2-Topshiriq Mavzu: Mavsumiy va oilaviy marosim folklori namunalari va ularning badiiyati. Mehnat qo’shiqlari va termalar
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
2-топшириқ. Амалий 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odat (urf-odat)
2-Topshiriq Mavzu: Mavsumiy va oilaviy marosim folklori namunalari va ularning badiiyati. Mehnat qo’shiqlari va termalar.
MAROSIM insoniyat madaniyatining eng
muhim shakllaridan biri bo’lishi bilan bir qatorda uni rivojlantirishdagi samarali vosita ham hisoblanadi. Marosim xalq san’ati va madaniyati shakllari orasida eng ulkan auditoriyani o’ziga jalb qiladigan ommaviy tadbir hisoblanadi. Marosimlar xalqning eng yaxshi an’analari, odatlari, ahloqiy qoidalarini o’zida mujassamlashtirishi, saqlashi va rivojlantirishi jihatidan yoshlarni tarbiyalashda, ularning odobli-axloqli bo’lishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.Marosim inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy vaziyatda o’tadigan, o’z ramziy harakatlariga hamda maxsus aytim- qo’shiqlariga ega hayotiy tadbirdir. Marosimlar an’anaviy xarakter kasb etadi. Har bir marosim o’ziga xos tuzilishga ega. Marosimlar ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida undagi taraqqiyotning muntazam shakliy o’zgarishlari bilan uzviy bog’liq holda rivojlanib boradi. Shuning uchun ijtimoiy hayot talablariga javob bermaydigan ba’zi marosimlar yoki ularga xos ayrim unsurlar asta-sekin unutila boshlanadi yoxud davr mazmuniga muvofiq yangi, zamonaviy marosimlar paydo bo’ladi. «Bayram», «odat», «an’ana» kabi so’zlar «marosim» tushunchasi bilan bevosita bog’liq bo’lgani uchun ularga alohida izox berish lozimdir. An’ana – o’ziga xos ijtimoiy hodisa bo’lib, kishilarning ongida, hayotida o’z o’rnini topgan, avloddan – avlodga o’tadigan, takrorlanadigan, hayotning barcha sohalarida (umum yoki ma’lum guruh tomonidan) qabul qilingan tartib va qoidalar silsilasidir. Odat (urf-odat) – kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi, hatti-harakat, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari, ko’nikmalari. Masalan, kichiklarning kattalarga salom berishi,
erta turib uy-hovlini tartibga keltirib qo’yish, mehmonlarga alohida hurmatda bo’lish, bayram arafasida kasal, ojiz, qiynalganlar holidan
xabar olish,
yordam lozim
bo’lganlarnikiga hasharga borish kabilar o’zbek xalqining eng yaxshi milliy odatlari hisoblangan.
jarayon ibtidoiy jamoa tuzumining ilk davridayoq boshlanib, uning so’nggi bosqichlarida yakunlangan. Mazmunan ular u yoki bu harakatga undaydi, jamoa bo’lib harakat qilishga chorlavchi xitoblardan tashkil topgan.
boshlab mehnat qo’shiqlarida g’oyaviy-estetik vazifa etakchilik qila boshlagan. Mehnat jarayoni bilan bevosita bog’liq holda qo’shiqlar yaratila boshlangan. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling