2-topshiriq! Iqtisodiy tebranishlarning sabablarini qanday izohlaysiz?
Download 16.21 Kb.
|
Amaliy savollarga javob
2-topshiriq! 1. Iqtisodiy tebranishlarning sabablarini qanday izohlaysiz? 2. Nima uchun iitisodiy tebranishlar takrorlanib turadi? 3. Potentsial YaIM ko’rsatkichini izohlab bering. 4. Ishsizlikning tabiiy darajasini nima aniqlaydi? 5. Friksion va tarkibiy ishsizliklarning farqini tushuntirib bering.Javoblar 1.2.Iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega bo‘lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko‘ra o‘zaro farq qilib turadi. Shuning uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb atash to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida iqtisodichilar uch omilni ko‘rsatadi. Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va texnologiyalarda ro‘y beradigan o‘zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha fan-texnika yutuqlarini qo‘llash natijasida iqtisodiyotda o‘sish ro‘y beradi. Masalan avtomobilning yaratilishi yoqilg‘i sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yo‘l qurilishi materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Yangi texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim ham yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab bo‘ladi. Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy vaziyatlarga bog‘lashadi. Bu jarayonni monetar siyosatga bog‘laydigan olimlar ham mavjud. Ya’ni, davlat qanchalik ko‘p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi, va aksincha, pul miqdori qanchalik kam bo‘lsa, ishlab chiqarish ko‘lamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni baholashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar miqdoriga bog‘liq, degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydilar. Chunki, korxonalar o‘z tovar va xizmatlarini ularga talab bo‘lsagina ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab katta bo‘lmasa, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish foydali emas. O‘z navbatida, ishlab chiqarishda bandlilik va daromadlar darajasi ham, aynan shu sababli, past bo‘ladi. Yalpi xarajatlar miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, ishlab chiqarishning o‘sishi katta foyda olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, bandlilik va daromadlar darajasi ortib boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan biridir. 3. Potensial YaIM deganda mamlakatdagi ishlab chiqarish resurslaridan to‘liq foydalanilgan sharoitda mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish hajmi tushuniladi. Potensial YaIM*ni hisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlaqo yo‘q deb emas, balki mavjud, biroq u tabiiy darajada, deb hisoblanadi. Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potensial YaIM hajmini ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo‘lsa, YaIM uzilishi shuncha ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham potensial hajmdagi YaIM* haqiqiy YaIM dan katta bo‘ladi. 4.Bunga ish qidiruvchilar soni bo‘sh ish joylari soniga muvofiq kelsagina erishish mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik yig‘indisiga teng bo‘ladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u iqtisodiy vaziyat, qonun va milliy an’analar bilan bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Ishsizlikning tabiiy darajasi mamlakatdagi oxirgi o‘n yilda mavjud bo‘lgan haqiqiy ishsizlik darajasi va keyingi o‘n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik darajalarining o‘rtacha miqdori sifatida belgilanadi. Agarda davriy ishsizlik bo‘lmasa, u holda to‘la ish bilan bandlilikka erishiladi. To‘la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik, ishsizlikning tabiiy darajasi deyiladi. 5. Friksion ishsizlik. Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi Ishsizlikning bu turi asosan ish yoki turar joylarni o‘zgartirish, o‘quv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshqa sabablardan kelib chiqadi. U doimo mavjud bo‘lib, ma’lum bir darajada kerakli hisoblanadi. Tarkibiy ishsizlik. Tarkibiy ishsizlar guruhiga ishlab chiqarish strukturasining o‘zgarishi natijasida ishchi kuchiga talab tarkibining o‘zgarishi natijasida ishsiz qolganlar kiradi. Unga asosan malakalarini o‘zgartirishi va oshirishi, ma’lumot olishi, yangi kasb egallashi lozim bo‘lgan ishsizlar guruhlari kiradi. Friksion ishsizlik bilan tarkibiy ishsizlikning asosiy farqi shundaki, birinchisida, ma’lum malaka va tajriba mavjud bo‘ladi va undan foydalanib, ish joylarini tezroq topib olishadi, ikkinchisida esa, ishchi kuchi darhol va tezroq ish joylarini topa olmaydi. Download 16.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling