2. Talim jarayonida amaliy va tashkiliy qisimlari O’qitish medodlarida zamonaviy tehnologiya-lardan foydalanish


Geografik ta’lin metodlarni tashkil etish


Download 95 Kb.
bet2/6
Sana07.05.2023
Hajmi95 Kb.
#1437507
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Geografiya darslari va darslari tashqari ishlarida zamonaviy ta’lim metodlari

2. Geografik ta’lin metodlarni tashkil etish
Geografiya fanini maqsad va vazifalari turli davrlarda o’zgarib va qaytadan shakillanib turgan. O’qitishni maqsadini aniqlash qadimdan didaktika va o’qitish metodikasining eng muhim muammolaridan hisoblanib kelmoqda. Ushbu muammoni qanday yechish bilan maktab geografiyasining tuzilishi, mazmunini va o’qitish metodlarini turlari bog’liq. Oxirgi davrlarda, asosan XX-asr davomida o’qitish maqsadini ishlab chiqish muammosiga katta e’tibor berildi. Hozirgi davirda ham geografiya ta’limining mazmunini o’zgarishi munosabati bilan mazkur muammoga yanada ko’prok e’tibor berilmoqda. Geografiya o’qituvchisi har bir sinf geografiya kursini maqsadlarini bilishi lozim. Geografiya ta’limining maqsadlarini uch guruhga bo’lish mukin: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi.
Ta’limiy maqsadlar quyidagilardan iborat:
-o’quvchiga tabiiy geografiya, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya hamda amaliy geografiya asoslari bo’yicha mustahkam bilimlar berish. Tabiatdan foydalanishni va uni muhofaza qilishni ilmiy, texnik, iqtisodiy asoslarini ochib berish;
-umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
o’quvchilarini iqtisodiy, ekologik, politexnik, geosiyosiy bilimlarni
egallashlariga imkon yaratish:
- tabiiy geografiya va iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, amaliy geografiya va boshqa maxsus geografik fanlarni yirik xalq xo’jaligi muammolarini yechishdagi o’rni va ahamiyatini ochib berish. Masalan, Orol muammosini yechimini, Sibir daryolari oqimini bir qismini O’rta Osiyoga oqizishni, O’zbekistonning buyuk davlat bo’lishini geografik asoslarini ishlab chiqish;
- o’quvchilarni geografik borliq va hodisalarni o’rganish usullari bilan qurollantirish. Mazkur usullar (metodlar) bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish;

  • o’quvchilarni geografik kartalardan, ma’lumotnomalardan, qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishga o’rgatish, egallagan geografik bilimlarini amalda qo’llay bilish ko’nikmalarini shakillantirish. O’quvchilarni mustaqil ravishda tegishli mabalardan foydalanib o’z bilmini oshirishga o’rgatish;

- O’quvchilarda geografik madaniyatni shakllantirish. Tarbiyaviy maqsadlari:
- O’zbekistoning kelajagi buyuk davlat ekanligini asoslab berish, o’quvchilarda Vatanimiz qudrati va ravnaqidan faxrlanish tuyg’ularini shakillantirish;
- o’quvchilarda tabiatdagi va tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sirlarga didaktik nuqtai nazardan qarashga o’rgatish;
- o’quvchilarni ahloqiy jihatdan to’g’ri tarbiyalash, ularga Vatanga muhabbat ruhida, Vatanni himoya qilish har fuqoroning oliy burchi ekanligini o’qtirish;
- o’qtuvchilarni mehnat tarbiyasiga va kasb tanlashiga yordam berish, hozirgi zamonda o’z o’rnini topishga ko’maklashish.
O’quvchilarni qiziquvchanlik qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan maqsadlar:
- geografik bilimlar va muammolarga qiziqishni uyg’otish;
- o’quvchilarga kuzatuvchanlik, eslab qolish, tafakkur, tasavvur va
nutq qobiliyatlarini rivojlanishiga imkon yaratish:
- o’quvchilarni ular imkoniyati doirasidagi geografik muammolarni
yechishga o’rgatish, ularda hodisa va jarayonlarga kompleks va sintetik
yondashishni shakllantirish.
Maktab geografiyasining vazifalari uning maqsadlaridan kelib chiqadi:
- maktab geografiyasining umumiy va har bir sinf bo’yicha maksadi,
mazmunini aniqlash va ularni yanada takomillashtirish;
- o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda geografik
bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishiga imkon beradigan ta’lim usullarni
aniqlash;
- o’quvchilarga amaliy geografik ko’nikma va malakalarni singdirish
imkoniyatlarini aniqlash;
- ta’lim jarayonida o’quvchilar faoliyatini oshiradigan va mustaqilligini
ta’minlaydigan samarali usullarni aniqlash;
- umumiy va kasb-hunar ta’limi tizimidagi o’quvchilarni mexnatga
o’rgatish, ularga axloqiy, estetik tarbiya berish vazifalarini ochib berish;
- ta’limni tashkil etish turlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
-o’qitish metodikasini yanada takomillashtirish, sinalgan o’quv
metodlarini yanada rivojlantirish;
-yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashni ilmiy-metodik asoslarini
ishlab chiqish;
-geografiya ta’limida axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan
foydalanib dars o’tish usullarini ishlab chiqish;
-darslik, o’quv qo’llanmalari va vositalariga qo’yiladigan talablarni
ishlab chiqish va ulardan foydalanish hamda ular bilan ishlash usullarini
ishlab chiqish.

Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling