2-Tajriba ishi
Mavzu: Metall va uning qotishmalarini metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida suyultirib
dastaki payvandlashni o’rganish
Ishdan maqsad: Qo‘lda elektr yoyli payvandlash texnologiyasi va uni bajarishda qo‘laniladigan
asbob-uskunalarlar bilan tanishish.
I. Ishni bajarish uchun umumiy ma’lumotlar
Konstruksion materiallarning o‘zaro ulanadigan yuzalarini elektr yoyi issiqligi bilan eritib
biriktirish elektr yoyli payvandlash deb ataladi.
Payvandlash xalq xo‘jalagining щamma soщasida qo‘llaniladi.
Payvandlash o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokda bajarilishi mumkin. O‘zgarmas tokda bajarish
uchun payvandlash generatori ishla tiladi. O‘zgaruvchan tokda esa, payvandlash trasformatori tokni
tartibga soluvchi moslama bilan birga ishlatiladi.
1.Payvandlash transformatori-kuchlanishni 220-230 voltdan 30-65 voltga pasaytirib be rish
uchun xizmat qiladi. Payvandlash toki kuchini o‘zgartiruvchi esa yoyni barqaror bo‘lishini ta’minlaydi.
Payvandlash transformatori berk o‘zakdan (serdechnik) iborat bo‘lib, materiali trasformator
uchun ishlatiladi gan po‘latdan plastinka shaklida yasalib, qavat-qavat qilib taxlanib o‘rganiladi.
Plastinka yuzalari tokni o‘zgarmasligi uchun loklanadi va o‘zak otiga qo‘zg‘almas qilib birinchi
o‘ram, tepasiga esa qo‘zg‘aluvchan qilib ikkinchi o‘ram o‘rnatilgan bo‘ladi.
Birinchi o‘ram elektr tarmog‘iga ulanadi. O‘ramlar soni birin chida ko‘p ikkinchida kam bo‘lib,
past kuchlanishda katta tok olish va zifasini bajaradi.
Qo‘zg‘aluvchan o‘ramni (9) qo‘zg‘almaydigan o‘ramga (8) yaqinlashtirilsa (l-masofada)
payvandlash tok kuchi yuqori bo‘ladi. Agar uzoqlashtirilgach pasayadi (-rasm).
2.Elektrod tutgich-unda elektrod maxkamlanib tok yuboriladi va dastasidan payvandchi ish
paytida ushlab turadi. Uning ko‘rinishi щar xil shaklda bo‘ladi.
3.Ximoya oynagi-yoy nuridan va erigan metalning sachrashidan payvandchi yuzi va ko‘zini
asraydi.
4.Tok o‘tkazuvchi simlar-elastik bo‘lib, uning tashqi yuzasidan tok o‘tkazmaydigan bo‘ladi.
5. Metal shchyotka bolg‘a zubila-payvand choklarni tozalash va chok o‘lchovini to‘g‘rilash
uchun ishlatiladi.
6. Andozalar-chok o‘lchovini aniqligini bilish uchn har xil shaklli andozalar ishlatiladi.
7. Payvanchilar uchun maxsus kiyimlar- kurtka, yoki kam binzon tayyorlanadi. Ularning
materiali qattiq brezentdan bo‘lib щavfsizlik qoidasiga muvofiq tikiladi. Oyoq kiyimlarini rezinaligi
ishlatiladi.
8. Payvandlash ishini boshlashdan oldidan texnika щavfsizlik qoidalari bilan tanishtiriladi.