2-sinf I. Dars mavzusi
Download 0.5 Mb.
|
2 sinf texnologiya 34 Applikatsiya usulida hajmdor guldasta tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. O’quv jarayoni mazmuni
- V. Kutilayotgan natijalar
- VI. Kelgusi rejalar.
@dars_ishlanma_yangi 2-SINF I. Dars mavzusi: Guldasta rasmini ishlash. II. Maqsad va vazifalar: a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarni qalam va mo’yqalam bilan ishlash malakalarini mustahkamlash; b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni tabiatni sevishga o’rgatish, estetik didni, mehnatsevarlikni singdirish; c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni chizish, bo’yash ko’nikmalarini shakllantirish. III. O’quv jarayoni mazmuni: O’quvchilarda gul va guldasta tushunchalarini qanchalik shakllanganini aniqlash. Guldastani qayerlarda ishlatilish tushunchalarini takomillashtirish. Rasm orqali rang tanlash malakalarini boyitish. IV. O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: Uslubi: Suhbat, ijodiy ish. Shakli: mustahkamlovchi. Darsning jihozlanishi: Mavzuga oida rasmlar, xona gullaridan namunalar. Tasviriy faoliyat turi: Naturadan rasm ishlash. V. Kutilayotgan natijalar: Yangi mavzuni : Moychechak rasmini chizish, Gullarni go’zallik ramzi ekanligini kitobdagi va rassomlar asridagi guldasta aks etgan rasm yuzasidan savol-javob o’tkazish. - Guldasta nima? - Guldastada qanday gullar ishtirok etgan? - gullar bizga nima uchun kerak? - Qaysi gulni hidini yoqtirasiz? So’ngra o’quvchilarga gul bargi va moychechak rasmini chizish bosqichma -bosqich tanishtirish. VI. Kelgusi rejalar. (tahlil o’zgarishlar): Amaliy mashg’ulot. O’quvchilarga hayolan moychechakdan tuzilgan guldasta rasmini chizishni topshirish, rag’batlantirish, ommaga namoyish qilish. O’zlashtira olmayotgan o’quvchi faoliyatiga ko’maklashish. Darslikda berilgan savollardan foydalanib, mavzuni mustahkamlash. Ranglariga urg’u berish. - Moychechak qayerlarda o’sadi? - Uning gulini rangi qanday? - Gullar haqida she’r ayting? O’quvchilarni ishlarini baholab darsga yakun yasash. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling