Bob. Texnologiya mashg’ulotlarida o’quvchilarga politexnik ta’lim berishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning metodologik asoslari
Download 1.4 Mb.
|
kurs ishi - 1 reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. BOB. Texnologiya mashg’ulotlarida o’quvchilarning politexnik tayyorgarligini amalga oshirishda axborot kompyuter texnologiyalaridan foydalanish metodikasi.
- Xulosa . Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Texnologiya mashg’ulotlarida o’quvchilarning politexnik tayyorgarligini amalga oshirishda axborot kompyuter texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Reja: Kirish BOB.Texnologiya mashg’ulotlarida o’quvchilarga politexnik ta’lim berishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning metodologik asoslari. 1.1. Zamonaviy axborot texnologiyalari va uning ta’lim jarayonidagi tutgan o’rni. 1.2. Respublika va xorijiy davlatlarda politexnik ta’limni o’rganish hamda pedagog olimlarni politexnik ta’limni o’rganishdagi olib brogan ilmiy izlanishlari tahlili. 1.3. Texnologiya mashg’ulotlarida zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini o’rgatish, o’quvchilarda politexnik bilimlarni shakillantirishning o’ziga xos xususiyatlari. II. BOB. Texnologiya mashg’ulotlarida o’quvchilarning politexnik tayyorgarligini amalga oshirishda axborot kompyuter texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. II.1. Axborot kompyuter vositalari o’quvchilarda politexnik bilimlarni shakllantirishda asosiy vosita sifatida. II.2. Texnologiya mashg’ulotlarida o’quvchilarning politexnik tayyorgarligini amalga oshirishda axborot kompyuter texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. II.3. Texnologiya ta’limiga oid sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o’quvchilarda politexnik bilimlarni shakllantirish. Xulosa . Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo’nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. O`zbekiston Respublikasi “Talim to`g`risidagi qonun va kadlar tayyorlash milliy dasturi” yuksak umumiy madaniyatga,kasb-hunar ko`nikmalariga, ijodiy va ijtimoiy va ijtimoiy faollikka, mantiqiy mushohada qilish hamda ijtimoiy hayotdagi muammolarning oqilona yechimlarini topish mahoratiga ega bo`lgan istiqbol vazifalarini odilona baholay oladigan kadrlar yangi avlodni shakllantirish,shuningdek, har tomonlama barkamol, ta`lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda, mukammal tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g`oyani ilgari suradi. “Ta`lim to`g`risidagi”gi qonunda pedagogik kadrlar tayyorlashni rivojlantirishga alohida e`tabor berilgan. Bu sohani rivojlantirish uchun yangicha fikrlaydigan, o`qitishning zamonaviy metod, shakllaridan samarali foydalana oladigan yuqori malakali pedagogik kadrlar zarur. O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgach, hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlar respublikaning rivojlanish va taraqqiyot yo’li deb e’tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatni barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatni barpo etish vazifasi o’sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklatilar ekan, o’z o’rnida ularning ta’lim-tarbiyasini maqsadli amalga oshirishga bevosita jamiyat, oila va ta’lim tizimi birdek ma’sul. Maktab ta’limining hozirgi bosqichida o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’sib kelayotgan avlodning ta’lim va tarbiyasidagi eng zarur masalalardan biridir. Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi, mehnatning xarakteri va mazmuniga, insonni hayotga tayyorlashga yuksak talablar qo’yadi. Shunga ko’ra har bir kishini hayotga tarbiyalashda aniq o’zgarishlar qilishi lozim. Har bir o’quvchida zamonaviy ishchi shaxsining sifatlarini shakllantirish uchun maktabning boshlang’ich sinflarida va hatto ilgariroq maktabgacha muassasalarda, keyinroq maktabdan yuqori sinflardagi ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, keyinchalik kasb-hun ar kollejlarida o’z bilimlarini oshirib ma’lum bir kasbga yo’naltirilishlari lozim. Butun kuch va qobiliyatlarini siyosiy bilim doiralarini kengaytirish, zamonaviy bilim bilan qurollantirish va jismoniy mehnatni har tomonlama uyg’unlashtira olishga o’rgatishdan iboratdir. Mehnat ta’limi va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang’ich maktablarda butun ta’lim va tarbiya tizimida hamda barcha o’quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o’rinda texnologik ta’lim yetakchi rol o’ynaydi. Bugungi kunda yosh kadrlardan zamon talabi har sohada o’z salohiyatini ko’rsata olish va zamon bilan hamnafas tarzda bilimlarini yanada boyitib borishdan iborat. Chunki har bir soniyada yangicha texnologiya va yangicha yondashuv kirib kelmoqda. Shu bois, pedagoglarni ta’lim sohasiga tayyorlashda ushbu o’zgarishlar inobatga olingan holda, ta’lim muassasalaridagi har bir bo’lajak kadrdan axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalana olish talab qilinmoqda. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling