2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. Iqtisodiyoti. Xalqaro iqtisodiy aloqalari
Download 15.07 Kb.
|
1 2
Bog'liqy.elshod turizm geografiyasi
Birlashgan Qirollikning aholi
zichligi xaritasi Iqtisodiyoti. Buyuk Britaniya Yevropa va jahon miqyosida iqtisodiy jihatdan eng qudratli davlatlardan biri bolib, YIM hajmi boyicha Yevropada Germaniyadan keyingi 2-o'rinda turadi. Buyuk Britaniya sanoat inqilobining vatani bo'lib, XIX asr va XX asr boshida dunyoning yetakchi sanoatlashgan mamlakati hisoblangan. U davrda Birlashgan Qirollik sanoati ayniqsa to' qimachilik, ko'mir, qora metallurgiya, kemasozlik tarmoqlarining rivojlanganligi bilan alohida ajralib turgan. Hozirgi vaqtda esa Buyuk Britaniya sanoatining yetakchi tarmoqlari avtomobilsozlik, qatoriga aviasozlik, qishloq xo'jaligi mashinasozligi, kimyo va farmatsevtika sanoati kiradi. Mamlakat elektr energetikasi IESlarga tayanadi. Qishloq xo'jaligining yetakchi tarmoqlari sut-go'sht goramolchiligi, qo'ychilik va chochqachilik hisoblanadi. Asosiy qishlog xo'jalik ekinlari: bug doy, arpa, kartoshka, qandlavlagi. Buyuk Britaniya iqtisodiyotida xizmat ko'rsatish sohalari ham juda katta ahamiyatga ega. Ulardan bank-moliya sohasi, turizm, axborot texnologiyalari, tibbiyot va oliy ta'lim o' zining xalqaro ahamiyati bilan alohida ajralib turadi. London shahri jahonning eng yirik moliyaviy markazi hisoblanadi. Buyuk Britaniyaga dunyoga mashhur ko' plab tarixiy-madaniy yodgorliklarni ko'rish uchun har yili bir necha on million sayyoh tashrif buyuradi. Birlashgan Qirollik eng kop sayyohlarni qabul qiladigan jahonning yetakchi 10 ta davlatlaridan biri. Sanoati. Buyuk Britaniya iqtisodiy jihatdan rivojlangan yirik sanoatlashgan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 21 % ni sanoat, 1,8 % ni qishlog, o'rmon va baliq xo'jaligi, 70,2 % ni xizmat ko'rsatish tarmog'i beradi. Buyuk Britaniya eksportining 90 % ni sanoat ta'minlaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyin sanoat tuzilmasida katta o'zgarishlar sodir bo'ldi: konchilik, qora metallurgiya, yengil va oziq-ovat sanoati, shuningdek kemasozlik va avtomobilsozlik kabi tarmoqlar ulushi kamaydi; energetika, elektr mashinasozligi va kimyo sanoatining ulushi oshdi. Atom, elektron, aerokosmik, neftni qayta ishlash va neft kimyosi tarmoqdari katta ahamiyat kasb etdi. Qora metallurgiyaning asosiy markazlari -Janubiy Uels, Yorkshir va Hambersayd, Shimoliy Angliya va Shotlandiyada. Rangli metallurgiya ishonalari - Midlend, Janubiy Uels, Taynsayd va Londonda. Atom sanoati ishxonalari Shimoliy G'arbiy Angliya va London atrofida joylashgan. Kimyo sanoati ishonalari Katta London, Lankashir, Cheshir, Shimoliy dengiz va Bristol qoltig'i sohillarida, to'qimachilik sanoati ishonalari Lankashir va Yorkshirda. Shimoliy dengizda katta neft va gaz zaxiralari mavjud. Buyuk Britaniyada yiliga o'rtacha 48,2 mln. tonna toshko' mir, 121,8 mln. tonna neft, 89,8 mird. tabiiy gaz qazib olinadi, 304,5 mlrd. Kvt\ soat elektr energiyasi (asosan issiqlik elektr stansiyalarida) hosil qilinadi, 17,5 mln. tonna po lat ishlab chiqariladi. Qishlog xo'jaligi. Qishlog xo'jaligida mamlakatdagi mehnatga gobiliyatli aholining 2 % gina band. Buyuk Britaniya qishlog xo jaligi intensivlik, mahsuldorlik va mexanizatsiyalashuvning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. U mamlakatning oziq ovqatga bolgan ehtiyojining 75 %ini ta'minlaydi. Birlashgan Qirollikning asosiy tarmog'i -chorvachilik Buyuk Britaniyada 12 mln. goramol, 7,5 mln. chochqa, 41,5 min. qo'y, 131 mln. parranda bor. Dehqonchilikda asosiy ekin - g'alla. Qand lavlagi, kartoshka ham ekiladi. Sabzavotchilik, bog dorchilik, gulchilik rivojlangan. Shimoliy dengiz va Atlantika okeanida baliq ovlanadi Transporti. Birlashgan Qirolliklar uzunligi 32 ming km. Asosiy temir yol uzeli - London; undan 11 tomonga temir yo'l ketgan. Birlashgan Qirolliklarning zichligi jihatidan Yevropada Belgiyadan keyin 2-o'rinda. Ichki yuklarni tashishda avtomobil transporti 1-o'rinda. Yo'lovchilar tashishda havo transportining mavei katta. Dengiz savdo flotining tonnaji 4,3 mln. tonna dedveyt. Eng yirik dengiz portlari: London, Sautgempton, Milford, Xeyven, Xall, Immengem, Liverpul, Manchester va boshqalar. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Tashqi savdo mamlakat iqtisodiyoti uchun juda katta ahamiyatga ega. Chetga chiqariladigan mahsulotning 90 % ini sanoat tarmog'i beradi. Buyuk Britaniya chetga mashina va uskunalar, transport jihozlari, ip va jun gazlamalar, kimyo mahsulotlari, neft mahsulotlari, oziq-ovqat, qoramol, po'lat, toshko'mir chiqaradi. Chetdan temir ruda, rangli va nodir metallar, neft, fosforit, paxta, turli xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari - Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSh, Yaponiya. Chet el sayyohligi rivojlangan (1 yilda 12 mln. kishi kelib ketadi). Buyuk Britaniyada nishonlanadigan bayramlar: 1yanvar -yangi yil; 12 yanvar -Kel't musiqa va madaniyati kuni; 25 yanvar -Robert Bern tug ilgan kuni; 30 anvar-Apxeleo bayrami. Bayramda aholi vikinglar kiyimida eski kemani bolta yordamida maydalab, olov bilan yoqishadi. Song yonib bo'lgan kema yonida qo' shiq kuylashadi. 14 fevral-Avliyo Valentin kuni; 1mart-Avliyo Devid kuni; 17 mart-Avliyo Patrik kuni; 26 mart -Onalar kuni; 1 aprel-kulgi kuni; 6 aprel-zavqli juma kuni; 8 aprel-Katolik Pasxa kuni; 19 aprel-qor bayrami; 21 aprel-Qirolicha Yelezavetta II tug'ilgan kuni; 30 aprel-Bahor bayramining davomiy kuni; 1 may -bahor bayrami; 25 dekabr -Katolik tug ilgan kuni; 26 dekabr -sovg alar kuni Savollar 1.Buyuk britaniya maydoni? 2.Buyuk britaniya aholisi? 3.Buyuk Britaniya poytaxti? 4.Qaysi yilda Buyuk Britaniya va O’zbekiston o’rtasida diplomatik munosabat o’rnatildi? 5.Ben-Nevis balandligi nechi metr? 6.Snoudon tog'i balandligi nechi metr? 7.Skofell tog'i balandligi nechi metr? 8.Chetga chiqariladigan mahsulotning nechi % ini sanoat tarmog'i beradi? 9.Asosiy temir yol uzeli - London; undan nechi tomonga temir yo'l ketgan? 10.Qora metallurgiyaning asosiy markazlari? Javoblar 1.243,8 ming km 2.67,2 mln 3.London 4.1991-yil 5.1343 m 6.1085m 7.978 m 8.90 % 9.11 10.Janubiy Uels, Yorkshir va Hambersayd, Shimoliy Angliya va Shotlandiyada. E’tiboringiz uchun rahmat Download 15.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling