1-mavzu. Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalash tartibi Reja
Download 76.82 Kb. Pdf ko'rish
|
1 тема лекция
1.3.Hisoblash bosqichlari
Umuman qurilish konstruksiyalarini hisoblash ikki bosqichdan iborat: 1-bosqich. Elementlardagi kuchlanishni aniqlash va bu kuchlanish asosida kesim yuzasini topish; 2-bosqich. Konstruksiyadagi deformatsiyalarni me’yoridan oshmasligini ta’minlash. Kuchlanishni aniqlash bilan qurilish mexanikasi shug‘ullanadi va uni statik hisoblash usuli bilan tekshiradi. Konstruksiya materialining qarshiligi va uning xususiyatlarini esa materiallar qarshiligi fani o‘rganadi. Qurilish konstruksiyalari fani esa material xususiyati va ishlash sharoitini hisobga olgan holda, yuqoridagi barcha vazifalarni birgalikda hal qiladi. Ya’ni statik hisob ishlarida konstruksiyalarni ishlashini aniqroq ko‘rsatadigan hisobiy sxemalarni belgilash, konstruksiya ishlash vaqtida ularga ta’sir etadigan tashqi kuchlarni hisoblash hamda loyihalanayotgan elementlardagi kesim yuzalarida hosil bo‘ladigan ichki kuchlanishini (eguvchi moment, ko‘ndalang va bo‘ylama kuch) aniqlash bilan shug‘ullanadi. Elementning ko‘ndalang kesim yuzasini samarali shakli va o‘lchamlarini, materialning optimal mustahkamlik parametrlarini, kesim yuzasini va elementni darzbardoligi va bikrligini hisobga oladigan kesim hisobiy kesim yuzasi deyiladi. Konstruktivlash bu, konstruksiyani ishchi chizmasini ishlab chiqish, ularni tutashishbinolarni konstruktiv hal etish, ularning elementlaridan ishchi, montaj armaturasini joylashni samarali sxemasini belgilash, qolip va armatura konstruksiya tugunlari va elementlari chizmalarini ishlab chiqishdan iborat. Konstruksiyalarni loyihalash kesim yuzasi haqidagi mahlumotlar asosida, mehyor talablarni hisobga olgan holda bino va inshootni qurish va ishlatish jarayonida mustahkamligi, yoriqbardoshligi va bikirligini tahminlaydigan hisobiy kuchni aniqlashdan iborat bo‘lishi kerak. Loyihalangan konstruksiyalarning samaradorligi ularning texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda ishlash jarayonida mavjud foydalanish talablariga mosligi darajasiga qarab baholanadi. Download 76.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling