2. Tijorat banklari faoliyati tahlilining turlari


Tijorat banklari majburiyatlari tahlili


Download 211.2 Kb.
bet12/19
Sana21.06.2023
Hajmi211.2 Kb.
#1639648
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Bank daromadlari ularning turlari va hisob

3. Tijorat banklari majburiyatlari tahlili


Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida tijorat banklari resurslari va ularning manbalari muhim ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklarining resurs bazasi makroiqtisodiy omil sifatida ularning likvidligini ta’minlashga va to‘lov qobiliyatini mustahkamlashga bevosita ta’sir qiladi. Iqtisodiyotni boshqarishning markazdan turib rejalashtirish tizimida mijozlarning banklarga biriktirib qo‘yilishi, banklarning esa hisob-kitob va kredit operatsiyalarini amalga oshirishda monopol huquqqa egaligi, ularning xarajat va daromadlari miqdorining yuqoridan belgilab berilganligi tufayli banklar moliyaviy resurslarni jalb qilish, bank xizmatlari hajmini kengaytirish va ularni takomillashtirib borishdan manfaatdor emas edi.
O‘zbekistonda bozor mexanizmlarining tobora keng joriy etilishi sababli bank resurslarini jalb qilishni markazdan rejalashtirish sharoitida qo‘llanilgan rejali usullar amalda o‘zining ahamiyatini yo‘qotdi. Natijada tijorat banklarida moliyaviy jihatdan barqaror va arzon resurs bazasini yaratish masalasi asosiy vazifalardan biri bo‘lib qoldi.
Tijorat banklari moliyaviy resurslarini boshqarishda asosiy e’tibor bank balansi passividagi mablag‘larning manbalariga qaratiladi. Ushbu mablag‘lar majburiyatlar va kapital kabi ikki yirik guruhga bo‘linadi.
Majburiyatlar – bank tomonidan jalb etilgan mablag‘lar hisobidan, kapital esa bankning o‘z mablag‘lari hisobidan shakllanadi. Ushbu mablag‘larning barqaror manbalar hisobidan shakllantirilishi tijorat banklarining samarali ishlashini va iqtisodiy jihatdan baquvvatligini ta’minlaydi.
Tijorat banklari balansi passivining asosiy ulushini majburiyatlar tashkil etib, ular 85–90 foizdan iborat bo‘ladi. Majburiyatlarni muddati va vujudga kelish manbayiga qarab barqaror va nobarqaror, ular uchun to‘lanadigan xarajatlar qiymatidan kelib chiqib, arzon va qimmat mablag‘larga ajratish mumkin.
Tijorat banklarining ikkinchi yirik mablag‘lari manbayini ularning kapitali tashkil etadi. Bank kapitali tarkibida ustav kapitali tashkil topishi va barqarorligi jihatidan muhim moliyaviy manba bo‘lib hisoblanadi. Bank kapitalini boshqarishda asosiy e’tibor ularning barqaror moliyaviy mablag‘lar hisobidan shakllanishiga va yetarliligiga qaratiladi. 9
Xalqaro bank amaliyotida passiv operatsiyalarning quyidagi to‘rtta shaklidan keng foydalaniladi:

  1. banklarning foydasidan fondlarni shakllant irish va

ularni ko‘paytirishga ajratmalar;

  1. depozit operatsiyalar;

  1. yuridik shaxslardan olingan kredit resurslar;

  2. qimmatli qog‘ozlar, qog‘oz pullar va tangalarni muo-

malaga chiqarish (emissiya).
Tijorat banklarining foydasidan ustav kapitaliga, zaxira fondiga, imtiyozli kreditlash fondiga, moddiy rag‘batlantirish fondi va boshqa fondlarga ajratmalar amalga oshiriladi. Banklarning ushbu fondlariga ajratmalarning miqdori va muddati bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining qaroriga asosan belgilanadi.
Bankning fondlari ichida asosiy o‘rinni ustav kapitali egallaydi. Tijorat banklarining ustav kapitali bank asosiy kapitali tarkibidagi maxsus zaxiralar, taqsimlanmagan foyda va emission daromadlarga qaraganda muddati va manbayi jihatidan barqaror hisoblanadi. Tijorat banklari ustav kapitalining minimal miqdori bankning dastlabki faoliyatini boshlagan davridayoq shakllantiriladi.
Tijorat banklari kapitalining minimal miqdori bank aktiv operatsiyalari hajmining ortishi va iqtisodiyotda yuz berayotgan inflatsiyaning salbiy ta’siri tufayli oshib boradi. Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari kapitalining yetarliligini hisoblashda har xil usullardan foydalaniladi. Bank kapitali yetarliligining u yoki bu usul bilan hisoblani shi uning yetarliligiga qo‘yilgan talablarning bajarilishi jihatidan har xil natijalarni beradi.

Download 211.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling