Tezlikni rostlash


Download 1.23 Mb.
bet1/7
Sana24.03.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1291463
  1   2   3   4   5   6   7

Mavzu № 3
ELEKTR YURITMALAR TEZLIGINI VA HOLATINI ROSTLASH


Tezlikni rostlash


Ishlab chiqarish mashinalarining ko‘pchiligida (prokat stanlarda, ko‘tarish-transport mexanizmlarda, metallarni qayta ishlovchi qurilmalarda, to‘qimachilik mashinalarda va boshqalarda) ijro organining harakat tezligini rostlash amalga oshiriladi. EYU yordamida ijro organlari harakatining turli tezliklari, tezlikni belgilangan qiymatlaridagi barqarorligi, shuningdek ixtiyoriy o‘zgaruvchan vazifa signalga (taqlid) yoki oldindan qo‘yilgan dasturga mos ravishda tezlikni o‘zgartirish tapminlanadi.


EYU ning mexanik qismini sxemasidan (2.1- rasm) ko‘rinadiki, ijro organining aylanma va ilgarilama harakatida, mos ravishda dvigatel va ijro organining tezliklari o‘zaro quyidagicha bog‘lanishida bo‘ladi

io=/i; io =   (3.1)


(3.1) ifodani qarab chiqish shuni ko‘rsatadiki, ijro organining harakat tezligini rostlashda mexanik uzatmaga, yoki dvigatelga, yoki bir paytda xam unga, xam bunga taosir orqali erishish mumkin.


Birinchi usul mexanik uzatmaning uzatish sonini i yoki keltirish radiusini r, dvigatel tezligi doimiy bo‘lganda, o‘zgartirish bilan bog‘liqdir va shuning uchun u rostlashning mexanik usuli deb nomlanadi. Bu usulni amalga oshirish uchun uzatish qutilari (bosqichli rostlanadi), variatorlar va elektromagnit muftalari (ravon rostlanadi) ishlatilishi mumkin. Bu usul, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdagi murakkabligi, uzatmalar ishidagi ishonchliligi va tejamliligining pastligi uchun kam qo‘llaniladi.
Ikkinchi, elektr usuli deb nom olgan usulda, mexanik uzatmaning ko‘rsatkichlari o‘zgarmagan xolda, dvigatelga taosir o‘tkazish nazarda tutiladi.
Zamonaviy EYU larda, bu usul, o‘zining rostlash imkoniyatini kengligi, soddaligi va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning umumiy sxemalarida ishlatishni qulayligi va tejamliligi bilan asosan qo‘llanishga ega bo‘lmoqda. Baozi bir ishchi mexanizmlarida (masalan, metall qirquvchi dastgoxlarda) kombinatsiya qilingan tezlikni rostlash usuli xam ishlatiladi.
SHunday qilib, zamonaviy ishlab chiqarish mashinalari va mexanizmlari ijro organlarining harakatini boshqarish, ko‘pchilik xollarda elektr dvigatelga uning boshqarish sistemasi yordamida maqsadga yo‘naltirilgan taosir orqali erishiladi, bu esa dvigatel va ijro organining tezligini rostlash imkoniyatini beradi.
Tezlikni rostlash quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar bilan baxolanadi:
1. Rostlash diapazoni D - dvigatel validagi yuklamani berilgan chegarasida maksimal max va minimal min tezliklarni nisbati bilan aniqlanadi:
D = max / min

Turli ishchi mexanizmlar xar xil rostlash diapazonini talab qiladi.


Masalan, prokat stanlari D=(2050):1 diapazon bilan xarakterlanadi, dastgoxlar D=(34):1 dan D=(50100):1 gacha, to‘qimachilik mashinalari uchun D=20:1 ga tengdir.
2. Rostlash ravonligi bir sunHiy xarakteristikadan ikkinchisiga o‘tishdagi tezlikning o‘zgarishi bilan aniqlanadi. U rostlashdagi ikki yonma-yon burchak tezliklari qiymatlarining nisbati bilan topiladigan rostlashning ravonlik koeffitsienti bilan aniqlanadi


k = i / i-1,

bunda i va i-1 -rostlashning i va (i-1) bosqichlaridagi mos burchak tezliklari.



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling