2. Talabni qanchalik ko'p mijozlarga epagtirish kerakligini aniqlash zarur. Bu, mahsulotni sotishga qancha talab borligini bilish imkonini beradi va ishlab chiqaruvchi tovarni qilishni tashqi odatlariga o'xshash tarzda bajarishga yordam
Download 32.21 Kb.
|
1 2
Bog'liqBiznes
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulot tannarxi
Ishlab chiqarish harajatlari — korxonaning mahsulot i.ch. maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg'ʻi va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlariga qilingan barcha xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxining tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarni oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar. Jumladan, harajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra, Ishlab chiqarish xarajatlar quyidagi turlarga boʻlinadi: doimiy harajatlar: — korxona toʻlov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmati harajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va b; oʻzga-ruvchan harajatlar: — xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun harajatlar. Umumiy (yalpi) harajatlar — doimiy va oʻzgaruvchan harajatlar yi-gʻindisi. Bevosita i.ch. harajatlari — konkret mahsulot Ishlab chiqarishga ketgan va bevosita uning tannarxiga oʻtadigan harajatlar. Bilvosita harajatlar — mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilmaydigan harajatlar. Oʻrtacha harajatlar — maʼlum vaqt orali-gʻidagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi boʻyicha yoki tashkilotlar gu-ruqi boʻyicha bir buyumga toʻgʻri keladigan harajatlarning oʻrtacha kattaligi. Ekspluatatsiya (foydalanish) harajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, i.ch. vositalarini va kundalik foydalaniladigan xoʻjalik buyumlarini ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar 5) Mahsulot tannarxi - shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan barcha bevosita va bilvosita xarajatlarning qiymat ifodasidir. Mahsulot tannarxi korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining hamma tomonlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish buxgalteriya hisobining eng asosiy sohalaridan biri hisoblanadi. Mahsulotning tannarxi ishlab chiqarish samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, korxonaga mahsulot tayyorlash qanchaga tushganligini ko‘rsatadi. Tannarx ko‘rsatkichi sotish narxlarini belgilash, mahsulot rentabelligini hisob-kitob qilish, xarajatlarini pasaytirish rezervlarini aniqlash uchun ishlatiladi. Korxona xo‘jalik faoliyatida xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishonchliligi va ular hisobining to‘g‘ri yuritishni ta’minlash uchun ularni hisobotda daromad va xarajatlar muvofiqligi tamoyiliga asosan aks ettirish zarur. Bu zaruriyat daromad va xarajatlar hisobini korxona faoliyatining turlari bo‘yicha yuritish afzalliklaridan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini to‘g‘ri hisobga olish uchun, bu xarajatlarni maqsadga muvofiq turkumlash zarur. Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi to‘g‘risidagi nizomga asosan barcha xarajatlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar; mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar. Mahsulot tannarxiga qo‘shilish usuliga qarab ishlab chiqarish xarajatlar ikki guruhga bo‘linadi: bevosita (to‘g‘ri) xarajatlar, bilvosita (egri) xarajatlar. Bevosita (to‘g‘ri) xarajatlar deb, mahsulot tannarxiga to‘g‘ridan to‘g‘ri, ya’ni bevosita o‘tkaziladigan xarajatlarga aytiladi. Masalan, texnologik maqsadda sarflangan xom ashyo va asosiy materiallar, ishchilarning ish haqi va h.k. Bilvosita, ya’ni egri xarajatlar bir necha xil mahsulotni tayyorlash bilan bog‘liq (suv, quvvat, bug‘ va shu kabilar sarfi). Shuning uchun ular mazkur mahsulot turlari o‘rtasida taqsimotning aniq bazalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Temir yo‘l transporti korxonalarida xarajatlarni hisobga olish 1995 yildan boshlab jahon amaliyotida progressiv hisob tizimi sifatida tan olingan direkt-kosting tizimi asosida yuritila boshladi. Xarjatlarning ushbu tizimi mustaqillik yillarida buxgalteriya hisobida amalga oshirilgan islohatlarning natijasidir. Xarajatlarni hisobga olish va nazorat qilishning direkt-kosting tizimida xarajatlar doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarga guruhlangan holda hisobga olinadi. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga bog‘liqlik darajasiga qarab doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar ham farqlanadi. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga (qisqarish yoki ortishi) bog‘liq bo‘lmagan mahsulotning hajmiga ta’sir etmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi, uning o‘sishiga ham bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo‘ladi. Bunday xarajatlarning qatoriga o‘z asosiy fondlarining amortizatsiyasi, binolarning ijarasi, ma’muriyat va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga ish haqi, soliqlarning ayrim ko‘rinishlari va boshqalar kiradi. O‘zgaruvchi xarajatlar ishlab chiqariladigan tayyor mahsulot miqdorini oshishiga yoki kamayishiga ta’sir qiladi va ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishiga bog‘liqlikda o‘zgaradi. O‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga nisbatan proporsional ravishda o‘zgaradi. Bunday xarajatlarning tarkibi xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar, texnologik ehtiyojlar uchun yoqilg‘i va yenergiya, asosiy ishchilarning ish haqlari kabilar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlardan iborat. Bir vaqtning o‘zida xo‘jalik yurituvchi subyektning xarajatlarining doimiy xarajatlar va o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘linishi shartli xarakterga ega. Buning sababi shundaki, uzoq vaqt davomida korxonaning barcha xarajatlari o‘zgaradi. Shuning uchun ham, ular ko‘p hollarda shartli-doimiy va shartli-o‘zgaruvchan xarajatlar deb yuritiladi. Xarajatlarning bunday bo‘linishidan ishlab chiqariladigan mahsulotning tarkibiy tuzilmasini optimallashtirishda, shuningdek, moliyaviy rejalashtirishni amalga oshirishda foydalaniladi. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladigan xarajatlar iqtisodiy mazmuniga muvofiq quyidagi xarajat elementlariga bo‘linadi: ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymatini chiqarib tashlab); ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga haq to‘lash xarajatlari; v) ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug‘urta ajratmalari; g) ishlab chiqarish ahamiyatiga ega asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi. Download 32.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling