O’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish – bu pedagoglar tomonidan tashkil
qilinadigan jamoa ishini uyushtirish va boshqarishda o’quvchilarni faol ishtirok
etishidir. O’z-o’zini boshqarishning shakllari orasida jamoa a’zolarining yig’ilishi,
konferensiyasi hamda turli komissiyalar faoliyati muhim o’rin tutadi.
O’quvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamoa an’analari – bu barqarorlashgan odat bo’lib, ularni jamoa a’zolari birdek
qo’llab-quvvatlaydilar. Jamoa an’analari mazmunida munosabatlar xususiyati
hamda jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi.
Jamoa an’analari Shartli ravishda ikkiga bo’linadi:
1) Kundalik faoliyat an’analari;
2) Bayram an’analari.
Kundalik faoliyat an’analari o’quvchilarning o’quv faoliyati (o’zaro
yordam) hamda mehnat faoliyati (ko’chatlar o’tkazish, hasharlar uyushtirish va
boshqalar)ni o’z ichiga oladi. Bayram an’analariga turli voqyea hodisalar bilan
bog’liq sanalarni nishonlash, xususan, «Mustaqillik bayrami», «Navro’z bayrami»,
«Xotira va qadrlash kuni» va boshqalar kiradi. An’anaviy bayramlar o’quv
muassasalarda turlicha o’tkaziladi. O’quvchilar an’analar mohiyatini anglasalar,
ularga nisbatan ongli munosabatda bo’lsa ta’sir kuchi yuqori bo’ladi.
Tarbiyaning umumiy metodlari.
Reja.
1.Tarbiya metodlari haqida tushuncha.
2.Tarbiya metodlari tasnifi.
3.Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari.
4.Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq- atvor meyorlarini shakllantirish.
5.Pedagogik rag’batlantirish va xulq- atvorni tuzatish metodlari.
6.Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari.
Tarbiya metodlari haqida tushuncha
Maqsad, mazmun, Shakl kategoriyalari tarbiya jarayonining mohiyati (u
nimaga qaratilgan, nimani to‘ldiradi, nimaga yo‘naltirilgan, qanday Shaklda
tugallanadi)ni ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda qanday qilib
tarbiyalash savoli bilan aloqador yana bir muhim kategoriya ham mavjud. Bu tarbiya
metodi tushunchasidir.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga
erishishning yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu
tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining
kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir
tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq
Shart-Sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida
umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |