2 soat amaliy mashg'ulot
Tajriba va kuzatish metodlari
Download 144.97 Kb. Pdf ko'rish
|
2.2 ameliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumlashtirish
Tajriba va kuzatish metodlari.
Matematika ob’ektdagi narsalarning xossalari va ularning o'zaro munosabatlarini belgilovchi metod kuzatish deyiladi. Matematika o'qitishning va matematika o'qituvchisining vazifasi o'quvchida mustaqil xulosalar chiqarishga intilish tuyg'usini o'yg'otishdir. Misol. V-VI sinf o'quvchilarga ega bo'lgan nechta figurani ko'rsatib, bu figuralar ichidan o'q simmetriyasiga ega bo'lgan geometrik figuralarni ajrating deb buyursak, o'quvchilar barcha figuralarni ko'rib chiqib quyidagicha xulosaga kelish mumkin. Figuralar ichida o'zidagi biror o'qqa nisbatan ikki qismga ajragan figuralar bo'lsa, hamda ularni shu o'q bo'yicha buklaganda qismlari ustma - ust tushsa, bunday figuralar simmetrik figuralar deyiladi. Ammo boshqa figuralardan o'zlarini teng ikkiga bo'luvchi to'g'ri chiziqlar bo'lmasligi mumkin. U holda bunday figuralar nosimmetrik figuralar deyiladi. Biz bu figuralarni simmetrik va nosimmetrikligini kuzatish orqali ajratdik. Matematik ob’ektdagi narsalarning xossalari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlarni sun’iy ravishda bo'laklar (qismlar)ga ajratish yoki ularni birlashtirish tajriba metodi deyiladi. Misol. O'quvchilarga natural sonlarni tub ko'paytuvchilarga ajratishni o'rgatiladi. 1=1 2=2x1 3=3x1.... O'quvchilarda ixtiyoriy natural sonlarni misolda ko'rsatiladigan keyin, tub ko'paytuvchilarga ajratish jarayonida tajriba hosil bo'ladi. Murakkab natural sonlarni ham tub ko'paytuvchilarga ajratishini, ammo ularni ko'paytuvchilari kamida uchta va undan ortiq bo'lishini tajriba orqali tekshirib ko'radilar. 25 = 5x5x1 36=3x3x2x2x1 Taqqoslash metodi. O'rganilayotgan matematik ob’ektdagi narsalarning o'xshash va farqli tomonlarini aniqlovchi metod taqqoslash metodi deyiladi. Taqqoslash metodini matematika darslarida o'rganayotgan mavzu materiallariga tatbiq qilishda quyidagicha prinsiplarga amal qiladilar: 1. Taqqoslanayotgan matematik tushunchalar bir jinsli bo'lishi kerak. 2. Taqqoslash o'rganilayotgan matemati ob’ektdagi narsalarning asosiy xossalariga nisbatan bo'lishi kerak. Misol. Uchburchak figura bilan to'rtburchak figurasi taqqoslanganda ularning o'xshash tomonlari: uchlari, burchaklari, ularning o'zaro farqli tomonlari. A. Uchburchakda uchta uch va uchtadan tomon. B. To'rtburchaklar to'rtta uch va to'rtta tomondan iborat. Bu misolda taqqoslashning ikkita printsipi ham bajarildi, ya’ni uchburchak va to'rtburchak figuralari bir jinsli tushunchalar bo'lib, ikkalasi ham ko'pburchakni xususiy hollaridir, hamda taqqoslash metodi ikkala figuraning asosiy xossalariga nisbatan amalga oshiriladi. Analiz va sintez metodi. Ta’rif. Noma’lumlardan ma’lumlarga tomon izlash metodi analiz deyiladi. Analiz metodi orqali fikrlashda o'quvchi quyidagi savolga javob berishi kerak. Izlanayotgan noma’lumni bilishi uchun nimalarni bilishi kerak. Ta’rif. Ma’lumlardan noma’lumlarga tomon izlash metodi sintez deyiladi. Sintez metodida biz berilganlarga asoslanib nimalarni topa olamiz degan savolga javob beradi. Umumlashtirish metodi. Umumlashtirish tushunchasi ham matematikani o'qitishdagi ilmiy izlanish metodlaridan biri bo'lib, hisoblanadi. Umumlashtirish bu o'rganilayotgan ob’ektlarning umumiy muhim temalarini ularning muhimmas tomonlaridan ajratishdan iborat. Umumlashtirish shunday mantiqiy usulki, uning vositasi orqali birlik fikrlashlardan umumiy fikrlashlarga o'tiladi. Maktab matematika kursida umumlashtirish tushunchasi quyidagicha tatbiq qilinadi. 1. Matematik tushunchalarni umumlashtirish. 2. Teoremalarni isbotlashda umumlashtirish 3. Misol va masalalarni yechishda umumlashtirish. Abstraktsiyalash metodi. O'qitish jarayonidagi ilmiy izlanish metodlaridan biri bu abstraksiyalashdir. Download 144.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling