Rakovina Mebellarni tamirlash va kayta ishlash


Download 1.97 Mb.
bet2/3
Sana10.02.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1183954
1   2   3
Bog'liq
28-Mavzu

O‘rnatma shkaflar telefon o‘rnatiladigan bo‘limga ega bo‘lishi ham mumkin.
Bo‘limda to‘rt tortmali telefon tumbasi, yumshoq suyanchiqli o‘tirg‘ich va ikki tortmali bir o‘rinli divan bo‘lishi nazarda tutilgan.
Universal yig‘ma konstruksiyali shkaf umumiy tayanch qutisiga montaj qilinadi. Universal yig‘ma-o‘rnatma shkaflarning asosiy farqi, ularning konstruksiyasida korpusli buyumlarga bikrlik beruvchi orqa devorning bo‘lmasligidir. Universal yig‘ma-o‘rnatma shkaflarda xona devori shkafning orqa devori vazifasini o‘taydi. Shuning uchun konstruksiyaga yetarli bikrlik berish maqsadida shkaf montaj qilib bo‘linganidan so‘ng burchaklik tortqilar va burama mixlar yordamida qurihsh konstruksiyalariga mahkamlab chiqiladi.
Oshxona shkaflari. Shkaf konstruksiyalarini ishlab chiqishda funksional bo‘linmalarni eng ratsional va qulay qilib joylash muhim ishlardan biridir.
Oshxona shkaflari tuzilishiga ko‘ra juda oddiy bo‘ladi. Ularning asosiy xususiyati shundan iboratki, bu shkaflar suv manbaiga yaqin turadi. Shu sababli ularni loyihalashda bu holatni hisobga olish nihoyatda muhimdir.
Shkaf-stollarning korpusi qismlarga ajralmaydigan gorizontal o‘tar devor va qopqoqdan iborat bo‘lib, ular vertikal devorlar bilan 2—3 ta shkantlar orqali biriktiriladi. Osma shkaflarning korpusi vertikal o‘tar devorli bo‘lib, ular gorizontal devorlar bilan 2—3 ta shkant yordamida biriktiriladi.
Shkaf-stollarning va osma shkaflarning orqa devori yog‘och tolali plitalardan yasalib, ular burama mixlar yordamida qotiriladi. Shkaf eshiklari ochiladigan konstruksiyali bo‘lib, ular to‘rt sharnirli oshiq-moshiqqa osib qo‘yiladi.
Xona ichiga o‘rnatiladigan mebelga ichiga o‘rnatilgan va antersol javonlar kiradi (96-rasm). Ular tura joy va jamoat binolaridagi taxmonlar, yo‘laklarga o‘rnatiladi, bunda binoning ichki devorlaridan mebelning orqa. Yon devorlari va qopqog‘i (tom) sifatida foydalaniladi.
Turar joy uylarida qismlari bir xillashtirilgan shchitli va sinchli yig‘ma ichki mebel qo‘llaniladi.



96-rasm. Antresolli shkaflarni tuzilishi.

Qurilishga ichiga o‘rnatiladigan mebel montajga tayyor holatdagi alohida alohida qismlar ko‘rinishida keltiriladi.


Mebelning tashqi ko‘rinishini ko‘rkam qilish uchun u turli materiallar: qimmatbaho yog‘och turlaridan qilingan shpon bilan qoplanib, keyin shaffof lok bilan bo‘yaladi; qimmatbaho yog‘och turlariga o‘xshatib tekstura qog‘ozi bilan qoplangan qattiq yog‘och tolali plitalar yoki faner bilan, emallar bilan qoplanadi.
Javon va antersollarning eshiklari bir va ikki tavaqali bo‘ladi. Yo‘laklardagi eshiklar o‘rni tepasiga ikki tavaqali antersollar o‘rnatiladi. Ularning eni tagida turgan eshiklarning eni bilan bir xil bo‘lmog‘i darkor.
Javon eshigi kesaki va tavaqalardan iborat. Kesaki ignabargli yog‘och turlaridan yasaladi. Javon va antersollar eshiklarning tavaqalari, yon devorlari shchitlaridan tayyorlanib, bo‘shlig‘i batamom yoki mayda uyalar bilan to‘ldiriladi, yoxud 16 yoki 19 mm qalinlikdagi yog‘och qipiqli plitalardan yo bo‘lmasa, laminirlangan yog‘och qipiqli plitalardan tayyorlanadi. Shchitlar tayyorlash uchun T yoki TS markali yog‘och tolali plitalar yoxud SK markali taxtalar (reykalar) dan, faner yoxud yog‘och tolali plitalar bo‘laklari, spiralsimon payraxalar yoxud qog‘oz uyalardan foydalaniladi. Eshik tavaqalari, yon devorlari yoki boshqa detallarning ko‘rinib turadigan chetlari randalangan shpon, qirra plastiklari, polivinilxlorid tasmalar yoxud bargli daraxt turlaridan tayyorlangan taxtalar bilan hoplanib, buyum sirtining rangiga mos rang beriladi.
Javonlar tokchalari 10 12 mm qalinlikdagi faner yoki 16 19 mm qalinlikdagi yog‘och qipiqli plitadan yasalib, ko‘rinib turadigan chetlari taxta (reyka) bilan qoplanadi; kiyim osiladigan shtangalari qattiq yog‘ochdan tayyorlanadi.
Antersollarning tuzilishi eshik (javon) larga o‘xshaydi. 1 sinf binolaridagi javonlar qimmatbaxo yog‘och turlaridan olingan shpon bilan yoki tekstura qog‘ozi bilan qoplanadi.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling