Laboratoriya ishi №
Download 139.5 Kb.
|
LABORATORIYA ISHI 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magniyning ekvivalent massasini siqib chiqarish usuli bilan aniqlash.
- Metallning ekvivalent massasini aniqlash uchun asbob: 1- byuretka; 2-voronka; 3-probirka.
LABORATORIYA ISHI № 5 METALLARNING EKVIVALENTINI SIQIB CHIQARISH USULI BILAN ANIQLASH. MAGNIYNING EKVIVALENTINI ANIQLASH. MOLEKULYAR OG’IRLIKNI ANIQLASH. Ekvivalent massasini to’g’ridan to’g’ri aniqlash. Bu usul bilan magniy ekvivalentini aniqlash uchun ma'lum bir massadagi magniy bilan uning oksidini hosil qilish va birikkan kislorod massasini aniqlash kerak. Tarozida 0,2 g magniy lentasini tortib oling va oldindan shu tarozida tortib olingan farfor tigelga o’tkazing. Olingan magniy to’la erib ketishi uchun zarur bo’lgan 4 n HNO3 eritmasini hajmini aniqlang. Olingan nitrat kislotani oz-ozdan magniy erib ketgunicha tigelga qo’ying. Olingan magniy nitrat eritmasini quriguncha asbest setkasida parlating va so’ngra qolgan qoldiqni ochiq olovda qattiq qizdiring. Bunda azot oksidlarini tez chiqib ketmasligiga yo'1 qo’ymang. Reaksiya tenglamasini yozing. Tigelni magniy oksidi bilan birga eksikatorda torting. So’ngra tigelni ikkinchi marotaba qizdiring va uni doimiy massaga kelguncha torting va magniy nitratning to’la parchalanishiga ishonch hosil qiling. Olingan ma’lumotlar asosida magniyni ekvivalentini aniqlang. Kuzatishlarni yozish tartibi: 1. Chinni tigelning massasi 2. Magniyning massasi 3. Chinni tigelni magniy oksidi bilan massasi . Olingan natijalarni qayta ishlash. Hisoblang: 1. Olingan magniy oksidining massasi – m1, 2. Magniy bilan birikkan kislorodning massasi- m2. 3. Magniyning tajribada kislorod bo’yicha aniqlangan ekvivalent massasi- me(tajriba). 4 Quyidagi nisbatdan foydalanib magniyning nazariy ekvivalent massasi - me(nazariy) ni toping. Tajribaning absolyut xatosi Magniyning ekvivalent massasini siqib chiqarish usuli bilan aniqlash. Rasmda ko’rsatilgandek asbob yig’ing. Byuretka 1 (hajmi 50 ml) rezina naylari yordamida voronka 2 va probirka 3 bilan ulangan Byuretka va probirkalarni oralaridan shisha naychalar o’tgan probkalar bilan zich berkiting. Tajriba boshianishidan oidin asbobni germetikligini tekshiring.
Qurilmaning germetikligini tekshirish uchun byuretkaga suv quying va byuretka bilan voronkani birlashtirgan rezina nayni ham to’ldiring. So’ng byuretkani tiqin bilan berkiting va probirka bilan ulang hamda byuretkadagi suv sathini belgilang. Shtativning dumaloq mahkamlagichini tushirib voronkani pastroq tushiring. Agar asbob germetik bo’lsa, voronka tushirilganda oldin byuretkadagi suv sathi biroz pastga tushadi va so’ngra o’zgarmay qoladi. Agar suv sathi to’xtovsiz tushaversa asbob havo o’tkazmoqda va uskunani yig’ayotgandagi xatoni tuzatish kerak. Tajribaning borishi: Taxminan 0,03 g magniy lentasidan tortib oling. Probirkadan tiqinni chiqarib oling va voronkani harakatga keltirib, byuretkadagi suv sathini nolga yoki undan pastroqqa keltiring. 5 ml suyultirilgan sulfat kislota o’lchab oling va probirkaga voronka orqali quying (nima uchun?). Magniy lentasini probirkaning quruq qismiga shunday o’rnatingki, magniy sulfat kislotasiga tegmasin. Probirkani probka bilan mahkam berkitib qurilmaga ulang. So’ngra voronkani pastga yoki yuqoriga ko’tarib suvning sathini byuretka va voronkada bir xil sathga keltiring (nima uchun?). Byuretkadagi suv sathini 0,1 ml aniqlik bilan belgilab oling. Magniyni sulfat kislota bilan chayqatib turib reaksiyaga kirishtiring. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tugagandan so’ng probirkani xona temperaturasigacha sovuting va yana byuretka bilan voronkada suv sathini bir xil holatga keltiring. Byuretkadagi suv sathini yozib oling. Tajriba vaqtidagi xona temperaturasini termometr, bosimini barometr yordamida aniqlang. (1 mm sim.ust.=133,3 Pa) Kuzatishlarni yozish tartibi: 1. Magniy massasi - me (g) 2. Temperatura - t° (C) 3. Atmosfera bosimi – p (kPa) 4. To’yingan bug’ bosimi – h (kPa) 5. Reaksiya boshlanishiga qadar byuretkadagi suvning sathi – a1 (ml) 6. Reaksiyadan so’nggi suvning sathi - a2 (ml). ' Natijalarni mulohaza qilish. 1. t temperatura va V bosimda magniy siqib chiqargan vodorodning hajmini hisoblang (ml). 2. Vodorodning partsial bosimini hisoblang: PH2=Patm-h 3. Aniqlangan vodorodning hajmini gaz holatining birlashgan tenglamasidan foydalanib normal sharoitga keltiring. Vodorod suv ustida yig’ib olinganligi uchun P o’rniga PH2 ni qo’ying. 4. Ajratilgan vodorodning massasini aniqlang. 5. Magniyning ekvivalent massasini hisoblang. 6. Tajribaning absolyut va nisbiy xatolarini aniqlang. Download 139.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling