Tezlikni rostlash
Umumiy kuchaytirgichli sxema
Download 1.23 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koordinatalari bo‘ysundirilgan Holda rostlanadigan sxema
- Nazorat uchun savollar
- 3. Adabietlar
Umumiy kuchaytirgichli sxema (3.3-rasm). Sxemada qabul qilingan elementlarning belgilanishlari 1.1- rasmda keltirilgan EYU ning umumiy sxemasiga mos keladi, faqat taHlilda qulay bo‘lishi uchun, elektrodvigatel ikki qismdan iborat qilib ko‘rsatilgan: elektrik (DEK) va mexanik (DMK) qismlar. Sxemada EYU ning ikki koordinatasi - tezlik va tokni (momentni) rostlash taominlanadi. Bu sxemada, tok bo‘yicha Ut.atok va tezlik bo‘yicha Ut.a.t. teskari aloqa signallari boshqarish qurilmasining BQ kirishiga tezlikni topshiriq signali Ut.t. bilan birgalikda beriladi va ular u erda o‘zlarining ishoralariga mos ravishda algebraik qo‘shiladi. Sxema, o‘zining amalga oshirish soddaligi bilan farqlanadi, ammo u EYU koordinatalarini bir-biriga bog‘liqmas rostlash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Ushbu sxemada, nochiziqli teskari aloqadan foydalanish Hisobiga koordinatalarni o‘zgartishning maolum bir diapazonida, ularni bog‘liqmas rostlash amalga oshiriladi.
Koordinatalari bo‘ysundirilgan Holda rostlanadigan sxema (3.4-rasm). Sxemada Har bir koordinatani rostlash o‘zlarining regulyatorlari (rostlagichlari) - tok TokR va tezlik TezR regulyatorlari orqali amalga oshiriladi. Regulyatorlar, mos ravishdagi teskari aloqalari bilan birgalikda yopiq konturlarni tashkil etadi. Ular shunday joylashtiriladiki, kiruvchi, tok konturi uchun topshiriq signali Ut.tok unga nisbatan tashqi bo‘lgan tezlik konturining chiqish signali bo‘ladi. SHunday qilib, ichki - tok konturi tashqi - tezlik konturiga bo‘ysundirilgan holda bo‘ladi. Tezlik konturi, ko‘rib chiqilayotgan misolda EYU ning asosiy rostlanadigan koordinatasidir. 3.4-rasm. Koordinatalari bo‘ysundirilgan Holda rostlanadigan EYU sxemasi 3.4-rasmdagi sxemaning asosiy afzalligi unda Har bir koordinatani rostlashning maqbul (optimal) sozlash imkoniyatini borligidir, shuning uchun ushbu turdagi EYUlar hozirgi paytda keng qo‘llanilmokda. Nazorat uchun savollar 1) EYU tezligini rostlash deb nimaga aytiladi? 2) Tezlikni rostlashning mexanik va elektr usullari qanday farqlanadi? 3) Tezlikni rostlashning asosiy ko‘rsatkichlarini ayting va taoriflang 4) Moment va tokni, tezlanishni rostlash (chegaralash) qaysi turdagi EYUlarda foydalaniladi? 5) AEYU deb nimaga aytiladi? 6) Ochiq va berk boshqarish tizimlari qanday aniqlanadi? 3. Adabietlar [1. III-bob. 3-1, 75-77 betlar, VIII-bob, 8-1, 249-250 betlar] [2. 2-bo‘lim. 2.1,2.2,2.3,2.4,2.5,2.6. 41-59 betlar] Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling