Maksimal tokli himoya


Maksimal tokli himoya sxemalari


Download 135.82 Kb.
bet2/6
Sana20.06.2023
Hajmi135.82 Kb.
#1630907
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maksimal tokli himoya

Maksimal tokli himoya sxemalari.


Himoyaning tamoilial sxemalari birlashgan yoki tarqoq holda ko‘rsatilishi mumkin. Birlashgan sxemalarda relening chulg‘amlari va kontaktlari bir-birlariga tegishli ekanligi yaqqol ko‘rinib turadi. Sxemalar murakkablashgan sari tok va kuchlanish zanjirlari, hamda operativ zanjirlar aloxida chizilishi lozim. Operativ zanjirlarning manbaiga qarab MTH ikki guruhga bo‘linadi:

  1. O‘zgarmas tokli

  2. O‘zgaruvchan tokli

O‘zgarmas tokli uch fazali sxemalar.O‘zgarmas tokli uch fazali sxema himoyaning tok zanjirida uchta fazaga o‘rnatilgan TA1, TA2, TA3 tok transformatorlari va uchta KA1, KA2, KA3 tok relelarini to‘liq Yulduz usulida yig‘ib amalga oshiriladi. Texnika xavfsizligi talablariga mos ravishda tok transformatorlarining ikkilamchi chulg‘amlari zaminlanadi. 4.9.-rasmda MTH ning uch fazali sxemasi aloxida zanjirlarda keltirilgan.
Himoya qilinayotgan liniyadagi qisqa tutshuv turiga qarab bir yoki bir necha tok relesi (KA) ishga tushadi, natijada vaqt relesi KT ning cho‘lg‘amidan tok o‘tadi. Ma’lum bir fursatda keyin rele KT ning kontaktlari qo‘shilib oraliq relesi KL ni ishga tushiradi. Oraliq relesi KL vaqt relesi KT kontaktlarini quvvatini oshirish uchun xizmat qiladi. KL ning kontaktlari ko‘rsatish relesi KN va uzgichning blok – kontaktlari Q orqali o‘chiruvchi solenoidning zanjirini tutashtiradi, bu esa Q uzgichni o‘chishiga olib keladi, keyin blok kontakt Q himoya zanjirini uzadi.




    1. b)

4.9.-rasm. Uch fazali uchta releli MTH: a) tok zanjiri; b) operativ zanjir.
MTH ni ishlash toki, sabr vaqti va sezgirlik kojeffitsienti himoyaning aniqlanishi talab etiladigan parametrlari hisoblanadi. Uzgichni o‘chirishga olib keladigan fazadagi birlamchi minimal tok himoyaning ishlash toki deyiladi (IXISH). Shu vaqtda relening chulg‘amidan o‘tayotgan ikkilamchi tok relening ishlash toki hisoblanadi (IRI). himoyani dastlabki holatiga qaytaruvchi maksimal tok qaytish toki deyiladi. Qaytish tokining ishlash tokiga nisbati relening qaytish koeffitsiyenti deb ataladi (Kk).



      1. Download 135.82 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling