Navoiy kon metallurgiya kombinati Traktorchi uchun mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnoma 4-23


Download 39.49 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi39.49 Kb.
#1543673
  1   2   3
Bog'liq
KL-Инструкция 4-23 по охране труда для тракторист




Navoiy kon metallurgiya kombinati


Traktorchi uchun mehnat muhofazasi bo’yicha


YO’RIQNOMA


4-23

“Tasdiqlangan” “Tasdiqlayman”


1-sonli BKUQ raisi ShKB bosh muhandisi
____________ S.I. Golman ___________ V.I. Fil
«____»_______________yil «____»______________yil


Traktorchi uchun mehnat muhofazasi bo’yicha
YO’RIQNOMA
4-23
1. Umumiy xavfsizlik talablari

1.1.Traktorchi bo’lib ishlashga ruxsat beriladigan shaxslar:


18 yoshga to’lganlar, belgilangan shakldagi guvohnomaga ega bo’lganlar, tasdiqlangan dastur bo’yicha o’qitilganlar, traktorga xizmat ko’rsatish va undan foydalanish va uning qurilmasi bo’yicha imtihon topshirganlar, 5-10 smena davomida ishning xavfsiz usullari va yo’llari bo’yicha amaliy o’quvdan o’tganlar va sog’lig’i jihatdan yaroqli deb topilganlar.
1.2.Traktorchi sifatida ishga qabul qilinayotgan shaxslar ishga kirayotganda va muntazam tibbiy kurikdan o’tadilar (21 yoshgacha bo’lgan shaxslar – har yili). Traktorchi muntazam yilida bir marotaba ishning xavfsiz usullari va yo’llari bo’yicha bilimini tekshirishdan o’tkazishi lozim.
1.3.Ishlashga ruxsat berilgan shaxslar korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalari talablari, yong’in va portlash xavfsizligi talablariga va mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilishi shart.
1.4.Traktorda ishlayotgan vaqtda qo’yidagi xavfli omillar paydo bo’lishi mumkin:
1.4.1.Yo’l transport hodisalarida jarohat olish.
1.4.2.Transport mashinalarini, pnevmoxod agregatlarini ulab tortganda va osma uskunalarni o’rnatganidan jarohat olish.
1.4.3.Kabina ichiga kirish va undan chiqishda yiqilish.
1.4.4.Qizigan dvigatel detallaridan kuyish.
1.4.5.Radiatordan chiqayotgan bug’dan kuyish.
1.4.6.Dvigatelning aylanayotgan detallaridan jarohat olish.
1.4.7.Pnevmoxodli (g’ildirakli) traktorda avtoshina teshilgani natijasida jarohat olish.
1.4.8.Zararli omillar: - shovqin, tebranish (silkinish), chang.
1.5.Traktorchi me’yorda ko’zda tutilgan maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanadi:
-ip gazlama kombenezon;
-ikki barmoqli kombinastiyalangan qo’lqoplar.
Qishda tashqarida bajariladigan ishlarda quyidagilar qo’shimcha ravishda beriladi:
-issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka;
-issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim.
1.6.Traktorchi qo’yidagilarni bajarishga majbur:
-mazkur yo’riqnoma talablarini bajarishga;
-traktordan foydalanish bo’yicha yo’riqnoma talablarini bajarishga;
-yopiq xududlar va avtoyo’llar bo’ylab harakatlanayotganda “Yo’l harakati qoidalariga” muvofiq ish tutishga;
-traktorni ta’mirlashda va unga texnik xizmat ko’rsatishda yo’l-qurilishi mashinalari va traktorlarini ta’mirlash bo’yicha chilangar uchun mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnomani qo’llashga;
-ishlayotganda me’yorda belgilangan maxsus kiyim va himoyalanish vositalaridan foydalanishga;

-ish vaqtida traktorni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani, ishga ruxsatnoma va yo’l varaqasini olib yurishga (agar ish karer xududida o’tkazilayotgan bo’lsa, unda ishga ruxsatnoma karer ma’muriyati tomonidan rasmiylashtiriladi);


-traktorni ishlayotgan dvigateli bilan qarovsiz qoldirmaslikka;
-traktorni toza va texnik soz holatda saqlashga;
-baxtsiz hodisalarda jarohat olganlarga birinchi yordam ko’rsatish va bo’lgan voqealar to’g’risida bevosita rahbarga xabar berishga.
1.7.Havo to’ldiriladigan g’ildirakli traktor xaydovchisiga bo’linma xududida va qo’riqlanayotgan avtomobillar to’xtaydigan joyda shinamontaj ishlarini mustaqil amalga oshirish ta’qiqlanadi. Ushbu ishlar maxsus o’qitilgan ishchilar tomonidan maxsus jihozlangan uchastkalarda amalga oshirilishi kerak. Bo’linma xududi va qo’riqlanayotgan avtomobillar to’xtaydigan joydan tashqari joylarda shinalarni montaj qilish ishlari faqat korxonaning buyrug’i bo’yicha aniqlangan markadagi traktorlarda o’tkaziladi.
1.8.Mazkur yo’riqnoma talablarini bajarmaslik ishlab chiqarish intizomini buzish hisoblanadi. Yo’riqnoma talablarini buzganlar NKMK ishchi va xodimlar uchun ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilangan tartib bo’yicha, odamlar jarohat olganda va yo’l-transport hodisalari sodir bo’lganda esa O’zbekiston Respublikasining jinoyat Kodeksi bo’yicha javobgarlikka tortiladilar.

Download 39.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling