Rakovina Mebellarni tamirlash va kayta ishlash


Download 1.97 Mb.
bet3/3
Sana10.02.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1183954
1   2   3
Bog'liq
28-Mavzu

Rakovina tagida turuvchi shkafni issiq va sovuq suvni aralashtirib beruvchi smestitelga va ishlatilgan suvni chiqib ketish joyiga qarab konstruksiyalanadi (97-rasm).



97-rasm. Rakovina ostidagi shkafning umumiy ko‘rinishi.


Rakovina o‘rni o‘yib ochilgan shkaf, tayanch qutisi, o‘tadigan ostki va usti gorizontal ramka, vertikal devor, oldiga qo‘yiladigan brusok va eshikdan tashkil topgan. Standart o‘yilgan rakovinaning rejadagi o‘lchami 510x455 mm, rakovina o‘rnatiladigan uya o‘lchami 403x403 mm. Shkafning vertikal devorlari konstruksiyasiga ko‘ra ramkali bo‘ladi. Shkaf oldidagi brusok ramkaga yopishtirilgan bo‘ladi. U vertikal devorlarga shkant va burchakliklar yordamida biriktiriladi. Ust qo‘yma rakovina shkaflari ham yuqoridagi konstruksiyaga aynan o‘xshash bo‘ladi. Rakovina ostidagi shkaflarning va boshqa shkaflarning balandligi gaz hamda elektr plitalarning balandligiga teng bo‘ladi.
Shkaf-stollarning balandligi 850 mm, tayanch qutisining balandligi 100 mm, qopqog‘ining qalinligi 20 mm, ostki gorizontal devor qalinligi 20 mm bo‘lganda shkaf-stolning balandligi 710 mm ni tashkil etadi (850—140 = 710 mm). Shkaf-stol go‘shtni to‘g‘rovchi surilma taxta va go‘sht qiymalagich (myasorubka) bilan jihozlanadigan bo‘lsa, shkafda ikkitadan to‘rttagacha surilma tortma yoki tokchalar bo‘lishini hisobga olish mumkin.
Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling