2. Talim jarayonida amaliy va tashkiliy qisimlari O’qitish medodlarida zamonaviy tehnologiya-lardan foydalanish


Geografiyada o’qitishda loktal va xususiy metodlari


Download 95 Kb.
bet3/6
Sana07.05.2023
Hajmi95 Kb.
#1437507
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Geografiya darslari va darslari tashqari ishlarida zamonaviy ta’lim metodlari

3. Geografiyada o’qitishda loktal va xususiy metodlari
Geografiya ta’limi metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi. Geografiya ta’limi metodikasi qator tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hamda gumanitar fanlar bilan o’zaro bog’langan. Geografiya o’qitish metodikasini geografiya fani bilan bog’liqligi quyidagilarda namoyon bo’ladi:
-geografiya fani maktab geografiyasi mazmunini asosini tashkil qiladi va uning rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Geografiya fanidagi yutuqlar va o’zgarishlarni maktab geografiyasining mazmunida va tuzilishida aks ettirib boradi;
- geografiya fanining mazmuni maktab geografiyasining tuzilishida aks etgan. Maktab geografiyasi ikki qismdan iborat: tabiiy va iqtisodiy geografiya. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’tiladigan «Amaliy geografiya» darsligida injinerlik geografiyasining mazmuni aks etgan;
-o’quv vositalari va ular bilan ishlash usullari geografiya fanida qo’llaniladigan usullar bilan aniqlanadi. Masalan geografiyada keng qo’llaniladigan kartografik usul, maktab geografiyasida ham keng qo’llaniladi (kartalar bilan ishlash), dalada olib boriladigan tatqiqot ishlari maktab geografiyasida o’tkaziladigan o’quv- sayohatlarda aks etgan;
- geografiya ta’limining mazmuni va tuzulishi geografiya fanining rivojlanishi bilan muntazam takamillashib boradi. Xozirgi paytda maktab geografiyasida yangi-yangi tushunchalar paydo bo’lmoqda: ekologikgeografik sharoit; tizimli usul; geosiyosat: bashorat; baholash va h.k.
Didaktika barcha o’quv predmetlarini metodikasini umumiy ilmiy asosini tashkil qiladi. Geografiya ta’limi metodikasi didaktika fani tomonidan asoslab berilgan qonunyatlar, qonunlar va qoidalar asosida rivojlanadi. Didaktika fani geografiya o’qitish jarayonini tarkibiy qismlari o’rtasidagi qonuniy bog’lanish va munosabatlarni oydinlashtiradi va shu asosida o’qitishni maqsadi, mazmuni, usullari hamda o’qitish jarayonini jihozlashga doir talablarni belgilab beradi. Geografiya o’qitish metodikasi fani didaktika faniga suyanibgina qolmasdan balki uning rivojlanishi uchun muhim ma’lumotlar beradi. Masalan, o’quvchilarning geografik bilmi, ko’nikma va malakalarni baholash, geografik tasavvur, tushuncha, g’oyalar tizimini shaklllantirish va boshqalar.
Psixologiya fani o’quvchilardagi ruhiy faoliyatning umumiy qonuniyatlarini o’rgansa, geografiya o’qitish metodikasi esa o’quvchilarning ruhiy faoliyatini, ularning geografik bilimlarni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan tomonlarini o’rganadi. Geografiya predmetini o’qitishda o’quvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash qobiliyatini e’tiborga olmasdanularning o’quv faoliyatiga samarali ta’sir etib bo’lmaydi. Shu tufayligeografiya o’qitish metodikasi psixologiya fani bilan chambarchasbog’langan. Geografiya ta’limi metodikasi ekologiya fani bilan ham uzviybog’langan. Maktab, akademik litsey va kasb hunar kollejlaridagi geografiya ta’limida atrof-muhit muhofazasiga va tabiiy resruslardan oqilona foydalanish masalalariga katta e’tibor berilgan. Boshlang’ich tabiiy geografiya kursidan boshlab (5-sinf), o’rta ta’lim geografiya predmetlarida tabiiy resruslardan oqilona foydalanish, tabiat tarkiblarini xo’jalik faoliyati ta’sirida ifloslanishi, ularni oldini olish va atrof- muhit muhofazasi masalalari atroflicha ko’rib chiqilgan. Geografiya ta’limi metodikasi tarix, til va adabiyot va boshqa gumanitar fanlar bilan ham bog’langan. Maktab geografiyasida geografikbilimlarning rivojlanishini, har bir materik va o’lkalarni tabiati va uni o’zlashtirilish tarixini o’rganish tarixiy manbalarni o’rganish bilan bog’liq.
Geografik nomlarni to’g’ri yozilishi, ularni talqini, kelib chiqishi va mazmunini aniqlashda tilshunoslik qonunyatlari va qoidalari asosida olib boriladi. Maktab geografiyasida jahon, mamlakatlar va xududlarni o’rganishda, geografik qobiqni tarkibiy qismlari va undagi jarayonlarni o’quvchilarga tushuntirilishida badiiy adabiyotlardagi yorqin ifodalar, talqinlar va tavsiflardan foydalaniladi.
Geografiya o’qitish metodikasi ximiya, biologiya va qishloq xo’jaligi fanlari bilan ham chambarchars bog’langan. Geografik qobiqning kimyoviy tarkibini, tabiatni kimyoviy modddalar bilan ifloslanishini va ularni oldini olish yo’llarini o’rganishda maktab geografiyasi ximiya fanining yutuqlariiga asoslanadi. Geografik qobiqning asosiy tarkibiy qismi bo’lgan tuproq, o’simlik qoplami, hayvonot dunyosini va turli xil ekinlarni yetishtirishni o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishda maktab geografiyasi biologiya va qishloq xo’jaligi fanlari tizimi yutuqlariga asoslanadi.
Geografiya ta’limida ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilishda, zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishda maktab geografiyasi matematika, statistika va axborot texnologiyalari fanlari yutuqlariiga asoslanadi. Hozirgi davrda geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalar qo’llanilmoqda va ulardan foydalanishning ilmiy –metodologik asoslari ishlab chiqilmoqda. Mazkur sohada geografiya ta’limi yangi pedagogic texnalogiyalar fani yutuqlariga tayanadi.



Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling