Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarning o‘rni
Download 19.66 Kb.
|
Ibroximova Madina
Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarning o‘rni Ibraximova Madina, Yusupova Mavluda Xorazm viloyati Yangiariq tumani 24-umumiy o’rta ta’lim maktabi Matematika fani o‘qituvchilari Maktab ta’limini rivojlantirish orqali o‘quvchilarning har tamonlama chuqur bilim olishi, fanlardan nazariy bilimlarni egallashi hamda umumta’lim tizimi fanlarni chuqur o‘zlashtirishi uchun imkoniyat yaratish va sa’y harakat ko‘rsatish muhim hisoblanadi.Ayniqsa ,o‘quvchilar bilmini oshirish ,ular nazariy ma’lumotlarni egallashi hamda umumta’lim tizimi fanlarini chuqur o‘zlashtirishi uchun o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish va turli metodlar asosida olib borish zamonaviy darsning ko‘rinishi sifatida baholanmoqda va ijobiy samarasini bermoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ‘‘Maktab- bu hayot mamot masalasi ,kelajak masalasi…’’deb takidlab,maktab ta’limini rivojlantirish borasida qator takliflarni bergan. Yoshlarning bilim va iqtidorini chuqurlashtirish ,ularning kelgusida malakali qadrlar bo‘lib,O‘zbekistonni yanada rivojlantirishdagi ishtirokini ta’minlash maqsadida ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlar joriy qilinmoqda.Hozirgi darslarda innovatsion texnologiyalardan foydalanish o‘qituvchilarga asosiy vazifa qilib qo’yildi .Innovatsiya – lotincha so‘z bo‘lib , ‘‘yangilik kiritaman ,o‘zgartiraman’’ degan ma’nolarni bildiradi.Innovatsion texnologiyalardan darsda foydalaninshning o‘ziga hosligi shundaki,ular ituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshadi.Innovatsion texnologiyalarga pedogogik texnologiya va axborot texnologiyalarni misol qilamiz.Pedagogik texnologiyalarni qo‘llaganda ,bolalarning yoshini va ularning qiziqishlarini e;tiborga olish kerak.O‘quvchilarga oddiy ,oson va kam vaqt sarf qilinadigan o‘yin mashqlaridan foydalanib o‘tish yaxshi samara beradi.Pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars o‘tish o‘quvchilarni erkin fikrlash qobilyatini o‘stirishga yordam beradi.Ma’lumki, har bir dars mavzusini o‘rganishda o‘ziga xos texnologiya ,usul va vositalarni tanlashga to‘g‘ri keladi.Darsni turli xil axborot texnologiyalardan foydalanib,shu jumladan multimediya vasitalari, slaydlardan foydalanib o‘tish yaxshi samara beradi.Darsda slaydlardan foydalanishning fodali va qulay tomonlari mavjud.O‘quvchilar o‘rganishi kerak bo‘lgan narsani ko‘zlari bilan ko‘radilar.Bu esa eslarida tez qolishiga yordam beradi.Hozirgi kunda yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun o‘quvchilarni qiziqtiruvchi ,ularning e’tiborini torta oluvchi texnologiyalardan foydalanish lozim.Ta’limga e’tibor –kelajakka e’tibor.Yoshlarimizning buguni va kelajagiga ko‘proq e’tibor qaratishimiz lozim.O‘qituvchi faqat darslik bilan cheklanib qolmasdan balki,boshqa qo’llanma va internet ma’lumotlari va multimediya orqali suratlar va shunga o‘xshash mavzuga oid qo‘shimcha malumotlarni berib o‘tsa ,bu o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi ,balki o‘quvchini mustaqil o‘qish talab darajasini shakllantirishga ,mavzuni imkon darajasida to‘la o‘zlashtirishga yordam beradi.Innovatsion ta‘lim texnologiyalarini qo‘llashda muhim talablardan biri ortiqcha ruxiy va jismoniy kuch sarf etmay ,qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.Innovatsion pedogogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim oluvchining o‘quv jarayonida mustaqil ishlash ,o‘z –o‘zini tarbiyalash ,o‘z faolligini oshirish ,o‘zi mustaqil qaror qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi.Ta’lim tizimida interfaol metodlar ham keng tadbiq etilmoqda.Aniq fanlarni o‘itishda Blis-so‘rov,Bumerang,Ven diagrammasi,kichik guruhlarda ishlash metodlaridan keng foydalanish mumkin.Masalan matematika fanidan kichik guruhlar doirasida misol yoki masalani mustaqil ravishda bajarishni yuklash va qisqa muddat ichida bir o‘quvchi chiqib ,doskada javobni asoslab berishi mumkin .Albatta har bir metod texnik vositalar ,ko‘rgazmali qurollar yordamida olib borilsa ,o‘quvchilarda mavzu bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar shakllanishiga erishiladi.Umuman olganda ,interfaol metodlar ta’lim sifatini oshirish barobarida o‘qituvchidan yuqori pedogogik mahoratni talab etadi. O‘qituvchi fanni o‘qitishda interfaol metodlardan to‘g‘ri foydalanib ,darsni to’g’ri tashkil etsa o‘quvchilarda fanga qiziqish hosil bo‘lishdan tashqari ,ularda ma’naviy- axloqiy jihatlarni qaror topdirishga erishgan bo‘ladi.Barkamol avlod ertangi porloq kelajagimiz,faravon turmushimiz, osuda hayotimiz asosidir.Shu jihatdan ,har bir pedagog barkamol shaxsni kamol toptirishga zamin yaratishi va ,albatta ulkan masulyatli burch sifatida qarashi lozim. Download 19.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling