-VCHI. Bu affiks xarakat nomini bildiruvchi -v bilan shaxs oti yasovchi -chi affiksining birikuvidan xosil bo’lgan qo’shma affiksdir. Bu affiks 1. Feldan anglashilgan xarakatga aloqador bo’lgan uni bajaruvchi, shu xarakatga tortiluvchi shaxsni bildiruvchi ot yasaydi: yozuvchi, ayblovchi, qoralovchi, quruvchi, uchuvchi kabi. Ot yasalishining bu tipi –chi affiksi yordamida ikki nuqtada ko’rsatilgan ot yasalish tipi bilan sinonimdir.
2. turli soxaga oida xodisalarni bildiruvchi terminlar yasaydi: aniqlovchi,
to’ldiruvchi, bog’lovchi, bo’linuvchi, turlovchi, tuslovchi kabi. Vchi affiksi bilan yasaluvchi otlar u qadar ko’p emas. Ular asosan malum bir soxaga oid terminlardir.
- Kor. Bu affiks konkret narsani bildiruvchi leksemalarga qo’shilganda yasovchi asosdan anglashilgan narsani yaratuvchi shaxs ma’noli otlar yasaydi: paxtakor, g’lallakor, sholikor, binokor kabi
Do'stlaringiz bilan baham: |