2 soat amaliy mashg'ulot
Download 144.97 Kb. Pdf ko'rish
|
2.2 ameliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- (2 soat amaliy mashgulot)
- Izohli-korgazmali, namoyish, kitob bilan ishlash, reproduktiv, evristik (oquv kashfiyoti), muammoli vaziyat, tadqiqot, loyihalar
MATEMATIKA FANINI O‘QITISHGA QO‘YILAYOTGAN ZAMONAVIY TALABLAR VA ILG‘OR XALQARO TAJRIBALARI. MATEMATIKA FANINI O‘QITISHDA NOAN’ANAVIY TA’LIM YONDASHUVLARI. (2 soat amaliy mashg'ulot) Reja:
1. Matematikani o' qitishning zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlari 2. Ta’lim metodlarini tanlash bo' yicha tavsiyalar. Tayanch iboralar: Izohli-ko'rgazmali, namoyish, kitob bilan ishlash, reproduktiv, evristik (o'quv kashfiyoti), muammoli vaziyat, tadqiqot, loyihalar metodi, muayyan vaziyatlarni o'rganish (keys-stadi) metodi, maruza, hikoya, og'zaki yo'l-yo'riq berish, tushuntirish, suhbat metodlari, amaliy mashg'ulot, laboratoriya ishi. 1.
Matematikani o'qitishning zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlari Amaliy mashg'ulot bo'yicha nazariy material 1. Matematika fanini o'rganish metodlari; 2. Matematika fanini o'qitishda ilmiy izlanish va tadqiqot metodlari (kuzatish, tajriba, taqqoslash, analogiya, analiz va sintez, umumlashtirish, abstraktsiyalash, konkretlashtirish va klassifikatsiyalash). Xulosa chiqarish metodlari, induksiya, deduksiya va analogiya. Chala induksiya, to'la induksiya va matematik induksiya metodlari. 1. Matematika fanini o'rganish metodlari Metod so'zi grekcha so'z bo'lib, “yo'l ko'rsatish” demakdir. Ta’lim metodi tushunchasi esa xozirgi zamon metodiga va didaktik fanlardagi asosiy tushunchalaridan biridir, ammo bu tushuncha yaqin vaqtlarga qadar turli metodik adabiyotlarda turli mazmunda qo'llanib kelinar edi. Hozirgi zamon didaktikasida, jumladan matematika o'qitish metodikasi fanidan ta’lim metodning muammolari umumiy holda hal qilingan bo'lib, u o'zining quyidagi ikki tomoni bilan xarakterlanadi. A)
o'qitish (o'qituvchining faoliyati); B)
o'rganish (o'qituvchilarning ongi bilan faoliyati); Maktab
matematika kursidagi ta’lim metodlarini quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin. 1. Ilmiy izlanish metodlari (ko'zatish, tajriba taqqoslash, analiz va sintez, umumlashtirish, abstraktsiyalash konkretlashtirish va klassifikatsiyalash). 2. O'qitish metodlari (evristik metod, dasturlashtirilgan ta’lim metodi, muammoli ta’lim metodi, ma’ruza va suhbat metodlari). 3.
Xulosa chiqarish metodlari (induksiya deduksiya va analiz). 2.
Matematika o'qitishda ilmiy izlanish va tadqiqot metodlari. Bizga ma’lumki, matematika fanining o'rganadigan ob’ekti materiyadagi narsalarning fazoviy shakllari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Ana shu shakllar orasidagi miqdoriy munosabatlarni aniqlash jarayonida matematiklar izlanishning ilmiy metodlaridan vosita sifatida foydalanadilar. Matematikadagi izlanish uning ilmiy metodlari bir vaqtning o'zida matematikani o'qitishdagi ilmiy izlanish metodlari vazifasini ham bajaradi. O'qitishdagi ilmiy izlanish metodlari quyidagilardan iborat: 1. Tajriba va kuzatish. 2. Taqqoslash 3. Analiz va sintez 4. Umumlashtirish 5. Abstraktsiyalash 6. Konkretlashtirish. 7. Klassifikatsiyalash. Download 144.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling