2. Sut sanoati. Yog’-moy sanoati
Download 36.16 Kb.
|
Zamonaviy oziq ovqat sanoati korxonalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vino va mayiz ishlab chiqarish
Qandolatchilik sanoatida turli shirinliklar va qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Masalan, konfetlar, karamel, shokolad, marmelad, undan pishirilgan qandolat mahsulotlari, sharq shirinliklari (novvot, parvarda, pechak) va boshqalar. O'zbekiston qandolat sanoatiga aloqador 60 dan ortiq korxona bor. Tarmoqning eng yirik korxonalari Toshkentdagi "O'rtoq" qandolat fabrikasi, Yangiyo’ldagi "Lazzat" birlashmasi, Farg’ona va Samarqand qandolat fabrikalaridir.
Sanoatning bu turini rivojlantirish aholining ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo’lib, qand ishlab chiqarish uchun xom ashyo tarzida qand lavlagi yetishtirishga kirishildi. Mamlakatimizning serquyosh iqlimiy sharoitida qand lavlagi o'simligining qandlilik darajasi yuqori bo’lishi tabiiy. Shuning uchun ham hukumat rejalashtirish tashkilotlari qand lavlagi yetishtirish miqyosini kengaytirishga alohida e`tibor bermoqda. Xorazm, Toshkent va Samarqandda hamda boshqa viloyatlarda qand lavlagi ekish kengaytirilmoqda, ularni qayta ishlab, qand-shakar ishlab chiqarishga kirishildi. 1995-1997 yillarda Turkiya firmalari bilan hamkorlikda Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida shakar zavodi qurildi. Zavod sutkasiga 3 ming tonna qand lavlagini qayta ishlash quvvatiga ega. Vino va mayiz ishlab chiqarish ham oziq-ovqat sanoatining alohida tarmog`i. Mazkur tarmoqda turli nav uzumlardan mayiz, uzum qiyomlari, turli nav vino, konyak, shampan vinosi, aroq va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Vinochilikka ixtisoslashgan sanoat korxonalarining katta qismi "O'zmevasabzavotuzumsanoat" uyushmasiga qaraydi. Vino sanoatiga aloqador 22 ta yirik korxona bor. Vino mahsulotlarini tayyorlash va quyish bilan 56 korxona shug’ullanadi. Eng yirik korxonalar: "Toshkentvino", "Zarafshon" (Samarqand), "Shohrud" (Buxoro), "Mastona" (Qo’qon), "Gulbuloq" (Andijon) va boshqalar. Respublika vino sanoati bir yilga 22 mln. dal vino mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Vino sanoati korxonalarida tayyorlanayotgan oq, qizil, desert vinolar ("O'zbekiston", "Vassarga", "Buvaki", "Yumaloq" va h.k.) dunyoning xalqaro ko’razmalarida 100 dan ortiq oltin, kumush va bronza medallari bilan taqdirlangan. Respublikada pivo va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish ham keng rivojlangan. Sanoatni ushbu tarmog`ida yiliga 17,7 mln. dal. pivo, 20 dal. chanqovbosti ichimliklar, 380 mln. shisha mineral suv ishlab chiqariladi. Pivo va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaradigan yirik korxonalarga Qibray (Toshkent) va Farg’ona chanqovbosar ichimliklar zavodlari hamda Samarqand-Pulsar qo’shma korxonasi kiradi. Download 36.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling