1 Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalashning maqsadi va vazifasi
Download 19.53 Kb.
|
1 Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalashning maqsadi va vazifasi
1 Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalashning maqsadi va vazifasi Qurilish konstruksiyalarini loyihalash deb, ularning statik (yoki dinamik) kuchlar, elementning kesim yuzasini hisoblash va loyihalash tushuniladi. Qurilish konstruksiyalarini hisoblash ikki bosqichdan iborat: 1. Elementlardagi kuchlanishni aniqlash va bu kuchlanish asosida kesim yuzasini topish. 2. Konstruksiyaning egilishini me’yoridan oshmasligini tekshirish. Loyihalangan konstruksiyalarni ng samaradorligi ularning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari ham da ishlash jarayonida mavjud foydalanish talablariga mosligi darajasiga qarab baholanadi. Beton qurilish materiallari ichida eng ko‘p qo‘llaniladi. Beton narxi boshqa materiallarga nisbatan ancha arzon. Z ero uning mexanik xususiyati po‘latnikiga qaraganda ancha farq qiladi. Bunday holatda betonga teng keladigan material yo‘q. Uning tarkibiga ham m a yerda mavjud bo‘lgan materiallar kiradi. Yana bir m a’qul bo‘lgan tomoni shundan iboratki, beton mustahkamligi yildan-yilga ortib boradi. Bu xususiyat temir-beton konstruksiyalari uzoq davrga chidamli ekanligini ko'rsatadi. Betonning arxitektura va konstruktiv imkoniyatlari haqida gapirm asa ham bo‘ladi. Hisoblashning asosiy maqsadi — temir-beton konstruksiyalari yuk ostida ishlaganda ularning eng tejamli o‘lchamlarini tanlash va shu bilan birga xavfsizlik, ishonchlilik va uzoqqa chidamlilik talablariga javob berishiga erishishdir Hisoblashning asosiy vazifasiga tashqi yuk ta’siridan konstruksiya elementlarida hosil bo‘ladigan zo‘riqishlarni aniqlash, talab etilgan kesim yuzalar, arm aturalar miqdorini hamda konstruksiya ishchi chizmalarini tayyorlashdagi zarur m a’lumotlarni aniqlash kiradi. Konstruksiyani hisoblash qurilish me’yorlari talablari asosida amalga oshiriladi. Qurilish me’yorlari va qoidalari — QMQ qurilish konstruksiyalari nazariyasining amaliy natijasi hisoblanib, u konstruksiyalarni loyihalashda, qurishda va foydalanishda erishilgan yutuqlarni o‘zida aks ettiradi. Elementning normal kesim yuzasining samarali shakli va oicham - larini, betonning optimal sinfini, ishchi armaturaning sinfi, kesim yuzasini va elementning yorilishga bardoshiga va bikrligini hisobga oladigan kesim yuzasi hisobiy kesim yuzasi deyiladi. Konstruksiya deb, element qismlarini birlashtirish tushuniladi. Konstruksiyalash esa, binolarni konstruktiv hal etish, ularning elementlaridan ishchi, montaj armaturasini joylashning samarali sxemasini belgilash, opalobka va arm atura konstruksiya uzellari va elementlari chizmalarini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. Download 19.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling