Tezlikni rostlash
Dvigatelning ruxsat etilgan yuklamasi
Download 1.23 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tezlanishni rostlash.
- Dvigatel toki va momentini chegaralash.
- Tok va momentni rostlash.
Dvigatelning ruxsat etilgan yuklamasi shunday yuklama momentiga mos keladiki, bunda dvigatelni qizish xarorati ruxsat etilgan (joiz) qiymatdan ortmaydi. Tabiiy xarakteristikada ishlanganda, ushbu yuklama nominal momentga teng. Bunda dvigateldan nominal tok o‘tib, uning isishi normativda bo‘ladi.
SunHiy xarakteristikalarda ishlanganda esa, dvigatelning qizishi asosan undan o‘tayotgan tok orqali aniqlanganligi uchun, ruxsat etilgan yuklama shunday bo‘ladiki, unda dvigatel toki nominalga teng va shuning uchun uning isishi xam normativda bo‘ladi. Dvigatelni qizishi, shuningdek uni sovitish ish sharoitlariga xam bog‘liq bo‘lganligi uchun, ruxsat etilgan yuklamani baxolashda bu faktorni xam xisobga olish kerak. Moment, tok va o‘rin joyini rostlashElektr yuritmaning asosiy koordinati - uning tezligini rostlash bilan bir qatorda ko‘p xollarda dvigatel toki va momentini rostlash xam zarur bo‘ladi. Bunday zaruriyat ijro organi harakatining tezlashishi yoki sekinlashishini rostlash, dvigatel tok va momentni chegaralash va qayta ishlanayotgan materialning cho‘zilishini rostlash va boshqa xollarda vujudga keladi. Tezlanishni rostlash. Ko‘plab ishchi mexanizmlarini, masalan liftlar, yuk ko‘tarish kranlari, eskalatorlar, konveyerlar va shu kabilarni ishga tushirish va to‘xtatish vazifalarini bajarishda tezlanishni va sekinlanishni kerakli talab darajasida ushlab turish lozim bo‘ladi.(2.14)dagi ifodaga mos ravishda, bu EYU tomonidan ijro organiga quyiladigan momentni (yoki kuchni) o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Dvigatel momentini o‘zgartirish o‘z navbatida dvigatel tokini rostlash yordamida bajariladi. Dvigatel toki va momentini chegaralash. Ko‘pchilik dvigatellar o‘zlarining normal ishlash shart-sharoitlari bo‘yicha tok va momentni chegaralashni talab qiladi. O‘zgarmas tok dvigatellarini ishga tushirish paytida, ularning kollektor-cho‘tka uzelini normal ishlashini tapminlash, tokni qiymati nominal ko‘rsatkichdan 2-3 barobar ortiq bo‘lgan qiymatlarida chegaralanganda amalga oshiriladi. Tokni chegaralash, yuqori quvvatli o‘zgarmas va o‘zgaruvchi tok dvigatellarini ishga tushirish paytida xam zarur bo‘ladi, chunki bunday katta qiymatli ishga tushirish toklari manbadagi kuchlanishini yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada kamayishiga sabab bo‘ladi. EYU momentini chegaralash esa, ishchi mashinalarni yoki mexanizmlarni ijro organlari harakati to‘satdan to‘xtab qolganda (masalan, er kavlanganda, quduq parmalanganda, mexanik uzatma qisib qolinganda va x.k )- uskunaning sinishini oldini olish uchun kerak bo‘ladi. Momentni chegaralash shuningdek, o‘tish jarayonlarida kinematik zanjir elementlaridagi dinamik yuklamalarni kamaytirish uchun xam kerakdir. Tok va momentni rostlash. Bapzi bir texnologik jarayonlarda (metall prokati, sim va kabellarni tayyorlash, qog‘oz va to‘qimachilik ishlab chiqarish) ishchi mashinalarining ijro organlari qayta ishlanayotgan material yoki maxsulotda maplum bir darajadagi cho‘zilishni tashkil qilishni talab qiladi. Bu mashinalarning ijro organlari xosil qilayotgan cho‘zilish EYU tomonidan unga quyilayotgan moment yoki kuchlanishga proporsional bo‘lganligi uchun, dvigatel toki va momentini rostlash orqali cho‘zilishni rostlash amalga oshiriladi. Tok va momentni rostlash, tezlikni rostlash singari, barcha xollar da sunHiy xarakteristikalarni olish va shakllantirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Tok va momentni rostlashning asosiy ko‘rsatkichi bu aniqlikdir. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling