2. t- guruxlarida munozaralarni tashkil etishning uziga


Download 18.84 Kb.
bet1/2
Sana22.09.2023
Hajmi18.84 Kb.
#1684578
  1   2
Bog'liq
Baxt psixologik muammo

Baxt psixologik muammo


Reja:
1. Munozara metodlarining ijtimoiy psixologik moxiyati.


2. T- guruxlarida munozaralarni tashkil etishning uziga


xosligi va turlari.
3. Breynstorming va uni utkazish texnologiyasi.

Tayanch iboralar:


Munozara, T-guruxlar, «generatorlar» «tankidchilar» «katalizatorlar» Breynstorming.

Umuman, baxs munozara yuli bilan turli ijtimoiy muammolarni xal kilish masalasiga kizikish utgan asrning 30-yillaridan boshlangan, deb xisoblanadi. Chunki ayni bu xodisaga kizikish shu davrga kelib pedogogika va psixologiya soxalariga xam yoyilgan va bu xakda birinchi ilmiy psixologik xulosalar kilgan olim shveysariyalik psixolog Jan Piajedir. U bola ijtimoiylashuvi jarayenini urganar ekan, uning uz tengkurlari bilan turli mavzularda kiladigan munozara yoki baxslari undagi egoistik shaxsiyatparaslik mavkeini susayishi va shu tarika uz-uzini anglash bilan bir katorda uzgalar mavkeini anglash va «uzga shaxs bula olish» kobiliyatini ustirishini anikladi. Keyinchalik shunga uxshash tadkikotlar sof ijtimoiy psixologik xodisalar doirasida xam urganila boshlandi. Masalan, nemis olimi Kurt Levin xam 40-yillardayok guruxda kupchilikning yagona bir karorga kelishining psixologik tabiatini urganar ekan, unda ana shu guruxlarda utkaziladigan tabiiy munozaralarning xar bir shaxs ijtimoiy ustanovkalari, karashlari va guruxga munosabatiga bevosita ta’siri borligini isbotladi. Uning fikricha, guruxdagi munozara xar bir shaxsning guruxiy faoliyatiga nisbatan motivatsiyasini oshirib, shu bilan birga xar kaysi a’zoning guruxiy jarayenlarga kushilishi, mavkeini anglash, uzgalarga nimanidar deyish kabi extiyejini oshiradi. Erkin,demokratik tarzda fikr almashinish imkoniyatining yaratilishi muxokama kilinayetgan muammo buyicha gurux a’zolaridagi fikrlash jarayonini tezlashtiradi, ularni ijtimoiy mavkelarini yanada faollashtiradi.


K. Levin eksperimentlarining real xayetda kanday samara berishi buyicha keyinchalik, ya’ni ikkinchi jaxon urushi yillarida sinovlar utkazilgan. Usha yillari bir gurux ayollarga ayrim ozik-ovkat maxsulotlari, jumladan, balik konservasi va pashtetning xam foydali ekanligi, xar doim xam yangi suyilgan mol yeki boshka xayvon gushtini iste’mol kilish shart emasligi xakida chiroyli va ishonchli ma’ruzalar ukilgan. Lekin ertasi kuni usha tinglovchilarning uch foizigina dukonlardan yukorida targibot kilingan narsalarni xarid kilganlar. Boshka bir ayellar guruxiga esa aynan shu mavzuda munozaralar utkazish sharoiti yaratilgan. Keyingi kuzatishlarning kursatishicha, munozara katnashchilaridan 32% usha ozik-ovkat maxsulotlariga nisbatan uz fikrlarini uzgartirganlar va taklif etilgan maxsulotlarni xarid kila boshlaganlar.
Ilmiy nuktai nazardan olib karaganda, munozaralarning moxiyati va axamiyati kuydagilarda izoxlanadi:an’anaviy ma’ruza tinglovchilari tanishtirilayotgan muammoga nisbatan taxminan bir xil neytral mavkeni bildiradilar, ya’ni shu mavzu yuzasidan uzida tugri fikr mavjud bulgan sharoitda ma’ruzachining (xam) bildirayotgan fikrlarini ishonchlirok va asoslanganrok, deb xisoblab, mavzu yuzasidan shaxsiy fikrini past baxolaydi. Agar bayon etilayetgan fikrlar mutlako yangi bulsa, uning moxiyatiga tula tushunib yetish va tushunish kiyin, degan ma’noda yana fikriy pasayish yuzaga keladi. Fikrlar tuknashuvini takozo kiluvchi munozarada esa karama-karshi yoki monand fikrlarning borligini anglash xam shaxsda ushbu fikrlarga nisbatan ancha faol mavkeni shakllantiradi.
Munozaraning kanday yakunlanishidan kat’iy nazar, ya’ni unda fikrlar kesishmasligi xam mumkin yeki ularda ma’lum uygunlik bulishi kuzatiladi, bunda nima bulganda xam baxsning mazmuni shaxsning ijtimoiy tasavvurlari va karashlarida mustaxkam urnashadi xamda xotirada koladi. Baxsli munozaraning predmeti yoki obyekti sifatida maxsus tarzda tanlab olingan muammo yoki amaliy faoliyatda uchraydigan turli xodisalar va karama-karshi goyalar kabul kilinishi mumkin. Masalan, 50-yillarda ingliz shifokorlari Maykl va Enid Bamintlar psixoterapevtlar seminarini tashkil etib, munozara va muxokamaning amaliy axamiyatini isbotlashgan. Ular xar kuni klinikadagi vrachlarning tuplanishlari va kundalik amaliyotlarida ruy bergan xodisalar, faktlar xakida ma’lumotlar berib, keyin bildirilgan fikrlar uzaro muxokama kilingan. Shu tufayli turli shifokorlar tajribasida tabiy xisoblangan «uzbilarmonchilik» ning oldi olingan va xozirgacha saklanib kolgan «5-dakikalik»shifokorlar yigini paydo bulgan. Shifokorlar uzaro fikr almashinishlari tufayli ma’lum umumiy foydali karorlarga kelishlari tibbiyot ilmi va amaliyotining rivojiga ijobiy ta’sir kursatgan.


Download 18.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling