2-Topshiriq Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi Ishning maqsadi


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
Sana20.12.2022
Hajmi1.19 Mb.
#1039852
Bog'liq
2-topshiriq



2-Topshiriq
 
Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi 
Ishning maqsadi:  
a) Talabalarda kompyuter tarmoqlari haqida tushunchalar hamda kompyuter 
lokal tarmog‘idan foydalanish bo’yicha amaliy ko‘nikmasini hosil qilish; 
b) Tarmoqda serverlar, ishchi stansiyalar, kommutatorlar (Switchs) va 
kontsentratorlarning (Hub) ishlash prinsiplarini o‘rganish. 
Masalaning qo‘yilishi:  
Berilgan amaliy topshiriqlarni Packet Tracer Cisco dasturida amaliy bajaring 
va nazorat uchun savollarga yozma javob yozing (ro’yhat bo’yicha 3 tadan). 
Amaliy topshiriq 
 
Ishlab chiqarish sohasida tarmoqlarni loyihalashtirish. 
 
Ishlab chiqarish sohasida tarmoqlarni loyihalash uchun biz Cisco Packet 
Tracer dasturiy vositasidan foydalanamiz. Buning uchun biz ixtiyoriy tashkilot 
sxemasini olamiz. So’ngra dastur oynasidagi Select Background Image 
menyusidan foydalanilanamiz.(8-rasm). 
8-rasm. Tarmoq qurish uchun muhitni tanlash. 
Endi esa kompyuterlarni, server va Hub larni o'rnatib chiqamiz (9-rasm). 


9-rasm. Xonalarga joylashtirilgan kompyuterlar. 
Kerakli bo’lgan kabellarni olib barcha qurilmalarga ulab chiqamiz (10-rasm). 
10-rasm.Tarmoq qurilmalarini tarmoq kabellar orqali bog’lanishni tashkil etish. 
Ushbu ko’rinib turganidek, barcha kompyuterlarni, hublarni, kommutatorlarni 
bog’laymiz va umumiy holda ularni serverga bog’laymiz (11-rasm).


11-rasm.Tarmoq kabellari orqali barcha tarmoq qurilmalarni bog’lash. 
IP adres berish uchun quyidagi amallarni barcha kompyuterlar ustida bajarib 
chiqamiz. Buning uchun Config menyusidan adreslab chiqamiz. Bunda 
kompyuterlarga 192.168.0.2 dan boshlab beriladi yoki ixtiyoriy IP adres berishimiz
ham mumkin. Bu yerda esa serverga 192.168.0.1 IP adres beriladi. Maskasi 
avtomatik tarzda beriladi. (12-rasm). 
12-rasm. Kompyuterlarni adreslash. 


Simulation tugmasini bosamiz. Keyin Auto Capture/Play tugmasini 
bossak xatimiz avtomatik tarzda belgilangan manzillar bo’yicha yuboriladi.
Tarmoqni ishlashini tekshirish uchun komandalardan biri Command Prompt 
orqali ping buyrug’ini yuborib tekshirib chiqishimiz mumkin. (13-rasm). 
13-rasm. Tarmoqning ishlashini tekshirish. 
14-rasm. Kompyuterlarning bog’langanligi. 
Ushbu tartibda barcha kompyuterlarni manzillab chiqamiz va ularning 
bog’langanligini tekshirib chiqamiz. Tarmoqning ishlash faoliyatini tekshirish 
uchun kompyuterlar orqali ma’lumot yuborib ko’ramiz. 


15-rasm. Tarmoq orqali ma’lumotlar almashinuvi. 
Shu tariqa ushbu dastur orqali ishlab chiqarish korxonalari uchun tarmoqni 
joriy etishni loyihalashni amalga oshiramiz. 
 
Eslatma: Bajarilgan topshiriqlarni guruh, ismi sharifingiz va laboratoriya raqami bilan 
nomlagan holda saqlang. Masalan; 201-Aliyev Botir-2-topshiriq.pka 
Elektron faylini o’qituvchiga taqdim eting. (HEMIS orqali) 
Nazorat uchun savollar 
1. Tarmoqni qanday turlari mavjud?
2. Kompyuter tarmoqlari qanday klasifikasiyalanadi?
3. Geografik (hududiy) joylashuvi bo’yicha kompyuter tarmoqlarining 
klasifikasiyalanishi;
4. Ishlab 
chiqarish bo’limlarining miqyosi bo’yicha kompyuter 
tarmoqlarining klasifikasiyalanishi;
5. Boshqarish 
usuli 
bo’yicha 
kompyuter 
tarmoqlarining 
klasifikasiyalanishi;
6. Axborotni 
uzatish tezligi bo’yicha kompyuter tarmoqlarining 
klasifikasiyalanishi;


7. Aloqa 
(ulanish) 
topologiyasi 
tuzulishi 
bo’yicha 
kompyuter 
tarmoqlarining klasifikasiyalanishi. 
8. Shaxsiy tarmoq (PAN) -nima? 
9. Kommunikasiya dasturlari aloqa o’rnatishdan tashqari yana qanday 
vazifalarni bajaradi? 
10. Uzatishning asosiy parametrlari nimalardan iborat? 
11. Simpleks uzatish usuliga misol keltiring. 
12. Nima uchun to’liq dupleks uzatish eng yaxshi hisoblanadi? 
13. Ma’lumot uzatilayotganda qaysi bayt aynan qaysi bitdan boshlanganini 
kompyuter qanday aniqlaydi? 

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling