2. Sinonimlar ichida asl turkiy so`zni toping
Download 27.94 Kb.
|
Ona tili sinov psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- G`arb falsafasidagi Shopengauer,Freyd va N.Kubroning go`yalari birbiriga hamohang edi.
Ona tili 1.Qaysi gapda jami beshta so`z birikmasi uchraydi? A) Havo ochiq, quyoshning iliq nuri tushib, qirov bosgan mrzalardan yengil bug` ko`tariladi. B) Navoiy ko`hna Sharqning ulug` mutafakkiri sifatida o`z asarlari bilan o`sha davr ijtimoiy masalalarini ham ko`tarib chiqdi. C) Elning bir so`zi bor: o`zingga ehtiyot bo`l, qo`shningni o`g`ri tutma. D) Yuragida qanday dard bor-mana bu menga sir 2.Sinonimlar ichida asl turkiy so`zni toping. A. Ko`k B. osmon C. samo D. falak 3.Quyida keltirilgan gapdagi ot turkumiga oid so’zlar miqdorini aniqlang. Mehnat bilan topilgan boylik qadrini tushunib yetgan o’g'il pulni o'ylab ishlatadigan, xayrliyo’llarga sarflaydigan bo’ldi. A) 8 B) 6 C) 7 D) 5 4.Qaysi javobda vazifadoshlik usulida ma'nosi ko’chgan so’z qatnashgan gap berilgan? A) Kechalari chiroqlar shahrimiz ko'chalarini yop- yorug’ qiladi. B) To'rt egat palak ekdim. C) lshoning, dada, Karomatni boshimda ko'taraman. D) Shu qora ko'zlarning kelajagini o'ylayapman. 5.Hamma narsa uylar devorlar daraxtlar qorong'ilikka jimgina cho'kdi. Ushbu gapda qanday tinish belgilari qo'llanadi? A) ikki nuqta, vergul, vergul B) ikki nuqta, vergul, tire C) tire, vergul, tire D) vergul, vergul, tire 6.Jozibador qo'shiqlar el-elatlarni, birlashtiradi, ularni tinch-totuv va osoyishta yashashga, Vatanni har jihatdanyuksaltirishga, uni ko'z qorachig'iday asrashga va himoyaqilishga da’vat etadi. Berilgan gapda hokim qismi tub fe'l bilan ifodalangan nechta so'z birikmasi mavjud? A) 4 B) 5 C) 7 D) 6 7.Qaysi javoba paronimi mavjud bo`lgan ot berilgan? A)Sof B)Surat C)Husn D)Kabutar 8.Yasama sifat ishtirok etmagan gapni toping. A)Kelajakning oltin kaliti turli sohalarda o`zini ko`rsata oladigan yoshlar qo`lida B)O`zbekistonning kelajagi yorug` va porloqligi shubhasiz C)Ilm kaliti yordamida yo`llarida uchraydigan muammolarni yechib ketaveradilar D)Ko`z ochgani qo`ymaydi alam… 9.Qaysi javobda paronim bilan bog`liq xatolik mavjud emas? A)Sen-shohlari osmonlarga,Tegib tirgan nigorim B)O`zbekni qon qaqshatganni o`zbek siylar, Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar C)Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi yod yaxshi D)Xalq ganchin yulmoqqa cho`zilgan qo`lga, Biz alvon guldasta tutibmiz faqat 10.Tinchlik so`zining yetakchi morfemasidagi undoshlar qaysi xususiyatlariga ko`ra o`zaro bir xil tasnif qilinadi? 1-hosil bo`lish o`rni 2-hosil bo`lish usuli 3-sonor yoki shovqinliligiga 4-jarangli yoki jarangsizligiga A)1,3 B)3,4 C)2,4 D)1,2 11. Yangi yil, Kelaver qanday kelsang ham, Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi. Sen yangi yo'ldoshsan, sen yangi hamdam, Yo'qlab kelganingni o'zi bir bayram. Berilgan she'riy parchada olmoshning necha ma'no turi ishtirok etgan? A) 6 B) 3 C) 4 D) 2 12. Nuqtalar o'rniga faqat tushum kelishigi qo'llaniladigan gapni belgilang. A) Ko'p til… bilmoqlik… foydasi katta, u inson…katta boyligi hisoblanadi. B) Mamlakat… kichik bir qismi bo'lgan oila… tinchligi… asraylik. C) Qirq yil umri… sarf qilib, yulduzlar siri…, koinot siri… o'rgandi-yu, zamin siriga, insonlar hayotiga kelganda g'aflatda qoldi. D) Yo'lchi arava… nimasi shikastlangani… payqamay hayron bo'lib turar ekan, arava… tagidan dehqon… ayanchli tovushi eshitildi 13. Tarkibidagi barcha olmoshlar fonetik o'zgarishga uchragan gapni aniqlang. A) Birinchi qaldirg'och parvozini ko'rgan kishi qanday sevinsa, Avaz ham bundan shunday quvonadi. B) Birovning do'stlar-u xorijlari bor, Mening hech kimim yo'q - o'zingdan boshqa. C) Shunday bo'lmog'iga asos bor edi, chunki ikkalasi bir ko'chada o'sibulg'aygan edilar, bunisining asrori unisiga besh qo'lday ayon edi. D) Anovi kungi yosh mehmonni senga maqtasam, achchig'lan ding, ammo kelib-kelib bu kun seni o'shanga berdilar. 14. Qaysi gapda ham asliy, ham nisbiy sifatlar ishtirok etgan? A) Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish uchun xalq mafkuraviy jihatdan qurollangan bo'lmog'i kerak. B) Xonaga do'ppili kishi kirib, oilaviy masala bo'yicha ishi borligini aytdi. C) O'ymakor gullari bilinmaydigan darajada o'chgan, qo'sh tabaqali eski eshikka kiramiz. D) Baqqol amaki o'zi pakana-yu, lekin yuzi katta, peshonasi keng, iyagi kalta odam. 15. Sharafmikin shu sharafsiz umrni yashash? Ushbu parchada fe’l bo`lmagan so`zlar qanday sintaktik vazifada kelgan? A) ega, aniqlovchi B) aniqlovchi, to‘ldiruvchi C) aniqlovchi, ega, aniqlovchi D) aniqlovchi, to`ldiruvchi, kesim 16. Urg‘u keng unliga tushgan so‘zlar qatorini belgilang. 1 ) terma (ot); 2) bostirma (ot); 3) gapirma (fe’l); 4) isitma (fe’l); 5) qovurma (sifat); 6) qaynatma (fe’l) A) 1 , 2, 3, 5 B) 1 , 2, 5, 6 C) 3, 4, 6 D) 1 , 2, 3, 4 17. Aralash murakkab qo‘shma gap berilmagan javobni aniqlang. 1 ) Agar traktor berilsa, yerlar traktor bilan haydalsa, menhat unumli bo‘ladi va hosil mo‘l bo‘ladi. 2) Bilim shundayki, u yalang‘och bo‘lganingda ham o‘zing bilan qoladi, uni suv bilan ham yo‘qota olmaysan. 3) Reja bajarilsa, dasturxon mo‘l bo‘lsa, yor-u do‘st, birodarlar qalin bo‘lsa, tantanalar qishgacha davom etaveradi. 4) Shuni ta’kidlash lozimki, miyada jismoniy harakat yuzaga keladi, mushakchalar bilan boyitib boradi. 5) O‘ziga aytgisi keladi-yu, singlisi iymanadi, xafa qilib qo‘ysa-chi. A) 3 B) 2, 3, 4 C) 3, 5 D) 2,3,4,5 18. To`ldiruvchi+aniqlovchi+ega+hol+kesim tuzilishidagi gapni aniqlang. A) Zebiga do‘stlik haqidagi suhbatlar ko‘proq yoqadi. B) Tadbirda maktab haqida, ustozlar haqida iliq fikrlar aytildi. C) O‘rtog‘im bilan do‘stlik haqida she’r yodladim. D) O‘rtog‘imdan futbol haqida barchamizga ma’lumot berishini so‘radim 19. G`arb falsafasidagi Shopengauer,Freyd va N.Kubroning go`yalari birbiriga hamohang edi. Ushbu gapda moslashuvli tobe bog‘lanishlar miqdori nechta? A) 2 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta 20. Shu payt orqada bir nima gursillab, uzoqdan mudhish faryod eshitildi.. Ushbu gapdagi olmoshlarning vazifasini toping. A) hol, ega B) hol C) aniqlovchi, ega D) ega 21. Rustamxon ajdarni birinchi bor ko`rganda u qayerga kelayotgan edi? A) Hukumu tog`iga B) Charxinko`lga
22. “Adib qahramonlar taqdiriga behuda aralashish, ularni “to`g`ri yo`lga solib yuborish”dan o`zini tiyadi. Ortiqcha hayajon, chuchmal emotsionallik uning uslubiga mutlaqo yot…" Ushbu fikrlar qaysi adib haqida? A) A.Muxtor B) A.Qahhor C) Ch.Aytmatov D) J.London 23.Oybekning - Navoiy romanida qaysi qahramon josusligi hamda yashirin hujjatlar bilan qo‘lga tushgani tufayli jazo sifatida dorga tortiladi? A) qozi Shahobiddin B) Majdiddin C) mavlono Zamoniy D) Amir Mo’g’ul 24.Quyidagi berilganlardan Asqat Muxtorning qissalarini aniqlang. 1) “Po‘lat quyuvchi” 2) “Daryolar tutashgan joyda” 3) “Samandar” 4) “Buxoroning jin ko‘chalari” 5) “Davr mening taqdirimda” A) 2,3,5 B) 1,4,5 C) 1,3,4 D) 2,4 25.”Sohibqiron“ dramasida kimning otasi Amir Temurga sarboz bo‘lib Dehli jangida shahid ketgan edi? A) yasovul Qosimbek B) Barlos Bahodir C) Alovuddin D) Buqalamun 26. “Boburnoma”da Ko`hak suvining shu nomni olishiga qanday izoh berilgan? A) Ko`hak mahallasidan o`tgani uchun B) Suvi tog`lardan boshlangani uchun (ko`h – tog`) C) Ko`hak tepaligi pastidan o`tgani uchun D) mo`g`ullar davridan qolgan nom deyilgan 27. Qalandarona Mashrabdan g`azallar o`qiydigan timsol qaysi asarda uchraydi? A) “Kecha va kunduz” B) “O`tkan kunlar” C) “Qutlug` qon” D) “Mehrobdan chayon” 28. Hamza hayoti haqidagi to‘g‘ri javoblarni belgilang: 1. “Hurriyat” gazetasida “Rusiyada yangi bir balo bosh ko‘tardi: Bolshevik balosi!” deya ochiq e’lon qilgan. 2. “G‘ayrat” kutubxonasini ochgan. 3. Istanbulda “dorulmuallim”da o‘qigan. 4. Qo‘qon va Marg‘ilonda maktablar tashkil qilgan. 5. Shahrisabz va Karkida yangi usuldagi maktablarni ochgan. 6. Ko‘plab milliy va Ovro‘po musiqa asboblarini mahorat bilan chala olgan. A) 1, 2, 4, 5 B) 3, 4, 5 C) 2, 4, 6 D) 2, 4, 5 29. Quyidagi janrlarning qaysi biri “raqs qo`shig`i”maʻnosini anglatadi? A) ramz B) obraz C) komediya D) ballada 30. Oʻzbek adabiyotida birinchi boʻlib chet eldagi oʻzbeklar hayotini aks ettirgan muallif va asar nomini toping? A) A. Avloniy “Portugaliya inqilobi” B) Shuhrat “Jannat qidirganlar” C) Ch. Aytmatov “Jamila” D) Shuhrat “Shinelli yillar daftari “ Download 27.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling