2. siyosiy-huquqiy sohadagi islohotlar xalqaro reytinglar va indekslar


Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yilda


Download 18.66 Kb.
bet2/2
Sana04.05.2023
Hajmi18.66 Kb.
#1426037
1   2
Bog'liq
Siyosiy-huquqiy sohadagi (10 ta) ustuvor halqaro reytinglar va ularga O’zbekistonning integratsiyalashuvi.

Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yilda  bo‘lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27 sentyabrda qilgan ma’ruzasi O‘zbekistonni  jahonga qo‘hna va yosh navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O‘zbekiston Respublikasi  nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMT  ning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni  kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa macalalap bo‘yicha bir qator takliflarni  o‘rtaga qo‘ydi. 
1993 yil fevralda Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. O‘zbekiston Respublikasi va BMT raxbarlarining sa’y-harakatlari natijasida BMT ning Toshkentdagi vakolatxonasi mamlakatimizda BMT ning Taraqqiyot dasturi, qochoqlar ishi bo‘yicha oliy ko‘mita komissari, Aholi joylashish jamg‘armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqiyoti dasturi, singari ixtisoslashgan muassasalarni o‘z tarkibiGA birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
1994 yil oktyabrning boshlarida BMT vakolatxonasining yordami va ishtirokida Toshkentda bo‘lgan jahon sayyohlik tashkilotining "Ipak yo‘li" xalqaro yig‘ilishi jahon sayyohlik va tijorat ishlarida O‘zbekistonning mavqeini yanada ko‘tardi. O‘zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995 yil 15-16 seentyabr kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan Toshkent kengash- seminari bo‘lib o‘tdi. Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligining, mojarolarning oldini olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtarishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan o‘z fikrlarini, takliflarini aytdilar. Kengash yakunlari yuzasidan qabul qilingan Bayonot jahon xalqlarini, xususan Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni mustaxkamlashga, iqtisodiy va ekologik hamkorlik tizimlarni barpo etishga chaqiradi. O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan yana biri Markaziy Osiyo mintaqasini yadro kurolidan xoli zonaga aylantirish masalasida o‘z ifodasini topdi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasi minbaridan turib so‘zlagan nutqida Markaziy Osiyoni Yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish g‘oyasini ilgari surgan edi. O‘zbekistonning bu tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 1997 yil 15-16 sentyabr kunlari Toshkentda "Markaziy Osiyo -yadro qurolidan xoli zona" mavzuida xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Uning ishida 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi. Ushbu masala yuzasidan Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklarining Bayonoti imzolandi. Markaziy Osiyo mintaqasining yadro qurolidan xoli zonaga aylanishi mazkur mintaqa xavfsizligini mustahkamlaydi. O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvida BMT doirasidagi ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyatga ega.
1994 yil dekabrda respublikamizda YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo‘lib, tarkibiga ta’lim, fan, madaniyat va axborot soxasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a’zo bo‘ldi. YuNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o‘rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. "Ipak yo‘li - muloqot yo‘li" deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. YuNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyoni tadqiq qilish xalqaro instituti tashkil etildi. YuNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida institut tantanali pavishda ochildi. O‘zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar -Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMT ning bolalar fondi, xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro Olimpiada qo‘mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoki va boshqa tashkilotlarning a’zosi, ular bilan hamkorlikqilmoqda.O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar - Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko‘maklashmoqda. Xalqaro savdo markazi (YuNKTAD), ta’riflar va savdo Bosh bitimi (GATT) bilanhamkorlikqilinmoqda. EXHT ning 1996 yil dekabrda Lissabonda bo‘lgan Sammitida XXI asr arafasida yalpi xavturgafsizlik modelini yaratish xususida munozara bo‘ldi. O‘zbekistonning mojarolar yuz berib n hududlarga yashirincha qurol-yarog‘ etkazib berishni to‘xtatish, EXHT ning Markaziy Osiyo faoliyatini kuchaytirishga oid takliflari ma’qullandi va Lissabon deklaratsiyasida hujjatlashtirildi.1999 yil noyabr oyida bo‘lgan EXHTning Stanbul sammiti Islom Karimovnin terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish haqidagi taklifi ham ma’qullandi. O‘zbekiston ko‘pgiina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, Evropa ittifoqi, NATO, EKO, Islom konferentsiyasi tashkiloti, qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda. 
Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Karimov I.A. O’zbekiston kelajagi buyuk davlat. Toshkent. “O’zbekiston”. 1992.

  2. Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. Toshkent. “O’zbekiston”. 1998.

  3. Karimov I.A. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ruzasi.

  4. Jo’raev N., Fayzullaev T., Usmonov Q. O’zbekiston tarixi. Milliy mustaqillikdavri. Toshkent “SHarq”. 1998.

Download 18.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling