Maksimal tokli himoya
Download 135.82 Kb.
|
Maksimal tokli himoya
4.2 Maksimal tokli himoyaMTH bir tomonlama ta’minlangan elektr ta’minot tizimida asosiy himoya turi Hisoblanadi. Ikki tomonlama ta’minlanadigan hamda murakkab sxemali tizimlarda MTH yordamchi himoya sifatida ishlatiladi. MTH ning tanlovchanligi sabr vaqti yordamida amalga oshiriladi. Bir tomonlama ta’minlanadigan tarmoqlardagi har bir liniyaning boshida manba tarafdan boshlab MTH o‘rnatiladi. Buning natijasida liniyalar aloxida himoyaga ega bo‘ladi. K1 nuqtada qisqa tutshuv sodir bo‘lsa (4.7.-rasm), qisqa tutshuv toki tarmoqning barcha qismlaridan o‘tadi, natijada hamma o‘rnatilgan himoyalar ishga tushadi. Lekin tanlovchanlik shartiga asosan faqat shikastlangan liniya o‘chirilishi kerak. Buning uchun MTH sabr vaqti bilan bajariladi va bu vaqt iste’molchidan manbaga sari ortib boradi.
4.7-rasm МТХni pag`onali tamoili. Shu tamoil amalga oshsa K1 nuqtada qisqa tutshuv sodir bo‘lganda 1 – himoya ishga tushib, shikastlangan liniyani o‘chiradi, 2, 3, 4 – himoyalar ishga tushib ulgurmasdan ular avvalgi hollariga qaytadi. Xuddi Shundek, K2 nuqtada qisqa tutshuv bo‘lsa 2 – himoya tezroq ishga tushadi, 3 – himoya esa ko‘proq sabr vaqtli bo‘lgani sababli ishlamaydi. Sabr vaqtini bunday tanlash pog‘onalik tamoili deb ataladi. t – sabr vaqtining pog‘onasi deyiladi. 4.8-rasm. Sabr vaqt relisi. t=0,50,6 sek oraliq olinadi. Sabr vaqti tokka bog‘liq, bog‘lik bo‘lmagan yoki qisman bog‘liq bo‘lishi mumkin. (4.2.-rasm) Download 135.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling