6-Ma’ruza Ko‘p kovshli ekskavatorlarning elektr ta’minoti va energetik ko‘rsatkichlari. Reja
Download 264.13 Kb.
|
6-ma\'ruza
6-Ma’ruza Ko‘p kovshli ekskavatorlarning elektr ta’minoti va energetik ko‘rsatkichlari. Reja: Ko’p kovshli ekskavatorlarтning elektr ta’minoti sxemasi Ko’p kovshli ekskavatorlarning elektr ta’minotining o’ziga xosligi Rotorli ekskavator K-300 Uch fazali elektr energiya egiluvchan kabel orqali ekskvatorning kabelli barabaniga tok o’tkazuvchi orqali uzatiladi. Tok ajratuvchi bilan kabel barabani yuqori kuchlanishli xalqali tok o’tkazuvchi yuqori kuchlanishli shkaf orqali kuchlanish beriladi. TS va TO pasaytiruvchi transformatorlariga taqsimlovchi shkaf orqali kuchlanish beriladi. 500 V kichik kuchlanishli istehmolchilarini TS transformatori tahminlaydi, 220 V kuchlanishda ishlaydigan istehmolchilar uchun TO transformatori tahminlaydi. Transformatorni qisqa tutashuvdan egiluvchan saqlagich (predoxranitel) orqali himoya qiladi. TO transformatorini pastki qismida bosh avtomat va maksimal tokdan himoya o’rnatilgan. Yuritmalarni burilishini yuqori qismida G-D sistemali o’zgarmas tok reostat bilan boshqariladigan zanjirni generatorni mustaqil qo’zg’atuvchi cho’lg’amlari o’rnatilgan. Boshqarish sxemasida yuqori tezlikning bir tekis o’zgarishini tahminlaydi. Sxemaga boshqarish yuritmalari ko’zda tutilgan: maksimal himoyali yurituvchi dvigatel, maksimal himoyali burish dvigateli, zanjirni uzilishdan himoya qo’zg’atish dvigateli, yuritmali texnologik liniyani blakirovka qilish. Rotor yuritmasi uchun, yurish va ko’tarish strelasiga faza rotorli asinxron dvigatel qo’llanilgan. Boshqarish sxemasini yuritmalarini tahminlashda; ishga tushirish tokini cheklash; maksimal himoya, yuritmali texnologik liniyani blakirovka qilish. Bosh konveyer yuritmasi, strela harakati va yordamchi yuritmalarga qisqa tutashtirilgan asinxron dvigateli qo’llanilgan. Yuritmalar maksimal va issiqlikdan himoyaga ega. Konveyer yuritmasini ishlashini nazorat qilishda ampermetr orqali amalga oshiriladi. Maxsus generatordan o’zgarmas tok 220 V kuchlanish boshqarish zanjirini tahminlashda mashinist xonasiga boshqarish pulti o’rnatilgan. TO transformatori yoritish asboblari, isitish va signalizatsiyalarni tahminlaydi. Yoritish va isitish asboblariga 220 V, ko’chma chiroqlarga 24 V kuchlanish bilan tahminlanadi. 2- rasm. K-300 ekskavatorini printsipial elektr sxemasi. Rotorli ekskavator ERG-400 17/1,5 50 Gs chastotali uch fazali tok, 6 Kv kuchlanish, kesimi 3x25+1x10 mm2 bo’lgan KShVG egiluvchan kabel orqali o’rovchi kabel barabaniga va tok qabul qiluvchiga ulanadi. Yuqori kuchlanishli taqsimlovchi 2KVE-,6-50 shkafi orqali Tok qabul qiluvchi bilan kabel barabaniga kuchlanish yuqori kuchlanishli aylana tok qabul qiluvchiga uzatiladi. Taqsimlovchi shkafda kuchlanishni pasaytiruvchi transformator o’rnatilgan. Ekskavatorda umumiy o’rnatilgan quvvat asosiy elektr jixozlari uchun 580 kVA va qolganlari yordamchi mexanizmlar uchun. Ekskavatorga yuqori kuchlanishli shkafdan o’zgarmas tokni qabul qiluvchi va energiyani taqsimlash ko’zda tutilgan. SHkafga ulash va uzish uchun transformatorlar, shuningdek himoyalovchi transformatorlar va qisqa tutashdan liniyani tahminlovchi apparaturalar o’rnatilgan. Kichik kuchlanishli qismida AV-15B va AV-4B tipli bosh avtomatlar, hamda maksimal tokdan himoya va kichik kuchlanishni tahminlovchi o’rnatilgan. Sxemada ekskavator yuritmalarini boshqarishda kuchlanishni tahminlashda fazalarni almashlab ulashda himoyalash va kichikvolg’tli tarmoqni yerga tutashuvdan himoyalash ko’zda tutilgan. Yerga tutashuvdan himoyalashda Izolyatsiyani avtomatik nazorat qilish qurilmasi UAKI-380 (ustroystva avtomaticheskogo kontrolya izolyatsii) qo’llanilgan. 3-rasmda ERG-400 17/1,5 ekskavatorining printsipial elektr sxemasi keltirilgan. Rotor uzatmasida qisqa tushgan rotorli asinxron elektr dvigateli o’rnatilgan. Dvigatel zanjirini ishga tushirish tokini pasaytirish uchun aktiv qarshilik ulanib ishga tushiriladi. Yuritma tezligi rostlanmaydi. Yuritmalarni boshqarishda boshqarish stantsiyasi va knopkali post mashinist pulg’tiga o’rnatilgan. Sxemada yuritmalarni boshqarish va himoyalashda maksimal va issiqlik relelari yordamida amalga oshiriladi; muftani zo’riqish momentini himoyalash; yuritmani zo’riqishini nazorat qilishda ampermetr yordamida, mashinist pultiga o’rnatilgan; rotor yuritmasini moylinasos bilan blokirokalash; kompleksni dispetcher orqali boshqarishda apparaturalar bilan blokirovkalash. Rotor strelalarini burilish yuritmalarini G-D sistemali EMU bilan bajariladi. Yuritmalarni boshqarish stantsiya va kontaktsiz komandaapparatlari bilan amalga oshiriladi. Boshqarish sxemasida burilish tezligini 3-33 m/min. diapazonda silliq to’g’irlaydi. Burchak aylanish funktsiyasi tezligini qo’l yordamida va maxsus avtomatik regulatorlar orqali bajariladi. Sxemada aylanish yuritmalarini boshqarish qo’yidagicha ko’zda tutilgan: yuritmalarni kombinatsiyalangan himoya; aylanish dvigatelini maksimal himoya; aylanish dvigatelini qo’zg’atish zanjirlarini uzilishdan himoya; EMUni maksimal himoya; zo’riqish mexanizmidan himoya; Rotor strelalarini ko’tarish yuritmalari faza rotorli asinxron dvigatel qo’llanilgan. Strelani ko’tarish ikkita dvigatel yordamida amalga oshiriladi. Tushirishda esa bitta dvigatel qarama-qarshi ulanish rejimida ishlaydi. Yuritma ko’tarishda bitta tezlik va tushishda ikkita tezlikka ega. Boshqarish sxemasida yuritmalar qo’yidagicha ta’minlangan: dvigatelni maksimal himoya; rotor strelasining tayanchi yerdan himoya; rotor strelasini ko’tarishni chegaralash; rotor qarshiliklarini o’zgarishdarajasini vaqti. Yurish yuritmasi faza rotorli kranlar asinxron elektr dvigatelidan hamda kabel barabani yuritmasi esa qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatelidan tashkil topgan. Yurish yuritmasi tezligi rostlanmaydi. Kabel barabani yuritmalarini yurish yuritmalaridan avtomatik boshqariladi. Boshqarish sxemasi qo’yidagicha ta’minlangan: maksimal himoya; kontaktlarni yopishib qolishidan himoya; qisqa tutashgan holatda yurish dvigatelini ishga tushirishdan himoya; dvigatelni yuklashni ampermetr yordamida nazorat qilish; kabel barabanida hamma kabellarni chuvalashidan himoyalash; 3-rasm. ERG-400 17/1,5 ekskavatorining printsipial elektr sxemasi Qabul qiluvchi yuritma va otval konveyerlari qisqa tutagan rotorli asinxron dvigatellardan ta’minlanadi. Sxemada boshqarish yuritmalari qabul qiluvchi va otval konveyerlarni ta’minlanishi qo’yidagicha ko’rsatilgan: avtomatlar yordamida konbinatsiyalangan himoya; tezlik relesi yordamida konveyer lentasini uzilishidan himoya; vaqt relesi va oxirgi uzgich yordamida lentalarni joyidan chiqishidan himoya; o’zaro bog’langan mexanizmlarni blokirovkalash; Rotorli ekskavator ERGV-630 9/0,5 50 Gs chastotali uch fazali tok, 6 Kv kuchlanish, kesimi 3x35+1x10 mm2 bo’lgan KShVG egiluvchan kabel orqali o’rovchi kabel barabaniga va tok qabul qiluvchiga ulanadi. Yuqori kuchlanishli taqsimlovchi 2KVE-,6-50 shkafi orqali Tok qabul qiluvchi bilan kabel barabaniga kuchlanish yuqori kuchlanishli aylana tok qabul qiluvchiga uzatiladi. Taqsimlovchi shkafda kuchlanishni pasaytiruvchi transformator o’rnatilgan. Kuch transformatorining ikkilamchi cho’lg’amidagi kuchlanishning pasayishi stantsiyaning bosh o’chirgichiga tushadi, ya’ni 380 va 220 V kuchlanish iste’molchilari kabellarini ulash uchun taqsimlovchi shinada joylashgan o’chirgichga tushadi. Yuqori kuchlanishli shkafda uzish va qo’shish transformatorlari, himoya transformatorlari va ta’minlovchi liniyani qisqa tutashuvdan himoya apparaturalari o’rnatilgan. Kichik kuchlanishli qismida esa bosh avtomatlar, kichik kuchlanishli uzatuvchi iste’molchilar, maksimal nulli himoya va yerga tutashuvdan himoya o’rnatilgan. 4-rasmda ERGV-630 9/0,5 ekskavatorining printsipial elektr sxemasi keltirilgan. Rotor g’ildiragini yuritmasi uchun qisqa tutashgan rotorli ikkita asinxron dvigateli qo’llanilgan. Dvigatel tezligi rostlanmaydi. Yuritmalarni boshqarish mashinist pulьtiga o’rnatilgan knopkali boshqarish postiga o’rnatilgan. Yuritmalarni boshqarish sxemasi qo’yidagicha ta’minlangan: maksimal rele yordamida dvigatelni himoya; ampermetr yordamida yuklashni nazorat qilish, pulьtda o’rnatilgan; tezlikni nazorat qilish; texnologik mexanizmlar bilan blakirovkalash. Burilish yuritma platformasini kuchli G-D sistemasi va oraliq magnit kuchaytirgichi bilan bajariladi. Yuritmalarni boshqarish kontaktsiz komandaapparatlar yordamida amalga oshiriladi. Boshqarish sxemasida burilish tezligini silliq rostlash ta’minlangan. Tezlikni o’zgarishi umumiy diapazonda 1:10, ishchi diapazonda 1:4. Burchak burilish tezligini rostlash uchun qo’l bilan yoki maxsus avtomatik rostlash orqali amalga oshiriladi. Boshqarish sxemasida burilish yuritmalari quyidagicha ta’minlangan: burilish dvigatelini maksimal himoya; yuklash mexanizmidan himoya (Ekskavator xarakteristikasidan olinadi); strelaning harakat boshidagi va oxiridagi tezlanishi 0,2 m/s2 dan oshmasligi lozim; burilish yuritmasini yuklashda himoya; rotor strelasini burchak burilishiga avtomatik topshiriq; rotor strelasini burchak burilishida rejaliligi. Burilish yuritmalari strelasini bo’shatishda o’zgarmas tok dvigatelini boshqarish tiristorli to’g’irlagich yordamida amalga oshiriladi. PTZR kopmleks tiristorli elektr yuritmalari qo’llaniladi. Boshqarish sxemasi qo’yidagicha ta’minlangan: yuritmani maksimal va qizishdan himoya; taxogenerator yordamida tezlikni nazorat qilish; burilish burchagini chegaralash. Yurish yuritmalari uchun faza rotorli asinxron dvigatelidan foydalaniladi. Yuritma tezligi rostlanmaydi. Sxemada elektr dvigatelni maksimal va qizishdan himoya ko’rib chiqilgan. Rotor konveyer yuritmasi, konveyerning bo’shatish strelasi, rotorni ko’tarish strelalari qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatelida amalga oshiriladi. Boshqarish sxemasida elektr dvigatelini maksimal va qizishdan himoya bilan ta’minlangan. Boshqarish sxemasida qabul qiluvchi konveyer konveyerni tezligini nazorat qilish va uni yuklash bilan ta’minlangan. Mashina jixozlarida tovushli signallar, ishchi va avariya chiroqlari kabi apparaturalar bilan aloqalangan. Yon ustuplarni tashkil etishni avtomatlashtirish jarayoni uchun orqa burchak qiyaligi bilan vertikal zaboy jinslari “Otkos -1” dasturli qurilma orqali bajariladi. Yon ustupning zaruriy og’ish burchagini, rotor strelasining gorizontga nisbatan egilish burchagiga bog’liq holda uning zaruriy bo’lgan burilish burchagini avtomat aniqlash, burilish yuritmasini avtomat o’chirish, burilish yuritmasini avtomat boshqarishni o’chirish va qo’lda boshqarishga o’tishni, avtomatik boshqarishdagi yoritish signalizatsiyasini, rotor strelasining og’ish va burilish burchagini selьsin ko’rsatkichlar orqali kuzatuv nazoratlari bzyicha “Otkos -1” apparaturasi ekskavator mashinisti topshirig’ini ta’minlaydi. Rotorli ekskavatordan 380 V kuchlanishli o’zgaruvchan tok qayta yuklagich uchun manba xisoblanadi. Konveyer yuritmasi uchun qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatel qo’llaniladi. Konveyerni boshqarish sxemasi quyidagicha ta’minlanadi: maksimal va qizishdan himoya; yuklash va tezlikni nazorat qilish; ekskavator mexanizmlarini blokirovkalash. Yurish yuritmasi uchun tezligi rostlanmaydigan ikkita qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatelidan foydalaniladi. Dvigatelda tokli va issiqdan himoya ko’zda tutilgan. 4-rasm. ERGV-630 9/0,5 ekskavatorining printsipial elektr sxemasi Download 264.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling