2. Talim jarayonida amaliy va tashkiliy qisimlari O’qitish medodlarida zamonaviy tehnologiya-lardan foydalanish
Geografiyada o’qitishda foydalanadigan tehnologiyalar
Download 95 Kb.
|
Geografiya darslari va darslari tashqari ishlarida zamonaviy ta’lim metodlari
4. Geografiyada o’qitishda foydalanadigan tehnologiyalar
Geografiya ta’limida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish muammolari. Geografiya ta’limi metodikasining rivojlanishi yangi o’qitish metodikalarini ishlab chiqish, majmualarni takomillashtirish, ilg’or metodlarni qo’llash bilan bog’liq. Mazkur muammolarni xal qilish qo’p jihatdan pedagogik tatqiqotlarda qo’llanadigan metodlarga bog’liq. Geografiya ta’limi metodikasi bo’yicha tatqiqot ishlarini olib borishni dastlabki manbai bo’lib O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuni, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi va boshqa hukumat qarorlari asos bo’lib hisoblanadi. Xar qanday fanda ham tatqiqod metodlarini ishlab chiqish va tatqiqotlar olib borish metodologiya va ilmiy tatqiqod metodlari tushunchalari bilan bog’liq Metodologiya – bu borliqni bilish va o’zgartirish metodlari haqidagi ta’limotdir. Ilmiy tatqiqod metodlari – bu tadqqod olib borish usullaridir. Geografiya ta’limi metodikasida ilmiy tatqiqot metodlari ikkita katta guruhga bo’linadi: eksperemental-emprik va nazariy metodlar; Eksperimental-emprik usullar pedagogik tatqiqotlar bosqichida qo’llaniladi, nazariy usullar esa yig’ilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va nazariyalar tuzish bosqichida qo’llaniladi. Geografiya ta’limini rivojlanishini dastlabki bosqichlarida asosan eksperimental-emprik usullar qo’llanilgan. Ammo XX-asrning 2-yarmidan boshlab geografiya ta’limi metodikasining nazariy jixatlarini rivojlanishi oqibatida u xususiy didaktika faniga aylandi. Metodik tatqiqotlarda nazariy usullar va ularning alohida qismlari keng qo’llanila boshlandi. Masalan, tizimli-tarkibli yondoshish, bilimlarni mantiqiy didaktik tahlili, o’quv materialini tarkibiy- mantiqiy va mantiqiy tushuncha tahlili Tatqiqot usullarini tanlash qo’yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqadi. Masalan, muammoning dolzarbligi, maqsad va vazifalarni aniqlash va boshqalar mavjud ilmiy adabiyotlarni nazariy tahlil qilishni talab etiladi. 1.4.1.Nazariy tatqiqot usullari. Nazariy tatqiqot usullariga adabiyotlarni tahlil qilish, statstikmatematik, tarixiy, qiyosiy va tizimli usullar kiradi. Adabiyotlar bilan ishlash usuli. har qanday ilmiy ish shu sohada e’lon qilingan adabiyotlarni o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirish bilan boshlanadi. Mazkur usul yordamida boshqa tatqiqotchilar tomonidan olingan ma’lumotlar to’planadi va o’rganiladi va umumlashtiriladi. Geografiya ta’limi metodikasida quyidagi sohalar bo’yicha ma’lumotlar to’planadi va tahlil qilingadi: ta’lim bo’yicha davlat tomonidan chiqarilgan qonunlar, qarorlar va boshqa xujjatlar; bilish nazariyasi bo’yicha falsafiy adabiyotlar o’rganiladi; mantiq, psixalogiya va didaktika bo’yicha ma’lumotlar o’rganiladi va tahlil qilinadi: o’qitish metodikasi bo’yicha e’lon qilingan ilmiy ishlar alohida tahlil qilinadi; Adabiyotlar tahlili amalga oshirilgandan so’ng o’rganilayotgan muammoning dolzarbligi, o’rganil-may qolgan jihatlari aniqlanadi. Statistik- matematik metodlar. O’qitish metodikasi bo’yicha olib borilgan tatqiqotlar natijalarini hisobga olish va ularni umumlashtirish maqsadida qo’llaniladi. Miqdoriy ko’rsatgichlarni tanlash ularni tartibgakeltirish va tahlil qilish metodik tatqiqotlarda katta ahamiyatga ega. Chunki ular juda ko’p pedagogik tatqiqotlarning o’lchami hisoblanadi. Miqdoriy ko’rsatgichlar yordamida tarbiya va o’qitishda qo’llaniladigan pedagogik vositalarning qanchalik foydaliligini aniqlash mumkin. Qiyosiy usul. Mazkur usul yordamida fandagi va maktab geografiyasidagi bilimlar tizimi, o’qitish jarayonida qo’llaniladigan metodlar, o’quv vositalari, baholash usullari, dars turlari tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Bu esa tatqiq qilinayotgan muammoni umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini ochib berishga imkon beradi. Tarixiy usul. Mazkur usul yordamida o’rganilayotgan metodik muammoning rivojlanishini o’ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. Bundan tashqari ma’lum bir muammoni ayrim davrlarda rivojlanishini ham ochib beradi. Tizimli - tuzilish usuli. Bu umumiy fanlararo tadqiqot usuli bo’lib XX-asrning 70-yillaridan boshlab ilmiy-tatqiqot ishlarida keng qo’llanilaboshlandi. Mazkur usul bir butun bo’lgan geografik borliqni eng muhim xususiyatini ochib berish va uni tarkibiy tuzilishining darajalarini aniqlashdan iborat. Geografiyani o’qitish metodikasida mazkur usul yordamida ma’lum bir tizim tizimchalarga bo’linadi. Geografiya o’qitish metodikasida o’quv materiali tizim sifatida qaraladi, uning tarkibiy qismlari esa tizimchalar sifatida qaraladi. Tizim tuzilish usullarini tarkibida mantiqiy-tuzilish tahlil mavjud. Mazkur usul yordamida o’quv materialining tuzilishi va ularni bayon etilishining ketma-ketligi aniqlanadi. Mazkur usul bir butun geografik borliqni tuzilishini tatqiq qilishga imkon beradi va undan alohida qismlarni ajratishga va ular orasidagi bog’liqliklarni ochishga yordam beradi. Download 95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling