2 soat Reja: Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari
Iqtisodiy o`sish tushunchasi va o`lchanishi
Download 445.46 Kb. Pdf ko'rish
|
5 мавзу макро
1. Iqtisodiy o`sish tushunchasi va o`lchanishi.
Iqtisodiy o`sish to`liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko`payishi tendensiyasini anglatadi. Iqtisodiy o`sish jami taklifning o`sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o`sish muammosini o`rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi - cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga echim topiladi. Demak, iqtisodiy o`sish omillari va ular samaradorligini o`rganish hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir. Iqtisodiy o`sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o`sishi, shuningdek, jon boshiga to`g`ri keladigan real daromadlarning o`sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o`sish ikki xil usul bilan o`lchanadi. Birinchi usulda iqtisodiy o`sish real YaIM ni o`tgan davrga nisbatan o`zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi. Bunda joriy yildagi real YaIM (Y t) hajmining bazis yildagiga ( Yt-1 ) (asosan oldingi yilga) nisbatan foiz ko`rinishidagi o`sishi aniqlanadi 9 : Y t Y= ------------ x 100 Yt-1 9 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 7 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers, 2015 Ikkinchi usulda iqtisodiy o`sish aholi jon boshiga to`g`ri keladigan real YaIM ning o`tgan davrga nisbatan o`zgarishi sifatida aniqlanadi. Iqtisodiy o`sish nazariyasi va modellarida YaIM o`rniga SIM, YaMD, SMD ko`rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o`sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste‘mol va investitsiyalarga bo`linishiga bog`liq deb qaraladi. Iste‘mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o`zgarishi resurs imkoniyatlarining o`sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. Iste‘mol va investitsiya o`rtasida etarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste‘mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o`sish imkoniyatlarini qisqartiradi. Iqtisodiy o`sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o`lchanadi. Har bir mamlakat iqtisodiy o`sishga intiladi, chunki iqtisodiy o`sish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko`payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo`lishiga, to`rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro`sining oshishiga olib keladi. Download 445.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling