2 soat Reja : Bilish jarayonlari va kasb tanlash masalalari


Download 54.83 Kb.
bet2/5
Sana07.04.2023
Hajmi54.83 Kb.
#1340452
1   2   3   4   5
Narsa yoki hodisalarning sezgi a ‘zolariga bevosita ta ‘siri jarayonida kishi ongida uning aks etishi idrok deb ataladi.

Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga solinishi hamda narsa va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlarga birlashuvi yuz beradi. Qo’zg’atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilardan farqli o’laroq, idrok narsalarni uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig’indisi tarzida emas, balki hissiy bilishning o’ziga xos xususiyatlari bilan sifat jihatidan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi. Kasb xodimlari faoliyatida idrok kasbiy faoliyat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan hodisa, holat, obektlardan predmetli ravishda kerakli narsalarni ajratib olib, yaxlit holda ongida aks ettirish, oddiy shaxs ko’ra olmaydigan holatlardagi narsalarni tez va oson ilg’ash jarayonidir. Yaxshi rivojlanmagan kasbiy idrok xodimda illyuzion (noto’g’ri) idrok qilish xususiyatini shakllantiradi.


Narsalar yoki hodisalarning sezgi a'zolariga bevosita ta'sir qilish jarayonida kishi ongida aks etishiga sezgilarning tartibga solishi hamda narsalar va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlariga birlashuvi yuz beradi.Idrokning sezgidan farqi, narsalarni umumlashgan holda, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettirilishidir. Idrokning muhim xususiyatlari uning predmetliligi, yaxlitligi, strukturaliligi, doimiyligi (konstantligi) va anglashilganligidir. Idrok narsalarni umuman, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig'indisidan iborat tarzda emas, balki hissiy bilishning o'ziga xos xususiyatlari bilan sifat jihatidan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi. Idrokning ancha muhim xususiyatlari predmetlilik, yaxlitlik, strukturalilik, barqarorlik va anglanilganlikdan iborat.
Idrokning predmetliligi ob'ektivlashtirish hodisasi deb atalmish hodisada, ya'ni tashqi dunyodan olinadigan axborotning o'sha dunyoga mansubligida ifoda etadi. Bu xildagi mansublik bo'lmasa, idrok kishining amaliy faoliyatida o'zining mo'ljal oldirish va yo'naltirishdan iborat vazifasini bajara olmaydi. Idrokning predmetliligi tug'ma xislatga kirmaydi. Predmetlilik idrokning belgisi sifatida hatti-harakatni boshqarishda alohida rol o'ynaydi. Idrokning yana bir xususiyati uning yaxlitligidir. Sezgi a'zolariga ta'sir qiladigan narsaning ayrim xususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farqli o'laroq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblnadi. O'z-o'zidan ravshanki, bu yaxlit obraz narsaning ayrim xususiyatlari va belgilari haqida turli xil sezgilar tarzida olinadigan bilimlarni umumlashtirish negizida tarkib topadi. Idrokning yaxlitligi uning strukturaliligi bilan bog'langandir. Idrok ma'lum darajada bizning bir lahzalik sezgilarimizga javob bermaydi va ularning shunchaki oddiy yig'indisi ham emas. Biz ana shu sezgilardan amalda mavhumlashgan va birmuncha vaqt davomida shakllanadigan umumlashgan strukturani idrok etamiz. Agar kishi birorta kuyni tinglayotgan bo'lsa, oldinroq eshitgan ohangi yangisi eshittira boshlangandan keyin ham uning qulog'iga chalinayotganday tuyulaveradi. Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi manbalari, bir tomondan, aks ettiriladigan ob'ektlarning o'ziga xos xususiyatlarida va, ikkinchi tomondan, insonning aniq faoliyatida gavdalanadi. I.M.Sechenov ta'kidlaganidek, idrokning yaxlitligi va strukturaliligi analizatorlarning reflektor faoliyatining natijasidir.
Idroknnig doimiyligi, konstantligi narsani idrok qilish sharoitlari o`zgarishiga qaramay, narsaga xos bo`lgan kattalik, shaql, rang va boshqa xususiyatlarning idrokimizga nisbatan bir xilda aks etishidir. Masalan, yoritish darajasi o`zgarishiga qaramay, biz qorni oq, ko`mirni qora narsa sifatida idrok qilaveramiz. qizil chiroq ostida kitob sahifasi qizil bo`lib ko`rinsa ham uni oq deb, samolyotdan qaraganda erdagi odamlar va narsalar kichkina bo`lib ko`rinsa ham ularni odatdagiday kattalikda deb idrok qilaveramiz. Kitob qanday ko`rinsa ham uni to`rtburchak deb, stakandagi qoshiq siniq ko`rinsa ham uni butun deb idrok qilamiz. Narsalarning shaqli, katta kichikligi, rangini doimo bir xilda idrok qilish amaliy jihatdan nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Idrokning konstantliligi tevarak atrofdagi narsalarni aslida qanday bo`lsa shundayligicha ob'ektiv ravishda bilishga imkon beradi.
Pertseptiv sistemaning faol ta'sir ko`rsatishi idrok konstantliligining haqiqiy manbaidir. Bir narsaning bir necha ko`rinishda bo`lishi uning invariantliligi deb, ya'ni obraz invariantliligi, xilma xilligi deb aytiladi.
Idrok yaxlitligi va konstantligi kishining o`tmish tajribasiga bog`liq bo`lib, bu xususiyat appertseptsiya deyiladi.
Demak, idrok faqat narsaga emas, idrok etayotgan sub'ektning o`ziga ham bog`liqdir. Idrokda hamisha idrok etuvchi kishi shaxsining xislatlari, uning idrok etilayotgan narsalarga munosabati, kishining ehtiyojlari, qizikishlari, intilishlari, istaqlari va his-tuyg`ulari u yoki bu tarzda aks etadi. (qandaydir shaqllarni «uchburchak», «aylana», «krujka» deb idrok qilish).
Shunday qilib, idrokning yaxlitligi va konstantligi uning teskari aloqa mexanizmi mavjud bo`lgan va idrok etilayotgan ob'ektning xususiyatlariga hamda uning hayot sharoitlariga moslashadigan, o`zini-o`zi tartibga soluvchi o`ziga xos hodisa ekanligi bilan ham izohlanadi.
Idrokning anglangan bo`lishi. Garchand idrok qo`zg`atuvchisining retseptorlarga bevosita ta'siri natijasida hosil bo`lsa ham, pertseptiv obrazlar hamisha muayyan ma'noli ahamiyatga ega bo`ladi. Kishining idroki uning tafakkuri bilan, narsaning mohiyatini tushunib etishi bilan, uning ko`plab xossalarini bilishi bilan ham bog`liqdir. Narsani anglab idrok etish - unga fikran
nom berish, ya'ni idrok etilgan narsani narsalarning muayyan guruhiga, sinfiga kiritish, uni so`z vositasida umumlashtirish demakdir. Shu nuqtai nazaridan olganda goh shaql, goh fon navbatma navbat idrok etish, «Ikki mazmunli» deb ataladigan rasmlar bilan tajribalar o`tkazish diqqatga sazovordir. (Kubiklar nechtaq, vaza yoki bir biriga qarab turgan odamlarmiq va hokazo rasmlar.)

Shunday qilib, idrok sub'ektning bundan oldingi tajribasiga bog`liq bo`ladi. Kishining tajribasi qanchalik boy bo`lsa, uning bilimlari qanchalik boy bo`lsa, uning idroki shunchalik to`liq bo`ladi, buyumda u shunchalik ko`p narsalarni ko`ra oladi.


Idrokning mazmuni kishi oldiga qo`yilgan vazifa bilan ham uning faoliyati sabablari bilan ham belgilanadi.Sub'ektning ustanovkasi (yo`l-yo`rig`i) ham, his-hayajonlari ham idrok mazmuniga ta'sir etadi.


Idrok ham sezgi kabi reflektor jarayondir. I.P.Pavlov idrokning negizini tevarak-atrofimizdagi narsalar va hodisalar reseptorlarga ta'sir etishi natijasida bosh miyaning katta yarim sharlari qobig'ida hosil bo'ladigan shartli reflekslar, muvaqqat nerv boshlanishlari tashkil etishini ko'rsatib bergan edi. Idrok sezgilarga qaraganda miyaning ancha yuksak darajadagi tahlil qilish-umumlashtirish faoliyati hisoblanadi. Tahlil qilmasdan turib idrokning anglangan bo'lishi mumkin emas. Idrokning negizi nerv bog'lanishlarining ikkita turidan-bitta analizator doirasida hosil bo'ladigan bog'lanishlardan va analizatorlararo bog'lanishlardan tarkib topadi.


Idrok-sezgi a'zolarimizga ta'sir qilib turgan narsalarning ongda bevosita aks etishidir. Biz narsa va hodisalarni yaxlit holicha idrok qilamiz, narsalarning ayrim xossalarini esa sezamiz. Masalan, quyoshni biz idrok qilamiz, uning yorug'ini esa sezamiz, og'zimizdagi qandni idrok qilamiz, uning shirinligini esa sezamiz.Kishining idroki uning tafakkuri bilan narsaning mohiyatini tushunib etishi bilan chambarchas bog'liqdir. Narsani ongli idrok etish-unga fikran nom berish, ya'ni idrok etilgan narsani narsalarning muayyan guruhiga, sinfiga kiritish, uni so'z vositasida umumlashtirish demakdir. Idrok shunchaki sezgi a'zolariga ta'sir qiladigan qo'zg'atuvchilarning oddiy yig'indisi bilan belgilanmaydi, balki mavjud ma'lumotlarni yaxshilab talqin qilish, izohlab berish yo'llarini Idrokda-1) idrok jarayonini, ya'ni ongimizni bevosita aks ettiruvchi faoliyatni va 2) narsalarni idrok qilishdan hosil bo'ladigan sub'ektiv obrazni bir-biridan farq qilish lozim. Idrok murakkab ruhiy jarayondir. Bu murakkablik avvalo shundan iboratki, har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan: dori vositani idrok qilish: uning shaklini, rangini, sezish-bu ko'rish sezgilaridir. Hidini sezish shirin-chuchukligini sezish, og'ir-engilligini, qattiq-yumshoqligini sezish va boshqa sezgilardan tarkib topadi. Idrok qilishda analiz yordamida shu ayrim sezgilar idrokning reseptiv tomonini tashkil qiladi.


Idrokning nerv-fiziologik mexanizmi narsalar xossalari yig'indisining ta'g'siri bilan hosil bo'ladigan muvaqqat bog'lanishlar tizimidan iboratdir. Har bir narsadagi xossalarning shu yig'indisiga qarab, biz narsalarni bir-biridan farq qilamiz. Idrok xotira, hayol, diqqat, tafakkur, nutq kabi ruhiy jarayonlar bilan chambarchas bog'langandir. Idrok jarayonlari faqat tevarak-atrofdagi narsalarning sezgi a'zolarimizga ta'sir qilib turishi natijasidagina emas, balki shu bilan birga
idrok qilayotgan odam o'zining olamni bilishi va amaliy faoliyatida yon -atrofdagi narsalarga ta'sir qilishi natijasida ham vujudga keladi.

Idrokning tavsif qilinishida ham xuddi sezgilardagi kabi idrok qilishda ishtirok etuvchi analizatorlardagi mavjud farqlarga asoslanadi. Idrok etishda qaysi bir analizator ustunroq kelganiga muvofiq tarzda ko'rish, eshitish, paypaslab ko'rish, hidlash va ta'm bilish yo'li bilan idrok qilinishi farqlanadi.


Idrok qilish jarayoni, odatda o'zaro birgalikda harakat qiladigan bir qancha analizatorlar vositasida sodir bo'ladi. Harakat sezgilari u yoki bu darajada idrokning barcha turlarida ishtirok etadi. Misol tariqasida teri tuyushi analizatori ishtirok etadigan paypaslab turib idrok etishni ko'rsatish mumkin. Shunga o'xshab eshitish va ko'rish orqali idrok etishda harakat analizatorlari ham ishtirok etadi. Idrokning har xil turlari sof holida kamdan-kam uchraydi, odatda ular bir-birlari bilan uyg'unlashib ketadi va natijada idrokning murakkab turlari hosil bo'ladi. Jumladan, o'quvchining dars paytida matnni idrok qilishi ko'rish, eshitish idroklarni o'z ichiga oladi. Materiyaning mavjud bo'lish shakllari-fazo, vaqt va harakat idrokni tasniflashga binoan fazoni idrok etish, vaqtni idrok etish va harakatni idrok etish alohida ajratib ko'rsatiladi.
Idrok jarayoni ikki xil bo'ladi: ixtiyoriy va beixtiyoriy idrok. Oldindan belgilangan maqsadga qarab muayyan bir oyu'ektni idrok qilish ixtiyoriy deb ataladi. Bemor holati bilan tanishish, kasallik tarixi varaqasiga kiritilgan vrach ko'rsatmalarini qarab chiqish, bemor shikoyatlarini tinglash ixtiyoriy idrokka misol bo'la oladi. Muayyan bir ob'ektni oldindan maqsad qilib olmasdan va maxsus tanlanmasdan, kuch sarf etmasdan idrok qilish jarayoni beixtiyoriy idrok deb ataladi. Bunday idrok jarayonlari diqqatimizni beixtiyor o'ziga jalb qiladi. Masalan: uzoqda kelayotgan shoshilinch yordam mashinasi, palatadan to'satdan chinqirgan ovozni eshitamiz. Fazoni idrok qilinishi kishining o'zini qurshab turgan muhitni chamalashining muqarrar shartlaridan bo'lib, uning ushbu muhit bilan o'zaro birgalikdagi harakatida katta rol o'ynaydi. U ob'ektiv ravishda mavjud bo'lgan fazoning aksini ifoda etadi va ob'ektlarning shakli, hajmi va o'zaro birgalikda joylashuvi, ular sathi, olisligi va yo'nalishlarining idrok etilishini o'z ichiga oladi.n Fazoni chamalashda harakat analizatori alohida rol o`ynaydi. Fazoni chamalashning maxsus qurollari qatoriga analizatorlar faoliyatida har ikkala yarim sharlar o`rtasidagi nerv bog`lanishlarini: binokulyar ko`rishni, binoural eshitishni, terining bimanual tuyishini, dirinik hid bilishni va shu kabilarni kiritish lozim. Ko`zlarning turli olislikdagi narsalarni aniq ravshan ko`rishga moslashuvi 2 ta mexanizm - akkomodatsiya va konvergentsiya yordamida yuz beradi.
Akkomidatsiya - ko`z gavharining egriligini o`zgartirish yo`li bilan uning aksini sindirib qaytarish qobiliyatini o`zgartirish demakdir. Akkomodatsiya, odatda konvergentsiya bilan ya'ni ko`rish o`qlarini qayd qilinayotgan narsaga yo`naltirilishi bilan bog`liqdir. Konvergentsiya burchagi bevosita masofa indikatori ya'ni o`ziga xos masofa o`lchagich (dalnomer) sifatida foydalaniladi. Ikkita qo`zg`otuvchi - narsaning ko`z to`rpardasidagi tasviri akkomodatsiya hamda konvergentsiya natijasida ko`zdagi mushaqlarning zo`riqishi o`lchamlari bir biriga moslangan holda birga qo`shilishi idrok etilayotgan narsaning hajmi haqidagi shartli refleks tarzidagi signal hisoblanadi. (Uzoqlikni va chuqurlikni idrok qilish, emaqlaydigan bolaning oyna ko`prik ustidagi harakati, zinalar nechta, kubiklar nechtaq Va boshqa misollar).
Odam ko’rgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina eslab qoladi. Psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, individ tashqi taassurotlardan o’zining keyingi xatti-harakatlarida doimo foydalanadi. Individual tajriba orta borishi hisobiga xulq-atvor sekin-asta murakkablashadi. Agar tashqi dunyoning miya qobig’ida hosil bo’ladigan obrazlari beiz yo’qolib ketaversa,
tajribaning shakllanishi mutlaqo mumkin bo’lmay dolar edi. Bu obrazlar bir -biri bilan o’zaro turli xil aloqalar bog’lagan holda mustahkamlanib, saqlanib qoladi hamda hayot va faoliyat talablariga muvofiq tarzda yana boshqatdan namoyon bo’ladi.

Download 54.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling