2 soat Reja: Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari


 O`zbekiston Respublikasi bank tizimining barqarorligini oshirish va


Download 445.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/26
Sana17.06.2023
Hajmi445.46 Kb.
#1535617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
5 мавзу макро

  
4. O`zbekiston Respublikasi bank tizimining barqarorligini oshirish va 
pul-kredit siyoyosatini takomillashtirish yo`nalishlari. 
2017-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan 
tijorat banklari soni 26 tani tashkil etib, ularning 3 tasi davlat tijorat banki, 10 tasi 
aksiyadorlik tijorat banki, 8 tasi xususiy bank va 5 tasi chet el kapitali ishtirokidagi 
banklar hisoblanadi.
Oʻz navbatida, aholi real daromadlarining oʻsib borayotganligi, banklardagi 
omonatlarning davlat tomonidan toʻliq kafolatlanganligi aholining tijorat 
banklaridagi omonatlari hajmining barqaror oshib borishini ta‘minlamoqda.
Respublika bank tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 
28-noyabrdagi «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, 
ularning barqaror ishlashini ta‘minlash va eksport salohiyatini oshirish 
choratadbirlari Dasturi toʻgʻrisida»gi PF-4058-sonli Farmoni boshqa farmon va 
qarorlariga muvofiq, iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash 
hajmlarini yanada oshirish, texnik va texnologik jihatdan yangilash boʻyicha 
investitsion loyihalarni moliyalashtirish jarayonlarida banklarning ishtirokini 
yanada kengaytirishga alohida e‘tibor berilmoqda.
Ta‘kidlash lozimki, mamlakatimizda bank tizimida biznesni yuritish 
shartsharoitlarini 
yengillashtirish 
va 
arzonlashtirish 
hamda 
tadbirkorlik 
subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish borasida amalga 


oshirilayotgan ishlar xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan yuqori baholanib 
kelinmoqda.
Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining 2017-yilning oktyabr 
oyida e‘lon qilingan tadbirkorlik faoliyatini yuritish shart-sharoitlari boʻyicha 
«Biznesni yuritish – 2017» navbatdagi yillik hisobotida biznesni yuritish shart-
sharoitlari boʻyicha respublikamizning reyting koʻrsatkichi 2017-yilning oʻzida 14 
pogʻonaga koʻtarildi.
2018-yilga moʻljallangan pul-kredit koʻrsatkichlari prognozi yuqorida qayd 
etilgan vazifalarni amalga oshirilishi prognoz parametrlaridan kelib chiqib 
belgilanmoqda.
Bunda inflatsiya darajasining belgilanayotgan maqsadli parametrlar doirasida 
boʻlishini ta‘minlash va yalpi ichki mahsulotning koʻzda tutilayotgan oʻsish sur‘atini 
moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadlaridan kelib chiqqan holda, 2018-yilda 
oʻrtacha yillik pul massasining yalpi ichki mahsulotga nisbatini 1,0 foiz banddan 
yuqori boʻlmagan miqdorida oshirish koʻzda tutilmoqda.
Oʻz navbatida, mamlakat yalpi ichki mahsulotining oʻsishiga mos ravishda 
tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining kengaytirilishi 
hamda mamlakat toʻlov balansi, xususan, tashqi savdo balansi ijobiy saldosining 
ta‘minlanishi natijasida bank tizimi sof tashqi aktivlarining koʻpayishi 2018-yilda 
ham muomaladagi pul massasi oshishining asosiy omillari boʻlib xizmat qilishi 
kutilmoqda.
Oʻz navbatida, 2018-yilda ham Markaziy bank muomaladagi pul massasini 
tartibga solishda monetar siyosatining bozor instrumentlaridan keng foydalanish va 
ularning samaradorligini oshirib borish boʻyicha ishlarni davom ettiradi.
Bunda asosiy e‘tibor, inflatsiyaning maqsadli koʻrsatkichlar doirasida 
boʻlishini va iqtisodiyotda pulga boʻlgan talab va taklifning mutanosibligini 
ta‘minlashga qaratiladi.
Shu bilan birga, bank tizimida likvidlik tanqisligi vujudga kelishining oldini 
olish va aksincha tizimdagi ortiqcha likvidlikning iqtisodiyotda inflyatsion 
bosimning kuchayishiga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida bank tizimi 
likvidligini maqbul darajada ushlab turish uchun zaruriy choralar koʻrib boriladi.
Xususan, tashqi savdo balansi ijobiy saldosining ta‘minlanishi natijasida bank 
tizimida vujudga kelishi mumkin boʻlgan ortiqcha likvidlikning inflyatsion bosimini 
oldini olish hamda pul massasini tartibga solish maqsadida tijorat banklarining boʻsh 
turgan pul mablagʻlarini Markaziy bankdagi muddatli depozitlarga jalb qilish orqali 
sterilizatsiya operatsiyalari oʻtkazib boriladi.
Shuningdek, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini moliyaviy qoʻllab-
quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va 
taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli mablagʻlarni yoʻnaltirilishining davom ettirilishi 
pul massasi oʻsishining oldini olishga va uni belgilangan maqsadli koʻrsatkich 
doirasida ushlab turishga xizmat qiladi.
Ushbu tahlilimizga yakun yasab bank tizimi respublikamizda rivojlanib 
borayotganligi, tizimning moliyaviy barqarorligi mustahkamlanayotganligi, bu esa 


monetar siyosatning, bu siyosat vositalaridan foydalanishning samaradorligi 
oshishiga imkon berayotganligini ta‘kidlashimiz mumkin.

Download 445.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling