«A» bankining chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘lari tarkibi13
(yil boshiga)
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yil boshiga
|
Joriy yil boshiga
|
Joriy yil o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishi
|
Summa mln so‘m
|
Salmog‘i
%
|
Summa mln so‘m
|
Salmog‘i
%
|
Summa mln so‘m
|
Salmog‘i
%
|
1.
|
O‘z mablag‘lari
|
3910
|
8,8
|
4100
|
9,1
|
190
|
4,9
|
2.
|
Chetdan
jalb etilgan mablag‘lar
|
40510
|
91,2
|
41000
|
90,9
|
490
|
1,5
|
3.
|
JAMI:
|
44420
|
100
|
45100
|
100,0
|
680
|
|
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, «A» bank pass ivining asosiy qismi 40510 mln so‘m, ya’ni 91,2 foizi 1-yanvar o‘tgan yil holatiga va 41000 mln so‘m, ya’ni 90,9 foizi, 1-yanvar joriy yil holatiga chetdan jalb etilgan mablag‘lar, qolgan qismi esa (8,9 % va 9,1 %) o‘z mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan. Tahlil etilayotgan davrda o‘z mablag‘lari 1900 mln so‘m, ya’ni 4,9 foizga, chetdan jalb qilingan mablag‘lar esa 490,0 mln so‘m, ya’ni 1,5 foizga o‘sgan.
Bank majburiyatlari qoldig‘i bank balansining ikkinchi bo‘limida aks ettiriladi.
Bank majburiyatlari ularning o‘ziga xos xususiyatlari, manbalari va muddatlari hisobga olingan holda asosan quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Talab qilib olingunicha saqlanadigan depozitlar.
Jamg‘arma depozitlar.
Muddatli depozitlar.
Boshqa banklarning hisob raqamlari.
Olingan qisqa muddatli kreditlar.
Olingan uzoq muddatli kreditlar.
Mijozlarning boshqa depozitlari.
Ushbu guruhlarga hisobvaraqlar, ularning manbalari nuqtayi nazaridan yana bir necha hisob raqamlardan tashkil topadi (3-ilovaga qarang).
Shuning uchun ham har bir hisobvaraq qoldiqlari alohida tahlil etilishi lozim bo‘lgan taqdirda, ularning tarkibi ushbu hisobvaraq tarkibiga kiruvchi hisob raqamlar qoldiqlariga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Bank majburiyatlarini tahlil etishda asosiy e’tibor ularning tarkibi, dinamikasi va barqarorlik darajasiga qaratiladi.
2.8-jadval
«A» bankning chetdan jalb etilgan mablag‘lari tarkibi va dinamikasi
(yil boshiga)
Do'stlaringiz bilan baham: |