2-Topshiriq Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi Ishning maqsadi
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
2-topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masalaning qo‘yilishi
- Cisco Packet Tracer
- Simulation
2-Topshiriq Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi Ishning maqsadi: a) Talabalarda kompyuter tarmoqlari haqida tushunchalar hamda kompyuter lokal tarmog‘idan foydalanish bo’yicha amaliy ko‘nikmasini hosil qilish; b) Tarmoqda serverlar, ishchi stansiyalar, kommutatorlar (Switchs) va kontsentratorlarning (Hub) ishlash prinsiplarini o‘rganish. Masalaning qo‘yilishi: Berilgan amaliy topshiriqlarni Packet Tracer Cisco dasturida amaliy bajaring va nazorat uchun savollarga yozma javob yozing (ro’yhat bo’yicha 3 tadan). Amaliy topshiriq Ishlab chiqarish sohasida tarmoqlarni loyihalashtirish. Ishlab chiqarish sohasida tarmoqlarni loyihalash uchun biz Cisco Packet Tracer dasturiy vositasidan foydalanamiz. Buning uchun biz ixtiyoriy tashkilot sxemasini olamiz. So’ngra dastur oynasidagi Select Background Image menyusidan foydalanilanamiz.(8-rasm). 8-rasm. Tarmoq qurish uchun muhitni tanlash. Endi esa kompyuterlarni, server va Hub larni o'rnatib chiqamiz (9-rasm). 9-rasm. Xonalarga joylashtirilgan kompyuterlar. Kerakli bo’lgan kabellarni olib barcha qurilmalarga ulab chiqamiz (10-rasm). 10-rasm.Tarmoq qurilmalarini tarmoq kabellar orqali bog’lanishni tashkil etish. Ushbu ko’rinib turganidek, barcha kompyuterlarni, hublarni, kommutatorlarni bog’laymiz va umumiy holda ularni serverga bog’laymiz (11-rasm). 11-rasm.Tarmoq kabellari orqali barcha tarmoq qurilmalarni bog’lash. IP adres berish uchun quyidagi amallarni barcha kompyuterlar ustida bajarib chiqamiz. Buning uchun Config menyusidan adreslab chiqamiz. Bunda kompyuterlarga 192.168.0.2 dan boshlab beriladi yoki ixtiyoriy IP adres berishimiz ham mumkin. Bu yerda esa serverga 192.168.0.1 IP adres beriladi. Maskasi avtomatik tarzda beriladi. (12-rasm). 12-rasm. Kompyuterlarni adreslash. Simulation tugmasini bosamiz. Keyin Auto Capture/Play tugmasini bossak xatimiz avtomatik tarzda belgilangan manzillar bo’yicha yuboriladi. Tarmoqni ishlashini tekshirish uchun komandalardan biri Command Prompt orqali ping buyrug’ini yuborib tekshirib chiqishimiz mumkin. (13-rasm). 13-rasm. Tarmoqning ishlashini tekshirish. 14-rasm. Kompyuterlarning bog’langanligi. Ushbu tartibda barcha kompyuterlarni manzillab chiqamiz va ularning bog’langanligini tekshirib chiqamiz. Tarmoqning ishlash faoliyatini tekshirish uchun kompyuterlar orqali ma’lumot yuborib ko’ramiz. 15-rasm. Tarmoq orqali ma’lumotlar almashinuvi. Shu tariqa ushbu dastur orqali ishlab chiqarish korxonalari uchun tarmoqni joriy etishni loyihalashni amalga oshiramiz. Eslatma: Bajarilgan topshiriqlarni guruh, ismi sharifingiz va laboratoriya raqami bilan nomlagan holda saqlang. Masalan; 201-Aliyev Botir-2-topshiriq.pka Elektron faylini o’qituvchiga taqdim eting. (HEMIS orqali) Nazorat uchun savollar 1. Tarmoqni qanday turlari mavjud? 2. Kompyuter tarmoqlari qanday klasifikasiyalanadi? 3. Geografik (hududiy) joylashuvi bo’yicha kompyuter tarmoqlarining klasifikasiyalanishi; 4. Ishlab chiqarish bo’limlarining miqyosi bo’yicha kompyuter tarmoqlarining klasifikasiyalanishi; 5. Boshqarish usuli bo’yicha kompyuter tarmoqlarining klasifikasiyalanishi; 6. Axborotni uzatish tezligi bo’yicha kompyuter tarmoqlarining klasifikasiyalanishi; 7. Aloqa (ulanish) topologiyasi tuzulishi bo’yicha kompyuter tarmoqlarining klasifikasiyalanishi. 8. Shaxsiy tarmoq (PAN) -nima? 9. Kommunikasiya dasturlari aloqa o’rnatishdan tashqari yana qanday vazifalarni bajaradi? 10. Uzatishning asosiy parametrlari nimalardan iborat? 11. Simpleks uzatish usuliga misol keltiring. 12. Nima uchun to’liq dupleks uzatish eng yaxshi hisoblanadi? 13. Ma’lumot uzatilayotganda qaysi bayt aynan qaysi bitdan boshlanganini kompyuter qanday aniqlaydi? Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling