2-topshiriq Savol va topshiriqlar: Bilish dеganda nimani tushunasiz?


Download 97 Kb.
bet9/9
Sana05.01.2022
Hajmi97 Kb.
#216643
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yo‘ldosheva Yulduz 2-topshiriq TTM

Bilish ob’ekti. Tadqiqotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish ob’ektlari hisoblanadi. Bilish ob’ektlari moddiy, ma’naviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bo`lishi mumkin. Bilish ob’ektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha bo`lgan borliqni qamrab oladi. Bilish ob’ektlariga asoslanib, bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi.

Bilish sub’ekti. Bilish bilan shug`ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish sub’ekti hisoblanadi. Ayrim olingan tadqiqotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish sub’ektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning o`ziga ham qaratilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish ob’ekti, ham bilish sub’ekti sifatida namoyon bo`ladi.

Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan — fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim. Inson ilmiy bilimlar vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida e’zozlana boshlaydi. Fanning har tomonlama rivojlanishi bilan turli ilm sohalarining hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish sub’ekti, yangi ilmiy kashfiyotlar ijodkoriga aylanadilar.

Bilish predmeti sub’ektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish ob’ektining ayrim sohalari va tomonlaridir. Fanning o`rganish sohasi tobora konkretlashib boradi. Tabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botanika, zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshqa sohalari vujudga kelgandir. Tadqiqot predmeti fanlarni bir-biridan farqlashga imkon beradigan muhim belgidir.


Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling