2. so`Z yasash usullari


O’ZBEK TILIDA AFFIKSATSIYA USULI BILAN SO'Z YASALISHI


Download 85 Kb.
bet3/4
Sana18.02.2023
Hajmi85 Kb.
#1210952
1   2   3   4
Bog'liq
Сўз ясалиш усуллари

O’ZBEK TILIDA AFFIKSATSIYA USULI BILAN SO'Z YASALISHI.
Hozirgi o’zbek adabiy tilida so’z yasalishining asosiy usuli affiksatsiya usulidir. Xozirgi adabiy tilda yangi yangi so’zlar yasalishi xam , asosan, affiksatsiya usuli bilan so’z yasalishida ko’rinadi.
Xozirgi o’zbek adabiy tilida so’z yasovchi affikslar, aniqrog’I so’zning morfem strukturasida so’z yasovchi sifatida ajraladigan affikslar juda ko’p. lekin ularning xammasi xam yangi-yangi so’zlar yasalishida qo’llanayotgan bo’lsa, bazi affikslar esa so’z yasash funksiyasini deyarli yoki butunlay to’xtatgan. Xozirgi o’zbek adabiy tili so’z yasalish sistemasining taxlilida birinchi tipdagi , yani so’z yasash funksiyasi davom etayotgan affikslar yordamida so’z yasalishini yoritish muhimdr. Shuning uchun xar bir so’z turkumidagi so’z yasalishini o’rganishda avvalo ana shunday affikslar bilan so’z yasalishi yoritiladi.
Ma’lumki ,ayrim so’z turkumlarida so’z yasalishida affiksoidlar xam qatnashadi. Ular yordamida xam soda yasama so’zlar xosil qilinadi. Shu tufayli bunday so’z turkumlarida so’z yasalishida, affikslar yordamida so’z yasalishinidan so’zng affiksoidlar bilan xam so’z yasalishi beriladi.
OT YASALISHI
Xozirgi o’zbek adabiy tilida ot yasovchi affikslar anchagina.(50 ga yaqin) lekin ularning xozirgi so’z yasalishidagi ishtiroki bir xil emas. Ayrim affikslar yordamida ko’plab otlar yasalayotgan bo’lsa, bazilari esa sanoqli miqdordagi otlar yasaydi.ko’pgina ot yasovchilar esa so’z yasash funksiyasini to’xtatgan.
-Chi. Bu affiks yordamida quyidagi ma’noli shaxs otlari yasaladi.
1. Biror kasb- xunar, mutaxassislik,mashg’ulot bilan shug’ullanuvchi shaxsni bildiruvchi ot yasaydi. Polizchi, chorvachi, qo’shiqchi, choyxona,bufetchi, traktorchi, betonchi kabi.
Malumki, kasb xunar,mashg’ulotning umumiy belgilari bilan farqlanuvchi turlari, bularning o’ziga xos atama (nom) lari bo’lishi bilan birga , ulardan xar birining tarmoqlari , turlari, soxalari va ularning xam atamalari bor. –Chi affiksi kasb-xunar, mashg’ulotning ana shunday turli sohalarini bildiruvchi otlarga qo’shilib, turli tipdagi otlar yasaydi.

  1. Kasb-xunar, mashg’ulotning umumiy nomini bildiruvchi so’zga qo’shilganda shaxsning asosdan anglashilgan soxaga mansubligini bildiruvchi ot yasaydi: sportchi, san’atchi kabi

  2. Ish faoliyatning konkret bir soxasini anglatadigan so’zlarga qo’shilganda shu soxaga mansub shaxsni ( shu soxada ishlovchi , faoliyati shu soxaga oid bo’lgan shaxsni) bildiruvchi ot yasaydi. Misol uchun: sportchi, poygachi, uloqchi, futbolchi, xokkeychi, tennischi, bokschi,kurashchi.

  3. - chi affiksi yasovchi asos bildiradigan narsa xodisalarning xususiyatiga qarab ish faoliyatning ma’lum bir soxasiga mansub bo’lgan turli ma’nodagi otlar yasaydi:

  1. Asodan anglashilgan narsani yuzaga keltiruvchi, yetishtiruvchi , yasovchi shaxsni bildiradigan ot yasaydi: kashtachi, sandiqchi, egarchi, bo’zchi, poyabzalchi, muqovachi, pechkachi, pillachi,uzumchi, sabzavotchi, kabi.

  2. Asosdan anglashilgan predmet bilan bog’liq bo’lgan ishni qiluvchi shaxs manosidagi ot yasaydi.: suvchi,tunikachi, oynachi, betonchi kabi.

  3. Ma’lumki ish –foliyatning xar soxasi uchun xos bo’lgan , shu soxada ishlatiladigan mashina, qurol, asbob va shu kabilar bo’ladi. -Chi affiksi ularni anglatuvchi leksemalarga qo’shilib shu mashina, qurol, asbob va shu kabilar bilan ish ko’ruvchishaxsni bildiradihan ot yasaydi: dutorchi, doirachi, naychi, surnaychi, trubachi,skripkachi, garmonchi, chang’ichi, shaxmatchi,belosipedchi, qayiqchi, kombaynchi, tankchi, va boshqalar. Misol uchun:Bir-ikki daqiqa ish to’xtaydi, boshqa ketmonchi lar xam ishdan chiqib, Rafiqov bilan ko’rishib so’rashadilar.( A. Qodiriy)

  4. Asosdan anglashilgan narsaga oid ish bilan shug’ullanadigan, kasbi shu ish bo’lgan shaxsni bildiruvchi ot yasaydi.: aloqachi, suvoqchi, temirchi, ixtirochi, loyixachi, lug’atchi, siyosatchi, tarbiyachi, xisobchi, qo’shiqchi, fokuschi, razvetkachi, remontchi, karikaturachi, grimchi, gipnozchi, svarkachi, kabi.

  5. Ish faoliyat bilan bog’liq bo’lganma’lumot obyektini anglatadigan otlar qo’shilib, shu obektda xizmat qiluvchi shaxs ma’nosidagi ot yasaydi.: choyxonachi, tegirmonchi, aptekachi, bufetchi, magazinchi, pochtachi kabi. Misol uchun: O’shanda Turkiyaning mashxur sarkardalaridan Anvar posho nomini … tilga olgandi kutubxonachi chol.

(SH. Xolmirzayev)

  1. Asosdan anglashilgan narsani sotuvchi ( kasbi shu ish bo’lgan) shaxsni bildiradigan ot yasaydi: gazetachi, suvchi, ( gazli suv sotuvchi) pivochi, muzqaymoqchi kabi. Bazi leksemalarda –chi affiksi yordamida yasalgan so’zlar asosdan anglashilgann narsani yaratuvchi ( yetishtiruvchi, tayorlovchi) va uni sotuvchi ma’nosini ifodalashi mumkin: gulchi, ko’kchi, qurtchi, nisholdachi

2) asosdan anglashilgan ish xarakat , faoliyatda ishtiokchi shaxs ma’nosidagi ot yasaydi.; inqilobchi, namoyishchi, omonatchi ,qo’zg’alonchi, muzokarachi, obunachi, ekskursiyachi, kabi.
3) ish faoliyatda ishtirokchi shaxs ma’nosidagi ot yasaydi. Inqilobchi , namoyishchi, omonatchi,qo’zg’alonchi, muzokarachi, obunachi, estafetachi, ekskursiyachi, kabi.
4) Ish- faoliyatda biror oqim, maslak shu kabi tarafdori, shunga mansub shaxs ma’nosidagi ot yasaydi: xurriyatchi, oppozitiyasi, respublikachi, markazchi, qantchi kabi. Quyidadagi misolda qo’llangan ,, Agar bizning shu yerda bo’lganimiz-u bir yoqqa ketganimizni sho’rochilar ga aytgangizlar, tillaring kesiladi!- degan ( sh Xolmirzayev)
5) sport jamiyatlarini bildiradigan so’zlarga qo’shilib , shu jamiyatga mansub sportchi (shaxs) ma’nosidagi ot yasaydi.: paxtakorchi, kabi
6) asosdan anglashilgan narsani qilish odati ( xarakteri) kuchli shunga moyilligi kuchli shaxs ma’nosidagi ot yasaydi: taqlidchi, uyquchi, to’polonchi, xurrakchi, kekchi, arazchi, dangalchi, yolg’onchi, irimchi, murosachi, rashkchi, tavakkalchi, progulchi, zakonchi va boshqalar.
-CHI. affikningsi yordamidagi ot yasalish tiplarining ,xammasi xozirgi tilda produktiv, jonli yani ish ko’rishi to’xtamagan so’z yasalish tiplaridir.

Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling