1-mavzu. Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalash tartibi Reja


Download 76.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi76.82 Kb.
#1507415
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 тема лекция



1-mavzu. Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalash tartibi
Reja: 
1.1. Qurilish konstruksiyalarkonstruksiyalarini hisoblash va loyihalashning 
maqsad va vazifalari 
1.2.Qurilish konstruksiyalarni hisoblash va loyihalash 
1.3.Hisoblash bosqichlari 
1.3.Qurilish konstruksiyalariga qo‘yiladigan asosiy talablar 
1.1. Qurilish konstruksiyalarkonstruksiyalarini hisoblash va loyihalashning 
maqsad va vazifalari 
Qurilish konstruksiyalarkonstruksiyalarini hisoblashning asosiy maqsadi, 
qurilish konstruksiyalari yuk ostida ishlaganda ularni eng tejamli o‘lchamlarini 
tanlash va shu bilan birga xavfsizlik, ishonchlilik va uzoqqa chidamlilik talablariga 
javob berishiga erishishdir. 
Hisoblashning asosiy vazifasiga tashqi yuk ta’siridan konstruksiya 
elementlarida hosil bo‘ladigan zo‘riqishlarni aniqlash, talab etilgan kesim 
kattaligini hamda konstruksiya ishchi chizmalarini tayyorlashdagi zarur 
mahlumotlarni aniqlash kiradi. Konstruksiyani hisoblash qurilish me’yorlari 
talablari asosida amalga oshiriladi. Qurilish me’yorlari va qoidalari - QMQ 
hisoblash va konstruksiyalash nazariyasining amaliy natijasi hisoblanadi va u 
konstruksiyalarni loyihalashda, qurishda va foydalanishda erishilgan yutuqlarni 
o‘zida aks ettiradi.
Qurilish konstruksiyalarni loyihalash deb, ularning statik (yoki dinamik) 
kuchlarga konstruksiyalarning ayrim elementlarini, kesim yuzalarini hisoblash va 
loyihalash tushuniladi.
Qurilish konstruksiyalarni hisoblash va loyihalashning asosiy maqsad, 
qurilishi ko‘zda tutilgan binoning mustahkamligi, ustivorligi, bikrligini ta’minlash 
hamda bino va inshootlarga qo‘yiladigan kapitallik, uzoq yashovchanlik, 


yong‘inbardoshlik talabalariga javob berishi bilan bir qatorda ulardan foydalanish 
qulay bo‘lishini ta’minlash. Yuqoridagilar bilan bir qatorda bino va inshootlarning 
sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlariga putur yetmagan holda, ularning tannarxi samarali 
bo‘lishini ta’minlayd. 
Qurilish konstruksiyalarni hisoblash va loyihalash uchun, avvalo ularni 
turlari, qo‘llanish sohalari, ularni afzallik va kamchilik tomonlarini o‘rganish 
lozim. 
Qurilish konstruksiyasi deganda, bino va inshootlarda alohida olingan 
vazifani bajarishga mo‘ljallangan, bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan, bir yoki bir 
necha materiallardan tayyorlangan elementlar yoki detallar majmuasi tushuniladi. 
Qurilish konstruksiyalarini qo‘llanishiga ko‘ra xilma-xil bo‘lib, ularni 
umumiy tomonlariga ko‘ra quyidagicha turlarga ajratish mumkin: 
1) geometrik ko‘rinishiga ko‘ra – massiv, to‘sin, plita, qobiq va sterjenli 
sistemalar; 
2) tayyorlangan materialiga ko‘ra metall, beton va temirbeton, tosh, yog‘och va 
plasstmassa konstruksiyalar; 
3) yuk ostida ishlashiga ko‘ra – siqiluvchi, cho‘ziluvchi, egiluvchi elementlar

Download 76.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling