2-ta’rif a to‘plamning har bir elementi b to‘plamda mavjud, aksincha, b to‘plamning har bir elementi a to‘plamda ham mavjud bo‘lsa, va a va b to‘plamlarni teng (tengkuchli) deb atab, buni A=B yoki B=A belgi bilan ifodalaymiz. 3-ta’rif


-MAVZU. Yo’l, zanjir, sikl. Bog’langanlik tushunchasi


Download 1.22 Mb.
bet9/10
Sana09.02.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1179700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Diskret nazarya

14-MAVZU. Yo’l, zanjir, sikl. Bog’langanlik tushunchasi.
Marshrutlar va zanjirlar haqida umumiy ma’lumotlar. Uchlari to’plami
V ={v1,v2,...,vm} va qirralar korteji U {u1,u2,...,un} bo’lgan oriyentirlanmagan
G=(V,U) graf berilgan bo„lsin. Bu G grafdagi uchlar va qirralarning har ikki qo’shni qirralari umumiy chetki uchga ega (...,vi1,uj1,vi2 ,uj2 ,vi3,...) ko„rinishdagi chekli yoki cheksiz ketma-ketligi marshrut deb ataladi. Marshrutni uning uchlari ketma-ketligi (...,vi1,vi2 ,...) yoki qirralari ketma-ketligi (...,uj1,uj2 ,...) ko„rinishda ham belgilash mumkin. Agar marshrutda qandaydir uchdan oldin uchlar bo„lmasa, bu uchni marshrutning boshlang‘ich uchi deb, shu uchdan keyin marshrutga tegishli uchlar bo„lmaganda esa, uni marshrutning oxirgi uchi deb ataydilar. Agar marshrutning boshlang„ich uchi vp va oxirgi uchi vq bo„lsa, u holda uni vp uchdan vq uchga yo‘nalgan marshrut yoki chetlari vp va vq bo‘lgan marshrut deb ataladi.
Marshrutdagi ikkita qoshni qirralarga tegishli uch ichki uch yoki oraliq uch deb ataladi.
Marshrutning uzunligi deb undagi qirralar soniga aytiladi.
Turli qirralardan tashkil topgan marshrutga zanjir deb ataladi. Agar zanjirning chetlaridan tashqari barcha uchlari turlicha bo„lsa, u holda uni oddiy zanjir deb ataydilar.
Berilgan (v1,v2,...,vs ) zanjir yoki oddiy zanjir uchun v1=v5 bo„lsa, u yopiq zanjir deb ataladi.
Hech bo„lmaganda bitta qirraga ega yopiq oddiy zanjir sikl deb ataladi.
Yoylarning oriyentatsiyalari hisobga olingan yoylar va uchlar ketma-ketligi oriyentirlangan marshrut deb ataladi.
Boshlang„ich va oxirgi uchlari ustma-ust tushadigan oriyentirlangan zanjir kontur deb ataladi.
1- teorema. Agar grafdagi har bir uchning lokal darajasi ikkidan kichik bo‘lmasa, u holda bu graf siklga ega.
Grafning bog‘lamliligi tushunchasi. Agar oriyentirlanmagan grafda chetlari a va b uchlardan iborat marshrut topilsa, bu a va b uchlar bog‘langan deb, marshrutning o„zi esa a va b uchlarni bog‘lovchi marshrut debataladi.
Bir-biri bilan ustma-ust tushmaydigan ixtiyoriy ikkita uchlari bog„langan graf bog‘lamli graf deb ataladi.
Agar grafdagi ikkita uchni biror oddiy zanjir bilan tutashtirish mumkin bo„lsa, u holda bu ikkita uch ekvivalent (bog‘langan) deyiladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling