2. Suvning termokimyoviy parchalanishi
Download 67.22 Kb.
|
Suvni termokimyoviy parchalash usulida vodorod olish
Termokimyo — kimyoviy termodinamikaning bir boʻlimi. Kimyoviy reaksiyalar jarayonida issiklik effektini oʻlchash yoki hisoblash, moddaning agregat holati oʻzgarishi bilan bogʻliq fizikkimyoviy jarayonlar, suyulish, erish, suyultirish va boshqalarni tadqiq qiladi. T. fizikkimyoviy sistemalarning issiklik sigʻimini va ularning haroratga bogʻliqligini ham miqdoriy jihatdan oʻrganadi.T.da issiqlik sigʻimi, yonish issiqligi, entalpiya, entropiya, izobari zotermik potensial kabi kattaliklar qoʻllanadi. Ulardan kimyotexnologiya jarayonlarining issiklik muvozanatini hisoblashda foydalaniladi. T.ning amaliy usuli — kalorimetriya. Reaksiyalarning tezligini aniqlashda moddalarning energetik xususiyatlarini bilish, shuningdek, birikmalarning tuzilishini hisobga olish muhim. Reaksiyalarning issiklik effekti yoki issiklik sigʻimini oʻlchashda kalorimetriyadan foydalaniladi. Reaksiyada ajralib chiqayotgan yoki yutilayotgan issiklik miqdori ifodalangan kimyoviy tenglamalar termokimyoviy tenglamalar deyiladi. T.da gomogen (bir jinsli) va geterogen (har xil jinsli) sistemalar maʼlum boʻlib, bular bitta yoki bir necha fazalardan tashkil topadi. Gomogen sistemata azot bilan kislorod gazlari aralashmasi, geterogen sistemata. esa suv bilan muzning aralashmasi yoki havo (atmosfera)dagi kumir va oltingugurt zarralarining aralashmasi misol boʻla oladi. Soʻnggi sistema 3 fazadan — 2 ta qattiq va 1 ta gaz fazasidan iborat.
T. ga G. I. Gess asos solgan. U 1840-yil termokimyoviy hisoblarga asoslangan prinsipni eʼlon qiladi, keyinroq mazkur prinsip Gess konuni nomini oladi. Baʼzi reaksiyalarning issiklik effektini toʻgʻridantoʻgʻri oʻlchash imkoni yoʻqligi yoki qiyinligi tufayli ularni Gess qonuni yordamida aniklanadi. T. 20-asrning 2yarmida kvant kimyosi, zanjir va yadro reaksiyalari tasavvurlari bilan boyidi, reaksiyalar issiklik effekti mutlaq nolga yaqin haroratlardan bir necha ming darajaga boʻlgan oraliqlarda oʻlchanilishiga erishildi. Biologik jarayonlar radiokimyoviy hodisalar, kosmik va yulduzlararo masofalardagi reaksiyalardan olingan maʼlumotlar T.ning rivojlanishiga olib keldi. T. krnuniyatlari texnologik jarayonlarning issiklik muvozanatini hisoblashda qullanib, kimyo sanoatida maqbul sharoitlarni aniqlashga yordam beradi. Adabiyotlar Технический анализ и контроль производства неорганических веществ. 2издание Под ред. Торочешкникова М. М., Высшая школа 1976 г. с. 241 – 248, 256 – 258. Горошев А.П. Технический анализ, стр. 362-371, Госхимиздат,1953. Шрайбан С.С Контроль производства хлора и каустика, стр. 57-66, ОНТИ,1934. Ismatov A.A. va boshqalar. Noorganik materiallar kimyoviy texnologiyasi,-T: O‘zbekiston, 2002, 336 б. Download 67.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling