Navoiy kon metallurgiya kombinati Traktorchi uchun mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnoma 4-23
Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari
Download 39.49 Kb.
|
KL-Инструкция 4-23 по охране труда для тракторист
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari
2.Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari
2.1.Maxsus kiyimni kiyish va uni tartibga keltirish kiyimlarni osilib turgan etaklarini yig’ib olish va englarning tugmalarini o’tkazishi lozim. Yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini tayyorlab qo’yishi lozim. 2.2.Asboblar va anjomlarning butligi va sozligini tekshirishi lozim. 2.3.Traktorning texnik holatini tekshirish va bunda qo’yidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim: -to’xtatish (tormoz) tizimining sozligiga; -boshqarish organlarining sozligiga; -yorug’lik va tovushli signalizastiyalarning sozligiga; -o’tkazish mexanizmining blokirovka (muhosaralash) uskunasining sozligiga; -maxsus qurilmaning sozligiga; -traktorni harakatlantiradigan qismlarning holatiga; -baklar va yonilg’i uzatgichlarda yonilg’ining oqmasligiga va gidrotizimda yonilg’i sizmasligiga; -asosiy dvigatelni ishga tushiruvchi mexanizmlar va asboblarning sozligiga. 2.4.Dvigatelni shatakdan ishga tushirmang. 2.5.Yo’l hujjatlarida ko’rsatilmagan yo’lovchilarni kabinada tashimang. 2.6.Davlat raqami va texnik taloni bo’lmagan g’ildirakli traktordan foydalanmang Xavo tuldirilgan gildirakli traktor uchun: -shinalar holatini va ulardagi bosimni tekshirish lozim. 2.7.Pristeplarning va osma anjomlarning texnik holatini tekshirish lozim. 2.8.Traktorning texnik sozligiga ishonch hosil qilib, yo’l varaqasini oling, tibbiy ko’rikdan o’ting va traktorni KTT bo’yicha ustaga nazorat (kontrol) tekshiriviga taqdim eting. 2.9.Mustaqil bartaraf etish mumkin bo’lmagan nosozliklar aniqlanganda, traktorning texnik holati uchun ma’sul shaxsga nosozliklar to’g’risida xabar bering va nosozlikni joriy ta’mirni bajarish tartibida bartaraf qiling. 3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari 3.1.Ishga tushirish motor (dvigatel)ini ishga tushirishdan oldin tezlik va diapazonlarning xarakatlanuvchi richaklarining neytral xolatda turganligini tekshirish lozim. 3.2.Traktorni harakatga keltirishdan oldin traktorning yonida va harakatlanish maydonida odamlarning yo’qligiga, hamda traktorning harakatlanadigan va boshqa qismlarida begona buyumlarning yo’qligiga ishonch hosil qilish kerak. 3.3.Joydan ko’zgalganda, burilishlar va to’xtash joylarida, albatta tovushli, svetovoy (yorug’lik yordamida beriladigan) yoki boshqa ogohlantiruvchi signallarni berish lozim. 3.4.Mustahkamlanmagan qiyalikli chuqurlik (kotlovan) va transheyalar yaqinida harakatlanish va ishlashga faqat o’pirilish prizmasi chegarasida ishlab chiqarish (ishni bajarish) loyixasida belgilangan masofada amalga oshirishga ruxsat beriladi. 3.5.Pristepli traktor bilan balandliklarga chiqishni faqat birinchi uzatma bilan amalga oshirish kerak. 3.6.Ko’tarilish yoki tushish vaqtida uzatmalarni o’zgartirish mumkin emas. 3.7.Orqa yurish bilan pristep moslamalariga va transport pristeplariga kelish 1-uzatmada o’tkaziladi va ildirishni amalga oshiruvchi ishchi signaliga diqqat bilan e’tibor qilish kerak. 3.8.Chegaralangan ko’rish bilan mahalliy uchastkalarda traktor harakatlanayotganda, ogohlantiruvchi signallarni berish kerak. 3.9.Traktorning sun’iy va tabiiy to’siqlar orqali harakatlanishi faqat harakatlanish yo’li tekshirilgandan keyin amalga oshirilishi mumkin, zarurat bo’lganda traktorning harakat yo’li rejalashtirilishi kerak. Temir yo’ldan o’tish joylarida faqat 1-uzatma bilan, qo’riqlanmayotgan yo’llar bo’yicha esa yaqinlashib kelayotgan poezdlarning yo’qligiga ishonch hosil qilib o’tish kerak, kesib o’tish uchun jihozlanmagan temir yo’li orqali o’tish mumkin emas. 3.10.Traktorni suvni kechib o’tishiga faqat toshli yoki qumli joylarda kesib o’tadigan joyda suvning maksimal chuqurligi yuqori o’rmalovchi zanjirning yuqori tasmasidan baland bo’lmagan, pnevmoxoddagi traktorlar uchun esa suyuqlikni sovutuvchi radiatorning pastki qirrasidan baland bo’lmagan sharoitda ruxsat beriladi. 3.11.Traktorchi ko’prik orqali o’tayotganda, ko’prikning yukni ko’tarishi, gabaritlari va texnik holati xavfsiz o’tishni ta’minlashiga ishonch hosil qilishi kerak. 3.12.Traktorni treyler yoki temiryo’l platformasiga yuklash chig’ir (lebedka) yordamida yoki shpal yoki bruslardan qurilgan ishonchli silliq zinapoya (pandus) bo’yicha o’zini yurdirish yordamida amalga oshirish kerak. Pandus to’shamasi 150 dan oshmagan qiyalikda bo’lishi kerak. 3.13.Traktor boshqaruvini, bunga huquqi bo’lmagan shaxsga berish mumkin emas. 3.14. 30 S darajali burchakdan ortiq ko’tarilgan (baland bo’lgan) yoki qiya bo’lgan joylarda traktorni harakatlantirish yoki ishlatishga ruxsat berilmaydi. 3.15.Hatto qisqa vaqtga ham traktorni qarovsiz qoldirish mumkin emas. 3.16.O’ziyurar T-16 shassi bilan xavo tuldirilgan gildirakli traktorda, pristeplar va pristepli agregatlarning buksirlashni amalga oshirmang (kompressorlar, elektrostanstiyalar, payvandlash agregatlari va boshqalar). Download 39.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling