo‘lim balandligi kamida 170 mm bo‘ladi.
Ich kiyimlar bo‘limi statsionar yoki suriladigan tokchalar bilan jihozlanadi. Tokchalar orasidagi masofa 200—400 mm.
Yuviladigan anjomlar saqlanadigan bo‘lim yengil olinadigan savatcha bilan jihozlanadi. Savatchalar asosan yog‘och hipchinlaridan, plastmassa tasmalardan to‘qilgan bo‘ladi.
Xo‘jalik inventarlari, asbob-uskunalari, sport anjomlari saqlanadigan xonalarni javon, tortma, xo‘jalikda ishlatiladigan predmetlarni osish uchun har xil qurilmalar bilan jihozlanadi. Bu yerda dazmol taxtasi, chang yutgich, chang‘i, chana kabi predmetlar saqlanadi.
O‘rnatma shkaflarning antresol bo‘limlari ularning vazifalariga ko‘ra tokchali (javon) va tokchasiz bo‘lishi mumkin.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling