2-topshiriq Savol va topshiriqlar: Bilish dеganda nimani tushunasiz?
Download 97 Kb.
|
Yo‘ldosheva Yulduz 2-topshiriq TTM
Tushuncha. Aqliy bilish yoki tafakkur vositasida bilish hissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar vositasida olingan bilimlarni umumlashtirish, tahlil qilish, sintezlash, mavhumlashtirish orqali yangi hosil qilingan bilimlardan tushunchalar yaratiladi.
Tushunchada insonning hissiy bilish jarayonida orttirgan barcha bilimlari mujassamlashadi. Tushuncha aqliy faoliyat mahsuli sifatida vujudga keladi. Narsa va hodisalar mohiyatiga chuqurroq kirib borishda tushuncha muhim vosita bo`lib xizmat qiladi. Aqliy bilish hissiy bilishga nisbatan ancha murakkab va ziddiyatli jarayondir. Aqliy bilishda narsa va hodisalarning tub mohiyatini bilish uchun ulardan fikran uzoqlashish talab etiladi. Masalan, insonning mohiyati uning sezgi a’zolarimiz qayd etadigan kelishgan qaddi-qomati, chiroyli qosh-u ko`zi, ijodkor qo‘li, oyoqlari bilan belgilanmaydi. Insonning mohiyati avvalo, uning aql va tafakkurga, yaratish qudratiga, mehr-shafqat hissiga, mehnat qilish, so`zlash qobiliyatiga ega ekanligida namoyon bo`ladi. Inson tushunchasi o`zida insoniyatning ko`p asrlar davomida orttirgan bilimlarining mahsuli sifatida shakllandi. Har bir fan o`ziga xos tushunchalar apparatini yaratadi va ular vositasida mohiyatni bilishga intiladi. I. Kantning fikricha, narsalarning mohiyati so`z va tushunchalarda mujassamlashadi. Ya’ni biz so`z va tushunchalarni o`zlashtirish jarayonida biron bir bilimga ega bo`lamiz. Har bir inson dunyoga kelar ekan, tayyor narsalar, munosabatlar bilan bir qatorda tayyor bilimlar olamiga ham kirib boradi. Hukm. Aqliy bilish narsa va hodisalarga xos bo`lgan belgi va xususiyatlarni tasdiqlash yoki inkor etishni taqozo etadi. Tafakkurga xos bo`lgan ana shu tasdiqlash yoki inkor etish qobiliyatiga hukm deyiladi. Hukmlar tushunchalar vositasida shakllanadi. Hukmlar yangi bilimlar hosil qilishga imkoniyat yaratadi, ular vositasida narsa va hodisalar mohiyatiga chuqurroq kirib boriladi. Shunday qilib, hukm narsa va hodisalarning tub mohiyatini ifodalovchi eng muhim belgi va xususiyatlar mavjudligini yo tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Masalan, «inson aqlli mavjudotdir», degan hukmda insonga xos eng asosiy belgi - aqlning mavjudligi tasdiqlanyapti. Biroq inson shunday murakkab mavjudotdirki, uning mohiyati faqat aqlli mavjudot ekanligi bilan cheklanmaydi. Chunki kirg‘inbarot urushlar, ekologik inqirozlar aqlli mavjudot bo`lgan inson tomonidan amalga oshirildi. «Inson axloqli mavjudotdir». Inson to`g`risidagi hozirgi zamon fanining muhim xulosasi ana shu. Хulosa — aqliy bilishning muhim vositalaridan biri, yangi bilimlar hosil qilish usulidir. Хulosa chiqarish induktiv va deduktiv bo`lishi, ya’ni ayrim olingan narsalarni bilishdan umumiy xulosalar chiqarishga yoki umumiylikdan alohidalikka borish orqali bo`lishi ham mumkin. Binobarin, tushuncha, hukm va xulosalar chiqarish ilmiy bilishning muxim vositalaridir. Bunday bilish insondan alohida qobiliyat, kuchli irodani tarbiyalashni, narsa va hodisalardan fikran uzoqlashishni, diqqatni bir joyga to`plashni, ijodiy xayolni talab etadi. Bilishning oliy darajasi intuitiv bilish, qalban bilish, g‘oyibona bilishdir. O`zining butun borlig‘ini fan, din, siyosat va san’at sohasiga bag`ishlagan buyuk kishilar ana shunday bilish qobiliyatiga ega bo`ladilar. Intuitiv bilish hissiy va aqliy bilishga tayanadi. Buyuk shaxslarning g‘oyibona bilishi ularning doimiy ravishda fikrini band etgan, yechimini kutayotgan umumbashariy muammolar bilan bog`liqdir. Ilmiy bilishning eng samarali usullarini aniqlash gnoseologiyada muhim o`rin egallab keldi. Har bir fan o`ziga xos bilish usullaridan foydalanadi. Ilmiy bilish fakt va dalillarga, ularni qayta ishlash, umumlashtirishga asoslanadi. Ilmiy fakt va dalillar to`plashning o`ziga xos usullari mavjud bo`lib, ularni ilmiy bilish metodlari deyiladi. Ilmiy bilish metodlarini o`rganadigan maxsus soha— metodologiya deb ataladi. Ilmiy bilish metodlari o`z xarakteriga ko`ra: 1) eng umumiy ilmiy metodlar; 2) umumiy ilmiy metodlar; 3) xususiy ilmiy metodlarga bo`linadi. Eng umumiy ilmiy bilish metodlari barcha fanlar uchun xos bo`lgan metodlardir. Bunga analiz va sintez, umumlashtirish va mavhumlashtirish, induksiya va deduksiya, qiyoslash va modellashtirish kabilarni ko`rsatish mumkin. Masalan, tabiatshunoslik fanlarida kuzatish, eksperiment, taqqoslash umumilmiy metodlar bo`lsa, ijtimoiy fanlarda tarixiylik va mantiqiylik umumilmiy metodlar hisoblanadi. Хususiy ilmiy metodlar har bir fanning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, suhbatlashish, anketa so‘rovi, xujjatlarni o`rganish sotsiologiya faniga xos bo`lgan xususiy ilmiy metodlardir. Bir fanda yaxshi samara beradigan ilmiy bilish metodi boshqa fanda shunday samara bermasligi mumkin. Ilmiy bilishda to`g`ri metodni tanlash bilishda muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ilmiy tadqiqotda nimani o`rganish kerak, degan masala fan predmetini aniqlashga imkon bersa, qanday o`rganish kerak, degan masala esa ilmiy bilish metodini to`g`ri belgilashga yordam beradi. Ilmiy bilish metodlari va ilmiy nazariya bir-biri bilan uzviy bog`liqdir. Ilg`or ilmiy nazariya fanning butun taraqqiyoti davomida erishilgan muhim yutuq bo`lib, u ilgarigi ilmiy qarashlarni ijodiy rivojlantirish, o‘sha yutuqlarga tanqidiy nuqtai nazardan qarash orqali vujudga keladi. Fan mohiyatan o`zi erishgan yutuqlarga shubha bilan qarashni taqozo qiladi. Download 97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling